2.2. Mehmonxona moliyaviy holatini baholashning o’ziga xos hususiyatlari.
Mehmonxona xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikka erishish tinimsiz
izlanishlar va mehnatni talab qiladi. Bizningcha, raqobatda g‘olib bo‘lish uchun
raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish va quyidagi savollarga javob topish zarur
bo‘ladi:
- korxonaning asosiy raqiblari kimlar (qaysi bozorda va segmentda)?
- ular raqobat kurashining qaysi usullaridan foydalanishadi?
- har bir raqobatchining bozordagi ulushi qancha?
- raqobat rivojining kelajagi qanday?
- raqobatchilar narxi, narx siyosati, turistik xizmatlari sifati, buyurtmachilar va
mijozlarga xizmat ko‘rsatishi qay darajada?
- har bir raqobatchining kuchli va kuchsiz tomonlari.
- qaysi raqobatchilarga nisbatan siz muvaffaqiyatliroq harakatlanayapsiz? Nima
uchun?
- raqobatchilar xizmatlari buyurtmachilar va mijozlar talabiga javob berayaptimi
(foydalanish qulayligi, narxi, assortimenti)?
- raqobatchilar sizning yangi turistik xizmatingiz, narx o‘zgarishi va bozordagi
ulushingiz ko‘payishiga bo‘lgan munosabati qanday?
- raqobatchilarning yangi innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlardan foydalanishi haqida
nimalar bilasiz?
- raqobatchilar xizmatlarining sertifikatsiya va litsenziya holati qanday?
- ularning xizmat ko‘rsatish texnologiyasi haqida nimalar bilasiz?
- raqobatchilarning mahsulot va xizmatlarga sertifikati bormi?
- raqobatchilarning foyda va zarari haqidagi ma’lumotlari nimadan darak beradi?
44
- ular yangi xizmat sotuvini qanday yo‘lga qo‘ygan?
- raqobatchilarning yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirokining natijasi qanday?
Bizningcha, raqobatlashayotgan korxonalar faoliyatini tadqiq qilish jarayoni uch
bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- amaldagi va kelajakdagi raqobatchilarni aniqlash;
- raqobatchilarning faoliyat ko‘rsatkichlarini, maqsadi va strategiyalarini tahlil
qilish;
- raqobatchilar faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlab olish.
Bozorning raqobat xaritasi raqobatchi-korxonalar hajmining tasnifi va
bozordagi ulushi dinamikasidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bu o‘z navbatida
korxonalarning bir-biridan raqobat afzaliklaridan foydalanishi va raqobatchilarga
qarshilik ko‘rsata olishi imkoniyatlari darajasi bilan farqlanadigan 16 ta namunaviy
holatini ajratish imkonini beradi (2.2.1-jadval). Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlar
qo‘shimcha ravishda hisob-kitob qilinadi. Haritani tuzishda korxonalarning
bozordagi joriy ulushini va o‘sish sur’atini baholash zarur bo‘ladi. Mehmonxona
korxonasining bozordagi ulushi hajmiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
-
xizmatlar sotuvining hajmi;
-
bozor segmenti faolligi;
-
assortiment-narx siyosati
Do'stlaringiz bilan baham: |