Muloqot
Talabalar ikki guruhga ajratiladi. Sahnaning ikki tarafidan parallel joylashtiriladi. Har bir talaba uchun to‘g’rida joylashgan talaba partnyor sanaladi. O‘ng tarafdagilar tinglovchi, chap tarafdagilar hikoyachi sanaladi. Pedagogning maxsus ko‘rsatmasidan so‘ng hikoyachilar o‘zlari hohlagan bir voqeani hikoya qilib berishadi. Bunda tinglovchilar o‘ziga tegishli hikoyachining gaplarini aniq eshitishi shart. Chunki, uning atrofidagilar ham o‘z hikoyasini aytib bermoqda. Bunday xolatda shovqin-suron bo‘lishi tabiiy. Mashqning ahamiyati ham shunda.
Biroz vaqt o‘tgach pedagog vazifani tugatishni so‘raydi. Tinglovchilardan o‘z partnyorlari qanday hikoyani aytgani so‘raladi. Shovqin- suronda o‘z partnyorining hikoyasini nechog’lik to‘g’ri eshitish, talabaning eshitish qobiliyatini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |