Shaxsning tuzilishi
Har bir odamga xos bo„lgan nisbatan barqaror va o„zgarmas xususiyatlar
shaxs xislatlarining bir butunligi va o„zaro bog„liqligidan iborat bo„lgan murakkab
birlikni ya‟ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Shaxsning tuzilishi haqida ko„pgina
nazariyalar mavjud bo„lib, bulardan biri chet el psixologiyasida ikkita faktorni
ya‟ni biologik va ijtimoiy faktorlarni asos qilib olinganligidir. Unda biologik va
ijtimoiy faktorlarning o„zaro ta‟siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy
qismlarni ajratuvchi nazariya o„rin egallagan. Ular inson shaxsi «endopsixik»
(ichki psixik) va «ekzopsixik» (tashqi psixik) a‟zolarga bo„linadi. Ularning
fikricha, «endopsixika» shaxsning ta‟sirchanlik, xotira, tafakkur va xayol
jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo„r berish qobiliyatini o„z ichiga olsa,
«ekzopsixika» shaxs munosabatlarining tizimini, uning tajribalarini, qiziqishlarini,
mayllarini, ideallarini, hissiyotni, bilimlarni o„z ichiga oladi deb ko„rsatadilar. Bu
nazariyani haqiqatga mos kelmasligi shundaki, u ijtimoiy faktor bilan biologik
faktorni, muhit bilan biologik tuzilishni «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni bir-
biriga qarama-qarshi qilib qo„yadi. (A. V. Petrovskiyning «Umumiy psixologiya»
kitobidan. 1992- yil). A. V. Petrovskiy shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik tomonlar
va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog„liq elementlardir deb ta‟kidlaydi.
Uningcha shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomo-fiziologik va boshqa sifatlar) va
ijtimoiy faktorlar birlikni tashkil qiladi va ular mexanik ravishda bir-biriga qarama-
qarshi qo„yilishi mumkin emas deb ko„rsatadi. A. V. Petrovskiy shaxsning
tuzilishida tabiiy, biologic va ijtimoiy faktorlarning rolini tan oladi. Taniqli rus
olimi S. L. Rubenshteyn shaxs tuzilishini 3 faktor bilan belgilaydi.
1. Shaxsning yo„nalganligi – uning ehtiyojlari, qiziqishlari, ideal, e‟tiqod,
motivlar, dunyoqarashida namoyon bo„ladigan xususiyatlar.
2. Bilim, ko„nikma va malaka – bilish, o„qish faoliyati natijasida,
hayot jarayonida orttirgan xususiyatlari.
3. Individual, tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter va qobiliyatida
namoyon bo„ladigan xususiyatlar.
Shaxsning tuzilishi haqidagi fikrlardan shu narsa ma‟lumki, uni tuzilishi
biologik va ijtimoiy, tabiiy faktorlar bilan belgilanadi. Uning shaxs sifatida
namoyon bo„lishi hayot jarayonida ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta‟lim-tarbiya va
shaxsning faoliyatidagi faolligi bilan bog„liqdir.
Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlarning o„zaro bog„liqligi, aloqadorligi
esa odamdagi barcha sifatlarning bir butunligini ta‟min etadi va shaxsning
psixologik tuzilishini tashkil qiladi. Shaxsning biron maqsadni ko„zlashi va
dunyoqarashi Shaxsning belgisi va o„zini anglashining mazmuni – uning biron
maqsadni ko„zlashi, shunga intilishidan iborat. Shaxsning muhim xossasi shuki, u
biron maqsadni ko„zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga,
biron maqsadga, biron obyektga ko„z tikadi, unga intiladi, voqelikning real sohalari
ana shunday obyekt bo„ladi, ammo haqiqatda yo„q bo„lgan, xomxayoldan kelib
chiqqan narsalar ham shunday obyekt bo„lmog„i mumkin.
Shaxs o„z hayotida muayyan bir ideal uchun, kishi istiqbolning o„z umrida
amalga oshirish lozim deb hisoblaydigan va amalga oshiradigan barkamol obrazi
uchun intiladi va shuni o„ziga oliy maqsad qilib oladi. Odam shu maqsadni deb
yashaydi va hayotining ma‟nosi shunda deb biladi. Odamning intilishlari, hayot
maqsadi muayyan va barqaror maqsad bo„lishi uchun shu yuksak ideal ham
xomxayol mahsuli bo„lmasdan, balki haqiqatan ham hayotiy, barqaror va doimiy
ideal bo„lishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy maqsad kishining dunyoqarashidan
kelib chiqqandagina barqaror va ideal bo„la oladi. Dunyoqarashning bo„lishi ham
shaxsning muhim belgisidir. Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot
hodisalari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir. Sinfiy
jamiyatda yagona dunyoqarash yo„q va bo„lishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi
olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar sistemasini
beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning ko„p asrlik
tajribasiga asoslanadi. Odamning ko„zlagan maqsadi, xatti-harakati dunyoqarashga
mos bo„lib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak bo„lib qoladi.
Ideallar (oliy maqsadlar) va dunyoqarashning mavjudligi ham odamning o„z
ongiga qo„shiladi. Odam o„z ideallarini anglab, o„z dunyoqarashi va maslaklarini
bilib olib, hayotda va jamiyatda tutgan o„rnini aniqlaydi, nimani deb
yashayotganligini va ishlayotganligini; o„zini, o„z faoliyatini qay yo„ldan kamolga
yetkaza borishi kerakligini, jamiyatda qanday kishi bo„lib yetishuvi zarurligini
aniqlab oladi.
SHaхs o`z e‟tiqоdiga ham ega bo`ladi. E’tiqоd shaхsning o`z qarashlari,
printsiplari, dunyoqarashlariga mоs ravishda хarakat qilishga undоvchi anglangan
eхtiyojlar yig`indisidir. E‟tiqоdli kishi хеch qachоn o`z printsiplari, qarashlari,
maqsadlaridan chеkinmaydi. Хоzirgi tarbiyamizdan maqsad ham e‟tiqоdli, imоnli,
ma‟naviy еtuk kishilarni tarbiyalab еtishtirishdir.
SHaхsda tilaklar ham mavjud bo`ladi. Tilak хatti – хarakat mоtivi bo`lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |