Venaichi inyeksiyasini o ‘tkazish.
Jihozlar:
shpris, zararsizlantirilgan salfetkalar, 98 %li spirt,
preparat, qon quyish uchun sistema, yostiqcha, qisqich, venoz
tasma.
Muolajani bajarish tartibi:
—tug'adigan ayolga bajariladigan ish tushuntiriladi;
—qo'lni yuvib, qo'lqop kiyiladi, shprisga dori tortiladi (ampula
ochiladi, dori tortib, olinadi);
—ayol qulay holatda yotishi yoki o'tirishi so'raladi;
—bilak tagiga yostiqcha qo'yib, old yelkasiga venoz tasma
bog'lanadi;
—tasm ani siqib, ayoldan qo'llarini harakat qilishi so'raladi;
—bilak spirtda namlangan paxta bilan artiladi;
—to'liq vena barm oqlar bilan paypaslab topiladi;
—vena ustidagi terini qo'l bilan tarang cho'zib, bilak bo'g'im i-
dagi vena aniqlanadi;
—igna ichini tepaga qaratib, venaga parallel holda uning 1/3
uzunligi kiritiladi;
—porshenni orqaga tortib, ignani venaga kirganligiga ishonch
hosil qilinadi;
—chap qo'l bilan tasma bo'shatiladi;
—chap q o 'l bilan porshenni sekin bosib, dori yuboriladi
(shprisda 1 ml dori qoldiriladi);
—ignani spirtli paxta bilan ushlab turib, boshqa qo'l bilan
tezda tortib olinadi;
— spirtda namlangan paxta almashtiriladi — igna o'miga bosiladi;
— qo'lqopni yechib, qo'llar yuviladi.
Qon quyish uchun sistemani yig'ish:
— sistema solingan qopchaning germetikligi va saqlash muddati
aniqlanadi;
— steril pinset bilan dorili flakon qopqog'i ochiladi;
— spirtli sharcha bilan rezina qopqog'i artiladi;
— sistema qopchasini ochib, niqob taqiladi;
— qo'lni tozalab, qo'lqop kiyib, sistema qopchadan olinadi
va steril salfetkaga qo'yiladi;
111
— ochiq steril stoldan lotokka spirtli sharcha, salfetkalar, 2—3
ta igna, shpris, pinsetlar qo‘yiladi, steril salfetka bilan yopib qo'yiladi;
— havo o'tkazgich ignasidan qalpoqchani yechib, ignani flakon
qopqog'iga taqab kiritiladi, bo'sh uchi flakonga apteka rezinkasi
bilan qisib qo'yiladi;
— sistema burama qisqich bilan yopiladi;
— sistemaning kalta tomonidan igna qalpoqchasini olib qo'yib,
ignani taqab flakonga kiritiladi;
— flakonni ag'darib shtativga o'matiladi, tomizg'ichni gorizontal
holatga keltirib, qisqich ochiladi, sekin-asta sistema to'ldiriladi;
— qisqichni berkitib, tom izg'ichni asl holiga keltiriladi (filtr
batamom quyilayotgan suyuqlikda turishi kerak);
— qisqichni ochib sistema naychasidagi havo to'liq chiqib ketib,
ignadan suyuqlik chiqquncha to'ldiriladi;
— sistemaning uzun naychasida havo yo'qligiga to 'la ishonch
hosil qilinadi.
Sistema to'ldirilib, vena punksiya vena ichi inyeksiyasi o'tka-
zilgandek bajariladi.
Observatsiya bo'lim ida barcha tibbiyot xodimlari epidemiyaga
qarshi qoidalarga rioya qilishlari shart (observatsiya bo'limiga kirishda
xalatlar almashtiriladi, baxilla kiyiladi).
OITS infeksiyasi bo'lgan ayollarda tug'uruq qabul qilish, ularni
tug'uruqdan so'nggi parvarishini ta ’m inlash maxsus tug'uruq
bo'limlarida o'tkazilib, shu yerdan uyga jo'natiladi. Ularda muola-
jalar bir marta qo'llaniladigan asboblar bilan o'tkaziladi. OITS
bilan infeksiyalangan ayollar va chaqaloqlarning parvarishini
bajarayotgan xodimlar shaxsiy xavfsizlik choralarini ko'rishlari
zarur (qo'lqoplar bilan ishlash). Xodimlar qo'llari shikastlanganda
qo'llariga 70 %li spirt, 5 %li yodning spirtli eritmasi bilan ishlov
beriladi va tibbiyot leykoplasteri yopishtirib qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |