AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari R.Bleyk AQSHning O’zbekiston bilan aloqalarini yuqori baholab, O’zbekistonning tabiiy zaxiralarga boyligini, global iqtisodiy inqiroz sharoitida ham makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuqori ko’rsatkichlari saqlanib qolganligini e’tirof etdi. AQSH kelgusida O’zbekiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligini, O’zbekiston Afg’onistonning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishida, mamlakatga insonparvarlik yordami ko’rsatib, elektr energiya, oziq-ovqat maxsulotlari, qurilish materiallari bilan ta’minlash hamda transport kommmunikatsiyasi qurilishiga ko’maklashishda faol ishtirok etayotganini ta’kidladi. O’zbekiston AQSH bilan savdo, iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlik sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. AQSH O’zbekistonning eng muhim hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda. O’zbekiston AQSH bilan savdo, iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlik sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. AQSH O’zbekistonning eng muhim hamkorlaridan biriga aylanib bormoqda. Amerika kompaniyalari tog’-kon qazish va neftь-yoqilg’i majmuasi, qishloq xo’jaligining texnologik bazasini, oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati va transport infrastrukturasini rivojlantirish kabi ko’plab ustuvor sarmoya loyihalarining amalga tadbiq etilishida ishtirok etmoqdalar. Mavjud ma’lumotlar tahlili O’zbekiston Respublikasi va AQSH o’rtasidagi savdo aylanmasi ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. Xususan, 2010 yil natijalariga ko’ra ikki tomonlama tashqi savdo aylanmasi 181,7 mln. AQSH doll.ni tashkil etib, bunda eksport 51,3 mln. doll.ni, import 130,4 doll.ni tashkil etgan. 2011 yilda ikki tomonlama savdo aylanmasining 2010 yil holatiga 36,2% ga o’sishi kuzatilib, uning hajmi 249,9 mln. doll.ga yetgan. Eksport hajmi 40,7% ga oshib, 72,3 mln. doll.ni, import miqdori 34,4% ga ortib, 177,6 mln doll. tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilning I yarim yilligi davomida 127 mln, 2012 yilning 10 oyi xolatiga 294,6 mln dollarni tashkil etgan. SHundan, amerika tovarlarining O’zbekistonga importi 2012 yilning 10 oyi mobaynida 271,0 mln doll., O’zbekistonning AQSHga eksporti 23,6 mln. dollarni tashkil etgan. O’zbekiston tomonidan asosan xizmatlar, noorganik kimyoviy mahsulotlar, dastgohlar va jihozlar eksport qilingan bo’lsa, AQSHdan import mahsulotlari tarkibi asosan mashina va jihozlar, kimyoviy mahsulotlar, plastik, xizmatlarni o’z ichiga olgan. Eksport tarkibini noorganik kimyo mahsulotlari (56,1%), xizmatlar (39,3%), import esa xizmatlar (26,1%), mexanik uskunalar (18,0%), farmatsevtika mahsulotlari (16,0%), transport vositalari (12,4%), optik apparatlar (7,5%), elektr (4,6%), kauchuk va rezina jihozolar (2,4%) tashkil etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |