Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi


Operatsiyadan keyingi davrning kechishi va



Download 13,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/175
Sana19.02.2022
Hajmi13,22 Mb.
#458745
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175
Bog'liq
A.M. Fozilbekova. Akusherlik va genekologiyadan hamshiralik ishi

20.3. Operatsiyadan keyingi davrning kechishi va
operatsiya qilingan bemor parvarishi
O peratsiyadan keyingi dastlabki davrda (bem or narkozdan 
chiqqandan keyin) u intensiv (tezkor) xonaga o'tkaziladi. Intensiv 
xona maxsus funksional karavot bilan jihozlangan (bem orga qulay 
sharoit yaratish u ch u n ) h am d a b em o r holatini kuzatib turish 
uchun apparatlar, y a’ni elektrokardiograf, ton om etr ham da kerakli 
dori-darm onlar va parvarish buyum lari bilan ta ’m inlangan bo'lishi 
kerak.
X onada Esmarx krujkasi, tuvak, toza oqliklar, m uzli xalta, 
gaz chiqaruvchi naycha, oshqozon zondi, grelka, suv ichiradigan 
maxsus idish, markazlashtirilgan kislorod, tiltutqich, og'iz kergich, 
qon quyish uch un sistema va kerakli dori-darm onlar bo'lishi zarur. 
H am shira doim o bem o r oldida bo'lishi va uni yaxshi parvarish 
qilishi kerak.
O peratsiyadan keyingi xonaga o'tkazishdan oldin bem or o 'rn i 
grelka bilan isitiladi. Operatsiya chokiga muzli xalta qo'yiladi, 15— 
20 m inut turgach 30 m inut dam berib, yana qo'yiladi. Bu m uolaja 
bir kech a-k u n d u z davom ida takrorlab turiladi. B em or doim o 
chalqancha yotadi, nafas yo'liga tili yoki qusuq massalari tiqilib 
qolmasligi uchu n, boshi bir tom onga qayrilgan b o'lishi kerak. 
H am sh ira d o im o b em o rn in g pulsi, Q /B , ta n a h a ro ra ti, q in
ajralm alari, operatsiya chokining holati, oqliklarning quruqligini 
nazorat qiladi. B em orda biror salbiy o'zgarish bo'lsa, shu zahoti 
shifokorni chaqirish kerak. Ba’zi hollarda sun ’iy nafas berishi 
ham zarur bo'ladi.
H am shira shifokor ko'rsatm asiga binoan og'riqsizlantiruvchi 
va boshqa dori vositalarini yuboradi h am d a qusganda, qorin 
shishganda (ichaklar tutilishida), qon ketganda, arterial qon bosimi 
tushib ketganda va boshqa ekstrem al holatlarda yordam ko'rsatadi. 
H am shira infuzion terapiya o'tk azad i, nafas olish u ch u n kislorod 
beradi, siydik pufagi faoliyatini kuzatadi. Siydik pufagini rezina 
kateter yordam ida bir sutkada ikki m artadan k o'pro q bo'sh atib
turadi. Agar bem or o'zi siysa, unga tuvak tutadi. Siydikning miqdori 
va holatini ham shira kuzatib borishi kerak, chunki siydikda qon 
bo'lishi operatsiyadan keyingi salbiy asoratlardan dalolat beradi.
222


O peratsiyadan keyin 3-sutkadan so‘ng najas kelm asa, 5% li 
natriy xlorid eritm asi bilan (150—200 ml) h u q n a qilinadi, faqat 
bu h olatda hu q n a zarar yetkazm asligi aniq b o ‘lishi shart.
Q orin shishganda shifokor ko'rsatm asiga b in oan ichaklarni 
harakatlantiruvchi dorilar (prozerin, 10% li natriy xlorid) va gaz 
haydovchi nay qo'yiladi.
Operatsiyadan keyingi davrda ovqatlanishga katta e ’tibor beriladi. 
Birinchi sutkada m ineral suv va lim onli choy beriladi. Ikkinchi 
kuni shirinchoy, sho'rva, chala pishirilgan tuxum , qatiq; uchinchi 
kuni sh o 'rv a, suyuq kisel; to 'rtin c h i k u n d an boshlab, parhez 
asosida ovqatlantiriladi.
Agar bem or plastik operatsiya (qinda) qilingan bo'lsa, parhezda 
bo'lishi, besh kun davom ida ichi kelmasligi zarur. F aqat 6 - 7 -
kuni diyeta kengaytiriladi.
Y otgan bem orlarga og'iz b o 'sh lig 'i parvarishi yotgan joyda 
o'tkaziladi. Agar bem orning o 'z i tishlarini yuva olm asa, 3% li 
vodorod peroksid eritmasi yoki boraks bilan og'iz bo'shlig'i artiladi.
Oxirgi yillarda operatsiyadan keyingi davrni faol olib borish 
yaxshi natija berm oqda. Agar b em orda laparatom iya o'tkazilgan 
b o 'lsa, bem o r 1-kundayoq yonboshiga yotqiziladi. Birinchi kun 
oxirida o'tirishga ruxsat beriladi. 2-kun, operatsiyadan keyingi davr 
asoratsiz kechayotgan bo'lsa, to 'sh ak d an turishga ruxsat beriladi. 
E rta o 'rin d a n turish yengil nafas olishga, ichaklar tutilishining 
oldini olishga ham da trom boem bolik asoratlarining oldini olishga 
yordam beradi.
Agar bem or o 'zin i bo 'shashgan his qilsa, o 'rin d a n turishdan 
oldin b in t, sochiq yoki oqlik bilan 4 qavat qilib qorin bog'lanadi.
Plastik operatsiyalarda 3 hafta o 'tg ac h o 'tirish g a ruxsat etiladi 
(qin va oraliq to 'liq bitgandan keyin).
Tibbiyot ham shirasi shifokor ko'rsatm asiga b ino an ikkinchi 
sutkadan so 'n g ja ro h a td a qayta bo g'lov o 'tk az ad i. O peratsiya 
o'tkazilgan jo y —kleol qoldiqlari efir bilan artib tozalanadi, chok 
3% li vodorod peroksid eritm asi bilan artiladi, 5% li yodning 
spirtdagi eritm asi surtiladi va q um q aseptik bog'lam yopishtiriladi.
C h o k la r kerakli tayy org arlik dan so 'n g 8 -k u n i o lin ad i va 
operatsiyadan keyingi chandiq to 'liq bitib ketguniga qadar antisep- 
tiklar bilan artiladi.
Oraliqdagi choklar h ar kuni 5% li kaliy perm an ganat eritm asi 
bilan yuviladi.
O peratsiyadan keyingi davrda ham shira sutkada 2 m arta tana 
haroratini o 'lch ab , uni haro rat varaqasiga belgilab boradi (kerak
223


b o ig a n d a tana harorati tez-tez o ‘lchanadi). Q /B ham kuniga 2 
m arta o ‘lchanadi, puls tezligi qayd qilish varaqasiga yozib boriladi.
Ingalatsion narkozdan keyin bem orlar to m o g ‘ida og‘riq va 
ovozning b o ‘g ‘ilishini his qilishlari nazarda tutilib, ularga dorivorli 
ingalatsiyalar o ‘tkaziladi. O datda, ingalatsion narkozdan keyin 
birinchi sutkada kechqurun ko‘krak qafasiga nafas olish va qon 
aylanishini yaxshilash m aqsadida bankalar qo'yiladi.

Download 13,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish