Al-faqih abu lays as-samarqandiy



Download 3,59 Mb.
bet31/46
Sana24.06.2017
Hajmi3,59 Mb.
#14928
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46

ELLIK BESHINCHI BOB

"LA-A ILAHA ILLALLOH" KALIMASINING FAZILATI HAQIDA
632. Faqih Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadilar: Abulloh ibn Amr ibn Osdan (roziyallohu anhumo) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kishi qiyomat kuni torozi oldiga keltiriladi. So‘ngra to‘qson to‘qqizta metin daftari chiqariladi. Har daftarning uzunligi ko‘z nuri yetgunchadir. Unda xatolari, gunohlari yozilgan. Ularni torozining bir pallasiga qo‘yiladi, so‘ng barmoqning uchidek bir varaq chiqariladi. Unda shahodat kalimasi – "la-a ilaha illallohu va anna Muhammadan

‘abduhu va rosuluh" yozilgan bo‘ladi. Uni torozining ikkinchi pallasiga qo‘yiladi va u xatolardan og‘ir keladi".

633. Mutallib ibn Hantab Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qiladilar: "Men va mendan oldin o‘tgan payg‘ambarlarning eng afzal so‘zi la-a ilaha illallohdir".
634. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga

Jabroil (a.s.) kelib:


"Yer boshqa yerga, osmonlar (o‘zga osmonlarga) aylanib qoladigan hamda (barcha odamlar) yolg‘iz va qudratli Allohga ro‘baro‘ bo‘ladigan kunda (qiyomatda) intiqom oluvchidir" (Ibrohim, 47-48), oyatini tilovat qildi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Jabroil, odamlar qiyomat kunida qanday holatda bo‘ladilar?" Jabroil aytdi: "Ey Muhammad, ular oppoq, hech ham gunoh qilinmagan yerda bo‘ladilar. Agar jahannamning guvillashi eshitilsa, maloikalar arshga yopishib oladilar. Har bir farishta: "Ey Alloh, faqat o‘zimizning nafsimizni Sendan so‘raymiz", deydi. Tog‘lar esa titilgan jundek bo‘lib jahannamning qo‘rqinchidan osmonda uchib yuradi. So‘ngra jahannam keltiriladi. U guvillab ovozini chiqarib keladi, uning yetmish ming arqoni bor, har bir arqonda yetmish mingta farishta bo‘ladi, keyin Alloh oldida to‘xtaydi. Alloh taolo: "Ey jahannam, gapir", deydi. Jahannam aytadiki: "La-a ilaha

illalloh, Sening izzating va pokligingga qasamki, bugun Sen bergan rizqni yeb, boshqaga ibodat qilgan kishidan, albatta, o‘ch olaman. Mening huzurimdan faqat o‘tish huquqi bo‘lgan kishilargina o‘tadi". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Ey Jabroil, qiyomat kunidagi o‘tish nima?" dedilar. Jabroil (a.s.): "Ey Muhammad, ummatingizdan kim la-a ilaha illalloh kalimasini aytib, guvohlik bergan bo‘lsa, jahannam ko‘prigidan o‘tadi", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni la-a ilaha illalloh kalimasi bilan ilhomlantirgan Zotga hamdu sano bo‘lsin".


Ato ibn Abu Raboh aytadilar: "Ibn Abbosdan

"...gunohni mag‘firat qiluvchi, tavba-tazarru’ni qabul qiluvchi, azobi qattiq" (Fofir, 3) oyati haqida so‘radim. Ibn Abbos javob berdilarki: "Gunohni mag‘firat qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, tavba-tazarru’ni qabul qiladi, kim la-a ilaha illalloh, deb aytsa, azobi qattiq, kim la-a ilaha illallohni aytmasa".
Faqih aytadilar: Har bir inson la-a ilaha illalloh kalimasini ko‘paytirmog‘i va Allohdan kecha va kunduz uni imondan ayirmasligini so‘ramog‘i, shuningdek, gunohlardan o‘zini saqlamog‘i lozimdir. Ko‘p kishilar bu kalimani aytib yurishadi, keyin umrlarining oxirida yomon amallari tufayli bu kalima ulardan olib qo‘yiladi. Bu dunyodan kofir holatida chiqadilar. Allohdan panoh tilaymiz. Bu musibatdan kattaroq musibat yo‘q!
Bir kishining ismi butun hayotida musulmonlar ichida bo‘lib, qiyomat kuni kofirlar ismi bilan tursa. Bu hasrat-nadomatdan kattaroq nadomat bo‘ladimi?! Cherkov yoki majusiylar ibodatxonasidan chiqib, so‘ngra jahannamga kirgan kishining holi hasrat- nadomatli emas, balki masjiddan chiqib, do‘zaxga tashlangandagi holat hasratlidir. Bularning hammasi yomon amallari va yashirin holatdagi harom gunohlaridandir. Ko‘pincha, kishining qo‘liga musulmonlarning mollari tushib qoladi, ularni ishlatib, keyin qaytaraman, deydi yoki egasini rozi qilaman deb, rozi qilmasdan o‘lib ketadi. Yana, kishining xotini va o‘zi orasiga taloq tushib qoladi. U kishi, qanday qilib uni tark etaman,

axir oramizda bolalar bor, deydi. So‘ngra shu holda unga o‘lim keladi, u harom ustidadir. Ko‘pincha, mana shunday sabablar kishidan imon olinishiga sabab bo‘ladi.


Ey birodar, qarang, o‘lim kelmasdan oldin ishlaringizni isloh qilib oling. Chunki siz

qachon o‘lim kelishini bilmaysiz. Bilingki, umr ozgina, hasrat esa uzoqdir. Sizga la-a ilaha illaloh so‘zini ko‘paytirmoq va unga shukr qilmoq lozim. Shukr ulug‘ ne’mat uchundir. Chunki ne’mat shukr bilan boqiy.


Hasan Basriy aytadilar: "La-a ilaha illalloh jannatning bahosidir".
635. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishidan: "Ey Allohning elchisi, jannatning qiymati bormi?" deb so‘rashdi. Aytdilar: "Ha, u la-a ilaha illallohdir".
636. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Ey Allohning elchisi, sizning shafoatingiz birinchi kimlarga bo‘ladi?" deb so‘radim, u zot aytdilar: "La-a ilaha illalloh"ni ixlos bilan aytgan kishiga".
Mujohid

"Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qoladilar" (Hijr, 2), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illalloh kalimasini aytgan kishilar do‘zaxdan chiqarilganda kofirlar: "Koshki bizlar ham musulmonlardan bo‘lsak edik", deyishadi".
Ato aytadilar: "Alloh taolo:

"Kim yaxshilik bilan kelsa, bas uning uchun (yaxshiligidan) yaxshiroq mukofot bo‘lur", deb aytgan, ya’ni, kim la-a ilaha illalloh, desa, unga jannatdir.
"Kim yomonlik bilan kelsa, bas, yuztuban hollarida do‘zaxga tashlanur" (Naml,

89-90), ya’ni, kim shirk bilan kelsa, u do‘zaxga tashlanadi".


Hasan Basriy

"Ehson yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir" (Rahmon, 60), oyati haqida aytadilar: "La-a ilaha illallohning mukofoti jannatdir".
637. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: "Bir kuni Jabroil (a.s.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning oldilariga keldi va: "Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, Rabbingiz sizga salom yubordi, u Zot aytdiki, nima uchun (sizni) xafa holda ko‘ryapman?" dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ummatimni qiyomat kunidagi ishini fikrlayapman". Jabroil: "Ey Muhammad, kufr ahlining ishinimi yoki Islom ahlining ishini?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Yo‘q, ey Jabroil, balki la-a ilaha illalloh ahlining ishini aytyapman". Jabroil Pay-g‘ambar sollallohu alayhi vasallamning

qo‘llaridan ushlab, Bani Salama qabristoniga olib bordilar. Bir qabrning chetiga o‘ng qanotlarini urib: "Allohning izni bilan turgin", dedi. Qabrdagi o‘lik yuzlari oppoq bo‘lib turdi va: "La-a ilaha illallohu Muhammadur-Rasullulloh, alhamdulillahi robbil ‘alamin", dedi. Jabroil (a.s.) unga: "Qaytgin", dedi. Oldingi holatiga qaytdi. Keyin chap qanotlari bilan urdi va: "Alloh izni bilan tur", dedi. Yuzlari qorayib, ko‘zlari ko‘karib ketgan kishi turdi. U: "Vah, pushaymon, vah, hasrat, vah, yomon", derdi. Jabroil: "Qayt", dedi. U o‘z holatiga qaytdi. So‘ng Jabroil aytdi: "U kalimada o‘lgan insonlar qiyomat kunida mana shunday tiriladi".


638. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘liklaringizga la-a ilaha illallohni sekin aytib turingiz. Chunki u gunohlarni parchalab tashlaydi". So‘radilarki: "Ey Allohning

elchisi, agar uni hayotligida aytsa-chi?" Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "U (gunohlarni) parchalaydi, parchalaydi".


639. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "O‘limi yaqinlashgan kishilarning oldida la-a ilaha illalloh kalimasini aytib turinglar va jannatning xushxabarini beringlar. Chunki erkak va ayollarning hakim va olimlariga uzilish vaqtida u qo‘shni bo‘ladi.
Iblis Allohning dushmani ham bandaga eng yaqin joyda, dunyodan uzilayotgan va yaxshilarini tark qiladigan vaqtda o‘sha joyda bo‘ladi. Ularni noumid qilmangiz, chunki g‘am qattiq. Ish esa ulug‘dir. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Malakul mavtning muolajasi ming marta qilich bilan urgandan qattiqroqdir".
Xabarda rivoyat qilinishicha, bani Isroildan bir kishi boshqalardan ko‘ra ko‘p ibodat qilar edi. Yana bir kishi fojir edi. So‘ngra obid o‘ldi va Musoga aytilindiki: "U do‘zaxda". Fojir ham o‘ldi, Musoga (a.s.) aytilindiki: "U ahli jannatdir". Muso (a.s.) obidning ayoliga aytdilar: "Uning nima amali bor edi?". Xotini: "Sizlarga yashirin emas, u odamlarning eng ko‘p ibodat qiluvchirog‘i edi", dedi. Muso (a.s.) aytdilar: "Yana qaysi amali bor edi?"

Ayoli aytdiki: "Joyiga yotayotganida, Muso keltirgan narsa agar haq bo‘lsa, bizga qanday ham yaxshi", deb aytardi. Muso (a.s.) fojirni ayoliga: "Eringning amali nima edi?"

dedilar. "Odamlarning eng buzg‘unchisi edi", dedi uning xotini. Muso (a.s.) aytdilar: "Undan boshqa nima amali bor edi?" Ayol: "Joyiga yotayotgan paytda la-a ilaha illalloh Musoga (a.s.) kelgan narsa uchun Alloh taologa hamd-sano bo‘lsin", derdi", dedi.
640. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim la-a ilaha illalloh desa, uning og‘zidan ko‘k qush chiqadi. Uning ikki oq qanoti dur va yoqut bilan qoplangan bo‘ladi. So‘ngra osmonga ko‘tariladi va undan asalarining tovushi kabi g‘ung‘illash eshitiladi, unga: "Jim turgin", deyiladi. So‘ngra u: "Yo‘q, sohibimning gunohi kechirilmaguncha jim turmayman", deydi, shunda u aytgan kishining gunohi kechiriladi. So‘ng u qushda yetmishta til paydo bo‘lib, qiyomat kunigacha egasining gunohini kechirishini so‘raydi. Qiyomat kuni bo‘lsa, u qush keladi va egasining qo‘lidan ushlab, unga jannatni ko‘rsatuvchi va yo‘l boshlovchi bo‘ladi".
Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Fir’avnni suvga g‘arq qildi va Musoni (a.s.) qutqardi. Muso aytdilar: "Ey Alloh, menga bir amalni dalolat etginki, uni qilsam, Sen menga

bergan ne’matga shukr qilay. Alloh aytdi: "Ey Muso, la-a ilaha illalloh, deb ayt. Muso (a.s.) ziyoda qilishni so‘radilar. Alloh aytdiki: "Ey Muso, agar yetti osmon va yetti yerni torozining bir pallasiga qo‘ysang, la-a ilaha illalloh kalimasini bir pallasiga qo‘ysang, albatta, la-a ilaha illalloh kalimasi og‘ir keladi".


Mujohid aytadilar: "Uchta narsa borki, uni Alloh taolodan hech narsa to‘solmaydi: La-a ilaha illalloh kalimasi, ijobat bo‘lishiga ishongan holda qilingan duo, otaning farzandi haqqiga va mazlumning zolimga qarshi qilgan duosi".
641. Bir sahobiydan rivoyat qilindi: "Kim ixlos bilan la-a ilaha illalloh desa, ulug‘lab ovozini ko‘tarsa, Alloh uning to‘rt mingta katta gunohini kafforat qiladi". Aytildiki: "Agar unda to‘rt mingta gunoh bo‘lmasa-chi?" deb. Aytdilar: "Unda ahli va qo‘shnilarining gunohlari kechiriladi".
Faqih aytadilar: Kim yetti kalimani yodlasa, u odam Allohning nazdida ulug‘,

maloikalarning nazdida ham ulug‘ bo‘ladi, Alloh uning gunohlarini kechiradi, agarchi dengizning ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham, toatning halovatini topadi, hayoti ham, mamoti ham yaxshi holda bo‘ladi.

1. Har ishni "bismilloh" bilan boshlasa.

2. Har narsani qilib bo‘lgandan keyin alhamdulillah, desa.

3. Agar tiliga ozmi-ko‘pmi lag‘v kelsa yoki yomon amal qilsa, o‘shandan keyin astag‘furulloh, desa.

4. Agar ertaga bu ishni qilaman desa, ketidan inshaalloh so‘zini aytsa.

5. Agar unga yomon ish ro‘baro‘ bo‘lsa, la-a havla va la-a quvvata illa billahil aliyyil azim, desa.

6. O‘ziga va moliga ko‘pmi yoki kammi bir musibat tushsa, inna lillahi va inna ilayhi roji’un, desa.



7. Va kecha-yu kunduz tilidan la-a ilaha illalloh kalimasi tushmasa.
642. Amr ibn Dinor Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qiladilar: "Bizlarga Maoz ibn Jabaldan (r.a) eshitgan bir kishi aytdiki: "Maozga o‘lim kelganida: "Ustimni ochib qo‘yinglar, – dedilar. Men Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan eshitganim hadisni sizlarga aytib bermoqchiman, shu paytgacha uni aytib yurganlaringiz uchun men indamagan edim. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Kim la-a ilaha illalloh kalimasini ixlos qilgan holatda aytsa, jannatga kiradi", degan edilar".
643. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimga o‘lim vaqtida la-a ilaha illalloh so‘zini talqin qilinsa, jannatga kiradi".
644. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlari rivoyat qilingan: "Kimning dunyodagi oxirgi kalomi la-a ilaha illalloh bo‘lsa, jannatga kiradi".
645. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Sizlarga Nuh (a.s.) o‘g‘illariga buyurgan ishning xabarini beraymi? Nuh (a.s.) : "Ey o‘g‘licham, senga ikki ishni buyurib, ikki ishdan qaytaraman, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharikalahu so‘zini aytishga buyuraman. Chunki osmon va yer torozining bir pallasiga qo‘yilsa, la-a ilaha illalloh ikkinchi pallasiga qo‘yilsa, shahodat kalimasi og‘ir keladi. Va yana subhonallohi va bihamdihni aytishni buyuraman. Chunki u maloikalarning saloti, maxluqotning duosi. Va xalq uning bilan rizqlanadi. Seni Alloh taologa biron narsani sherik qilishdan

qaytaraman. Chunki kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qiladi. Va yana seni kibrdan qaytaraman. Chunki kishining qalbida xardalning urug‘ichalik kibr bo‘lsa, jannatga kirolmaydi", dedilar".


646. Xabarda rivoyat qilinishicha, "Kim ixlos qilgan holda la-a ilaha illalloh desa, jannatga kiradi".
Bu so‘zda ixlos kalimasi shart qilindi. Agar ixlosi gunohlardan qaytarmasi, u haqiqiy ixlos bo‘lmaydi, agar so‘zi (ya’ni, shahodati) uni gunohlardan qaytarmasa, u ixlos haqiqiy emas. Va yana qo‘rqish lozimki, bu so‘z, ya’ni, ixlos kalimasi omonatga berilgan

narsadir, zero, omonat qaytarib olinishi ham mumkin.


Faqih aytadilar: Odamlar imonlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Ulardan ba’zilariga imon atoi ilohiy va ba’zilariga oriyatga (ya’ni, foydalanib turishga – muh.) berilgan bo‘ladi. Ilohiy berilgan imoni uni gunohdan man’ etadi va toatlarga targ‘ib qiladi. Ammo oriyatga

berilgan imon uni gunohlardan qaytarmaydi, toatlarga targ‘ib qilmaydi. Chunki oriyatga berilgan narsada tadbir yo‘qdir.


647. Anas ibn Molik Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: "La-a ilaha illalloh jannatning qiymatidir". Boshqa xabarda: "jannatning kalitidir", deyilgan.
Aytildiki: "La-a ilaha illalloh jannatning kaliti, lekin eshikni ochish uchun kalitning tishlari bo‘lishi kerak. Uning tishlari g‘iybat va gunohlardan pok, Allohni zikr qiluvchi til, hasaddan va g‘iybatdan qo‘rquvchi pok qalb, shubha va haromdan pok qorin va gunohlardan pok xizmat bilan shug‘ullanadigan a’zolardir".
648. Abu Zarr (r.a.) aytdilar: "Ey Allohning elchisi, jannatga yaqinlashtiradigan, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amallardan menga o‘rgating". Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Agar yomon amal qilsang, orqasidan yaxshi amalni ham qil. Chunki yaxshilikning savobi o‘n barobardir", dedilar. So‘ngra yana aytdilar: "Ey Rasulluloh, la-a ilaha illalloh yaxshiliklardanmi?" "U yaxshiliklarning eng yaxshisidir", dedilar u zot.
649. Salama ibn Zayd Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qiladilar: "Islom o‘chib ketadi, hatto hech kim namoz nima, ro‘za nima, bilmaydi. Hatto bir kishi, bizlardan oldingi qavm la-a ilaha illalloh, derdi, bizlar ham la-a ilaha illalloh, deb aytamiz", deydi. "Ularning la-a ilaha illallohga nima hojatlari bor?" deyishdi u zotga. "U bilan do‘zaxdan najot topadilar va jannatga kiradilar", deb uch marta takrorladilar Huzayfa (r.a.).


"La-a ilaha illalloh" kalimasining fazilati haqidagi bob hadislari
632-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.

633-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.

634-hadis. Juda zaif. “Al-mezon”ga qarang.

635-hadis. Juda zaif. Abu Na’im “Sifatul-junna”da keltirgan.

636-hadis. Sahih. Imom Buxoriy rivoyat qilgan.

637-hadis. Sanadi topilmadi.

638-hadis. Avvalgi jumlasi sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.

639-hadis. Zaif. Abu Na’im “Al-hulya”da keltirgan.

640-hadis. Ibn Javziy shunga o‘xshagan hadisni “Mavzu’ot”ga kiritgan.

641-hadis. Botil. Daylamiy rivoyat qilgan.

642-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang.

643-hadis. “Kanzul ‘ummol”da keltirilgan.

644-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud rivoyat qilgan.

645-hadis. Zaif. Abd ibn Hamid rivoyat qilgan. Oxiri sahih. Muslim rivoyat qilgan.

646-hadis. Sahih. 642-hadisning izohiga qarang.

647-hadis. Zaif.

648-hadis. Sanadida bir zaiflik bor. Ahmad rivoyat qilgan.

649-hadis. Sahih marfu’. Ibn Mojja rivoyati. Hokim sahih sanagan.




ELLIK OLTINCHI BOB

QUR’ON FAZILATLARI HAQIDA
650. Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmatiga olsin) aytadilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): "Qur’on shafoat qiluvchi va mushaffi’, mohil va tasdiqlovchidir, kim uni o‘ziga imom qilib olsa, Qur’on uni jannatga yo‘llaydi. Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa, do‘zaxga haydaydi", dedilar.
Faqih aytadilar: "Shafoat qiluvchi va mushaffi’" egasini shafoat qilishni so‘raydi, degani. "Mohil"ning ma’nosi – harakat qiluvchi, ya’ni, egasi uchun harakat qiladi va uning so‘zini

tasdiqlaydi. "Kim uni o‘ziga imom qilsa", ya’ni, uni o‘qisa, unga amal etsa, "Qur’on uni jannatga yetaklaydi". "Kim uni orqasiga tashlab qo‘ysa", ya’ni, unga jafo qilib, uni o‘qimasa, amal etmasa, qiyomat kuni uni "do‘zaxga haydaydi".


651. Nofe’ ibn Abdulhars Umarning (r.a.) Makkadagi ish boshqaruvchisi edi. U Hazrati Umarni kutib olish uchun chiqdi. Hazrati Umar unga: "Makkaga kimni hokim qilib kelding?" dedilar. "Abdurahmon ibn Abu Abzoni", deb aytdi. Umar (r.a.): "Qurayshiylarga qullari bo‘lgan kishini hokim qilib keldingmi?" deb so‘radilar. "Ey mo‘minlarning amiri, – dedi u, – men odamlarning ichida eng yaxshi Qur’on o‘qiydigan kishini o‘rnimga qo‘ydim". Umar (r.a.) aytdilar: "Ha, albatta, Alloh taolo Qur’on bilan kishilarning darajasini ko‘tardi va ba’zi kishilarning darajasini past qildi. Albatta, Abdurahmon ibn Abu Abzo ham Alloh taolo Qur’on bilan darajasini ko‘targanlardandir".
652. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Albatta, bu Qur’on Allohning ziyofatidir. Allohning ziyofatidan qodir bo‘lganlaringcha olinglar. Albatta, bu Qur’on Allohning mustahkam arqoni, nuri mubin, shifoi nofe’, kim uni ushlasa, saqlanadi, unga ergashgan kishi najot topadi. Egri emaski, to‘g‘rilansa, xato emaski, to‘g‘ri yo‘lga solinsa. Uning ajoyibotlari tugamaydi, takror qilishlik bilan eskirmaydi. Uni tilovat qilinglar, chunki Alloh taolo har bir harfining tilovati uchun sizlarga o‘nta savob beradi. Men "Alif-lom-mim"ga o‘n savob beriladi, demayman, balki "alif"ga o‘nta, "lom"ga o‘nta, "mim"ga o‘nta savob beriladi".
653. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning naql qiladilar: "Kim mo‘min birodaridan dunyo g‘amining bittasini ketkizsa, Alloh taolo undan oxirat g‘amlaridan bir g‘amni ketkizadi. Kim dunyoda qiyinchilik tushgan kishining ishini yengil qilsa, Alloh taolo uning dunyoyu oxiratdagi ishini yengillashtiradi. Alloh bandaga yordamda bo‘ladi, modomiki, u muslim birodariga yordamda bo‘lsa. Kim ilm izlanadigan yo‘lda yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi. Qaysi qavm Alloh uylaridan birida Allohning kitobini tilovat etish uchun yig‘ilishsa va o‘zaro dars qilishsa, ularning ustiga sakinat tushadi, rahmat qoplaydi, ularni maloikalar halqa qilib o‘rab oladi va Alloh taolo o‘z huzuridagilar orasida ularni zikr qiladi".
654. Yazid ibn Abu Hubayb Payg‘ambar alayhicsalomdan rivoyat qiladilar: Payg‘ambar alayhicsalom aytdilar: "Kim Qur’onni yod olsa, Alloh taolo uning ota-onasidan azobni yengillashtiradi, garchi ular kofir bo‘lsalar ham".
655. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni o‘qisa, uning ikki tomonidan nubuvvat chiqqandek bo‘ladi, lekin unga vahiy qilinmaydi. Kim Qur’onni o‘qisa, so‘ngra Allohning bandalaridan biriga berilgan narsani o‘ziga berilgan narsadan afzal bilsa, Alloh taolo ulug‘ qilib bergan narsani haqir sanabdi".
Qur’on yodlagan kishi johillik qilganga johillik, dushmanlik qilgan kishiga dushmanlik qilishi joiz emas, balki afv etish va kechirib yuborish lozimdir.
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Qur’onni yodlagan kishi quyidagi narsalar bilan boshqalardan farq qilishi kerak: Kechalari odamlar uxlagan vaqtda bedor bo‘lishi, kunduzi odamlar og‘zi ochiq bo‘lganlarida ro‘za tutmog‘i, odamlar xursand bo‘lganlarida u mahzun bo‘lmog‘i, odamlar kulganlarida yig‘lamog‘i va odamlar mutakabbirlik qilganlarida o‘zini past olmog‘i".

Qur’onni ko‘targan kishi yig‘laydigan, mahzun, halim, sokin, yumshoq bo‘lishi lozim. Zulm qilishi, g‘ofil bo‘lishi, baqirishi va qattiq qo‘l bo‘lishi joiz emas.


656. Maoz ibn Jabal rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Uch narsa dunyoda g‘aribdir: Zolimning ichidagi Qur’on, yomon qavm ichidagi yaxshi kishi, uyda o‘qilmay turgan Mushaf".
Muhammad ibn Ka’b Qarziy: "Kim Qur’onni o‘qisa, guyoki Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘ribdi", dedilar va keyin bu oyatni o‘qidilar:

"Sizlarni va (Qur’on) yetib borgan kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun menga mana shu Quron vahiy qilindi" (An’om, 19).
657. Xabarda rivoyat qilinadi: Jannat darajalari Qur’on oyatlari sanog‘ichadir. Qur’on o‘quvchiga qiyomat kunida, o‘qi va ko‘tarilaver, deyiladi. Agar unda Qur’onning yarmi bo‘lsa, unga, agar senda yana bo‘lsa, yana ziyoda qilardik, deyiladi.
658. Xolid ibn Bashir Husayn ibn Alidan, u kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. Pay-g‘ambarimiz aytdilarki: "Kim Qur’onni namozida turib o‘qisa, o‘qigan har bir harfiga yuzta yaxshilik bordir, kim Qur’onni namozida o‘tirib o‘qisa, har

bir harfiga ellikta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni namozidan boshqa vaqtda o‘qisa, unga har bir harfiga o‘nta yaxshilik bor va kim Alloh kitobidan eshitsa, ajrni xohlasa, unga har harfi uchun bitta yaxshilik yoziladi. Kim Qur’onni o‘qib tugatsa, duosi mustajoblardan bo‘ladi, tezda yoki keyinroq beriladi".


659. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Uch kishining haqqini munofiqdan boshqa hech kim yengil sanamaydi: adolatli imomning, Islomda sochi oqargan kishining va Qur’onni yod olgan qorining".
660. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizlarni Qur’onni o‘rganishga qiziqtirdilar, so‘ng uning fazilatlaridan xabar berdilar: "Qur’on qiyomat kuni egasiga hujjat bo‘lib keladi, egasiga chiroyli suratda kelib, aytadi: "Meni taniyapsanmi?" "Sen kimsan?" deydi. Qur’on: "Men sen yaxshi ko‘rganing va hurmat qilganing, kechalarni men bilan bedor o‘tkazganing va kunduzda odat qilib o‘qiganing Qur’onman", deydi. Kishi: "Nahotki, sen Qur’on bo‘lsang", deydi. So‘ng Alloh huzuriga keladi, o‘ng tomoniga mulkni, chap tomoniga abadiylikni beradi va podshohlik toji boshiga kiydiriladi, musulmon ota-onasiga ikki libos kiygiziladi. Ularning bahosi dunyodagi hamma narsadan qimmatdir. Ular: "Bu bizlarga qaerdan keldi, bizlarga amallarimiz yetmayotgan edi-ku?" deyishadi. Shunda aytiladi: "O‘g‘lingizning Qur’onni o‘qigani fazlidan sizlarga buni berdim".
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keyin aytdilar: "Ikki zahroni o‘rganinglar, (ya’ni, Baqara va Oli Imron so‘ralarini), chunki u ikkovi ahliga xuddi bulut kabi yoki qanotlari bilan saflangan qushlar tudasi kabi kelishadi va sohibini mudofaa qiladi".
So‘ngra aytdilar: "Baqarani o‘rganinglar, chunki uni olish baraka, uni tark qilish hasratdir. Unga botil, ya’ni, sehr ta’sir qilmaydi".
Keyin yana aytdilar: "Bu fazilat uni kim o‘rganib lag‘v qilmagan bo‘lsa, amal etgan

bo‘lsa, uni unutmagan va uning orqasida rizq yemagan bo‘lsa, o‘shanday kishigadir".


Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: "Kim Qur’onni kunduz xatm qilgan bo‘lsa, unga maloikalar kechasigacha salovot o‘qiydi. Kim kechasi xatm qilgan bo‘lsa, maloikalar ertalabgacha salovot o‘qiydi. Kishilar kunduzi xatm qilishni yaxshi sanardilar".
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Salaflar salovotlar ko‘p bo‘lishi uchun yozda kunning avvalgi vaqtida, qishda kechaning avvalida xatm qilishni mahbub ko‘rishar edi".
661. Qatoda Anas ibn Molikdan (r.a.), u zot Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qiladilar: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qur’on o‘quvchi mo‘min utrujjaga (mevali o‘simlik) o‘xshaydi. Uning hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on o‘qimagan mo‘min esa, xurmo kabidir, uning mazasi yaxshi, ammo hidi yo‘q. Qur’on o‘quvchi fojirning misoli rayhonga o‘xshaydi, uning hidi yaxshi, ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan fojirning misoli hanzalaga o‘xshaydi, mazasi ham achchiq, hidi ham yo‘q".
662. Uqba ibn Omir Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar. U zot aytdilarki: "Qur’onni ichida o‘quvchi sirli holda sadaqa qiluvchi kabidir, jahr qilib (ovoz chiqarib) o‘quvchi sadaqani oshkor beruvchi kabidir".
Demak, jahr bilan qiroat qilishlik juda yaxshi, ammo maxfiy o‘qish undan afzaldir.
663. Valid ibn Abdulloh Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalladanm rivoyat qiladilar: "Menga gunohlarning hammasi ko‘rsatildi, unda Qur’onni ko‘tarib, keyin uni tashlab yuborganning gunohidan kattarog‘ini ko‘rmadim".
664. Ibn Hutab Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan naql etadilar: "Kim Qur’onni o‘rganib, keyin uni hech bir uzrsiz unutib yuborsa, har bir (unutgan) oyati tufayli uning darajasi pasayadi va qiyomat kunida mahzun holatda keladi".
665. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim Qur’onni ta’lim olib, keyin unutib yuborsa, qiyomat kuni qo‘li kesilgan holda keladi".
Zahhok aytadilar: "Qaysi kishi Qur’onni ta’lim olib, keyin unutsa, qiyomat kuni gunohkor holatda keltiriladi". So‘ng:

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish