Al-Buxoriy Universiteti Arab tili filologiyasi fakulteti 1-bosqich 2-guruh talabasi Muhiddinova Odinaxon quvayt davlati aholisi



Download 43,57 Kb.
bet1/4
Sana07.01.2023
Hajmi43,57 Kb.
#898135
  1   2   3   4
Bog'liq
QUVAYT DAVLATI AHOLISI


Al-Buxoriy Universiteti
Arab tili filologiyasi fakulteti
1-bosqich 2-guruh talabasi
Muhiddinova Odinaxon

QUVAYT DAVLATI AHOLISI
Quvayt, Quvayt Davlati (Davlat al-Quvayt) — Arabiston yarimorolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Quvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Poytaxt

Al-Quvayt

Rasmiy til(lar)

Arabcha

Hukumat

Semi-Konstitutsion Rohiblik




• Amir

Navvof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

• Bosh Vazir

Saboh al-Xolid as-Saboh

Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)

• Sana

19-iyun 1961

Maydon

• Butun

17,820 km2 (157-oʻrin)

Aholi

• 2002-yilgi roʻyxat

2,335,648 (140-oʻrin)

Zichlik

131/km2

YIM (XQT)

2005-yil roʻyxati

• Butun

AQSh$53,310 mil. (74-oʻrin)

• Jon boshiga

AQSh$22,825

Pul birligi

Kuwaiti Dinar (KWD)

Vaqt mintaqasi

UTC+3

• Yoz (DST)

UTC+3

Qisqartma

KW

Telefon prefiksi

965

Internet domeni

KW

tahrir kuzat



Davlat tuzumi
Quvayt — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy Majlis, ijro etuvchi hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.
Tabiati
Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Quvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra - Quvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.
Aholisi
Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Quvayt va Al-Ahmadi.

Tarixi
Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha Quvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.
VII asr dan Quvayt Arab xalifaligi, XVI asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. XVIII asr oʻrtalaridan Quvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. XVIII asrning 60-yillaridan Quvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899-yildan Quvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Quvayt xalqining kurashi natijasida 1961-yil 19-iyunda Quvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967-yilda Quvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Quvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990-yil 2-avgustda Iroq Quvaytni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Quvaytni 1991-yil 26-fevralda butunlay ozod qildi.
Quvayt 1963-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 8-iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun (1961).

Download 43,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish