Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari
Shifokorlar Quvayt davlat universitetida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oraliq maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — Quvayt davlat universiteti (1966-yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: Quvayt ilmiy-tadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Quvayt shahrida. Quvayt markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Quvayt shahrida Quvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Quvaytda bir necha gazeta va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gazeta, 1977-yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gazeta, 1972-yildan), "Quvayt tayme" ("Quvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gazeta, 1965-yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jurnal), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958-yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jurnal, 1961-yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962-yildan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976-yilda tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951-yil, televideniyesi 1961-yil tashqil etilgan.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Faylaka oroldan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi III asr). quvayt shahrining eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi.
Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.
Teatri
1957-yil Xalq teatri tuzildi. 1959-yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964-yil truppani miyerlik rejissor Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963-yil Fors koʻrfazi Quvayt teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967-yil yava bir teatr truppasi — Quvayt teatri tashkil etildi.
Kinosi
60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971-yil "Shafqatsiz dengiz" (rejissor Xolid Saddiq) badiiy filmi namoyish qilindi. Quvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |