Tushuntirish qismi tarkibi
Kirish
Kerakli chizmalar ro‘yxati
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kurs ishni bajarish grafigi
|
Ishning nomi
|
Ishni bajarish muddati
|
Bajaranligi
To‘g‘risidagi
Belgi
|
Boshlanishi
|
Tugashi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
Al- Farg‘oniy nomli va FarPI axborot resurs markazlarida (ARM) mavzu bo‘yicha adabiyotlar yig‘ish
|
|
|
|
2
|
Ishning rejasini tuzish
|
|
|
|
3
|
Kirish qismi bo‘yicha ishlash
|
|
|
|
4
|
Birinchi rejani tayyorlash va yozish.
|
|
|
|
5
|
Ikkinchi rejani tayyorlash va yozish.
|
|
|
|
6
|
Uchinchi rejani tayyorlash va yozish.
|
|
|
|
7
|
To‘rtinchi rejani tayorlash va yozish
|
|
|
|
8
|
Xulosa qismini tayorlash va yozish
|
|
|
|
9
|
Adabiyotlarni rasmiyashtirish
|
|
|
|
10
|
Ilovalarni rasmiylashtirish
|
|
|
|
11
|
Tugallangan kurs ishini ilmiy rahbarga taqdim etish.
|
|
|
|
Topshiriq berilgan sana: “____”_________________2022 yil
Tugallangan kurs ishni topshirish sanasi: “____”_______________2022 yil
Kurs ishi rahbari: _____________________________________________
(imzo)
Topshiriqni oldim: ________________________________________ (imzo)
“______”______________2022 y
Kafedra mudiri ______________ iq.fan.nom. Muminova E.
TAQRIZ
“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti S 37 19 I guruh talabasi Isroilov Elmurodning kurs ishi mavzusi Korxona daromadlarini maksimallashtirish
Kurs ishi mazmuni______________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kurs ishining ijobiy tomonlari ____________________________________
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kurs ishining salbiy tomonlari ____________________________________
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Tushuntirilishi__________________________________________________ _____________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________________________
Xulosa _________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________
Taqrizchi : ____________________________________________
(familiyasi, ismi, lavozimi, imzo)
Mundarija:
№
|
KIRISH
|
|
1
|
Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
|
|
2
|
Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
|
|
3
|
Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari
|
|
4
|
Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari
|
|
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o`tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo`llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo`llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko`rsatish, uni rag`batlantirishga bag`ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularning hammasi O`zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodni etishtirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma`naviy va hayotiy ko`nikmalarida namoyon bo`lmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimiz Jahon bankining ma`ruzasida keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida eng yaxshi natijalarga erishgan dunyodagi o`nta davlat qatoridan joy olgani qayd etilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzasida keng ko`lamda olib borilayotgan islohotlar natijasida yalpi ichki mahsulotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yildagi 31 foizdan bugungi kunda 56,7 foizga etgani yoki 1,8 barobar oshganini alohida ta`kidlab o`tdilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo`jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste`mol bozorini to`ldirish bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta`minlamoqda.
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo'lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O'rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo'yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratilmoqda.
1.Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari
Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omili.
Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor, deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba uyushmalari shugʻullanadi.
Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va shu bois u keng tarqalgan.
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash. Respublikamizda mustaqillikning mevalaridan biri – bu iqtisodiyotda bozor tizimini joriy qilinishi va xo’jalik yuritishning turli shakllarida olib borishga imkon yaratilishidir. Bular jumlasiga: tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitni yaratib berish ham kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o’tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo’lgan va ko’pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan.
Keyinchalik real xo’jalik hayotida ishtiroq etuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to’g’ri kelmay qoladi.
Tadbirkorlik umuman pul topish emas. Pul topishni bir necha yo’li bor, ya’ni yollanib ishlash yoki ish yuritmay kapital hisobidan daromad topib, o’zlashtirish, qonunga xilof holda daromad topib o’zlashtirish kabilar. Bular tadbirkorlik sohasiga kirmaydi.
Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati to’g’risidagi bir qator nazariy qarashlar mavjud. Ularning asosiylari quydagilar:
Tadbirkor, bu noaniq daromadga ega kishilar. Tavakkalchilik xatari uning bosh xususiyatidir (R.Kontilon. U bu atamani iqtisodiy fanga ham olib kirgan);
Tadbirkor, tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish maqsadida tavakkalchilik qiluvchi muok egasi (A.Smit);
Tadbirkor, iqtisodiy agent sifatida foyda olish uchun o’z tajribasi va bilimini tivakkalchilik xataridan ko’rkmay ishga soluvchi shaxs.(J.B.Sey);
Tadbirkor, foydaning o’sishini maqsad qilib qo’yadigan, xatarga tayyor turadigan va kishilarni birlashtira oladigan tashabbuskor shaxs.(V.Zamberg);
Tadbirkor, ishlab chiqarish omillarni uyg’unlashuvining yangi nisbatini izlovchi, iqtisodiy o’sishi ta’minlovchi va novatorlik xususiyatlari yuqori darajada rivojlangan kishi. (I.Shumpeter).
Hozirgi zamon g’arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko’zlab xo’jalik yuritish san’ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo’lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo’lish va shu kabi ko’p qirrali tomonlari bilan qaraladi.
Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqrog’i boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda.
Jumladan, «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida ta’riflanishicha tadbir-korlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir.
Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo’lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkin.
Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko’ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo’lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o’zini iqtisodiy jihatdan to’la namoyon qila olmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga etarlicha daromad keltirmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning belgilarida yanada aniqroq ifodalanadi. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida er, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg’unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi.
Tadbirkorlikning xususiyatlari: Tadbirkorlik ob’ektlarikorxona (firma), daromadli ish. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar, tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi. Tadbirkorlik mustaqil ravishda, shaxsan yoki boshqa tadbirkorlar bilan ittifoq tuzishiga qarab, tadbirkorlik turli shakllarga ega bo'lishi mumkin; u faqat o'z mulkidan foydalanadimi yoki bir vaqtning o'zida boshqa odamlarning mulkidan foydalanadimi, o'z mehnatidan foydalanadimi yoki yollangan ishchilarni yollayaptimi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini turli mezonlarga ko'ra tasniflash mumkin: faoliyat turi, mulkchilik shakllari, mulkdorlar soni, tashkiliy -huquqiy va tashkiliy -iqtisodiy shakllar, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va boshqalar.
Qayta ishlab chiqarish jarayonining qabul qilingan tuzilishiga muvofiq (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, iste'mol qilish) tadbirkorlikning to'rtta asosiy yo'nalishi mavjud: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va iste'mol. Tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari, masalan, innovatsiya, marketing tadbirkorlikning to'rtta asosiy yo'nalishiga kiradi.
Tadbirkorlikning eng oddiy shakli korxona maqomini ro'yxatdan o'tkazmagan, lekin majburiy davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yakka tartibdagi tadbirkorlikdir. Tadbirkor jismoniy shaxs sifatida ishlaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o'ziga tegishli bo'lgan mol -mulkdan o'z xohishiga ko'ra foydalanish huquqiga ega, majburiyatlari bo'yicha unga tegishli bo'lgan barcha mol -mulk bilan javob beradi.
Ba'zi hollarda qonun pullik litsenziya yoki patent olish zarurligini nazarda tutadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor har qanday xodimni yollash huquqiga ega. Bunda tadbirkor, tadbirkor korxona egasi, asoschisi hisoblanadi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
2.Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari
Tashkiliy-huquqiy shakllar biznes faoliyati (OPF) ma'lum bir shaxs (shaxs yoki tashkilot) biznesni olib yurishi mumkin bo'lgan shakllardir. Rossiya qonunchiligi ko'plab OPFning ko'plab turlarini taqdim etadi. Ularda umumiy narsa bor, farq nima va OPFni qanday tasniflash kerak? Biz bularning barchasini maqolamizda batafsil aytib beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |