Aktyorlik mahorati


B.Sayfullaev, J.Mamatqosimov. “Aktyorlik mahorati”. T.: “Fan va texnologiya”. 2012



Download 0,88 Mb.
bet214/240
Sana10.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#440986
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   240
Bog'liq
aktyorlik mahorati

B.Sayfullaev, J.Mamatqosimov. “Aktyorlik mahorati”. T.: “Fan va texnologiya”. 2012.


  • SH.S.Hamidova. “Estrada teatri va uning janrlari”. T.: 2009.

  • J.Mahmudov. “Aktyorlik mahorati”. Toshkent: Bilim, 2005. 10.S.Tursunboyev. “Jahon teatri tarixi”. T.: “Fan va texnologiya”. 2008. 11.J.Mahmudov, X.Mahmudova. “Rejissura asoslari”. T.: O‘DSI

    bosmaxonasi. 2008.

    1. ZiyonET 13.http://www.tsic.uz 14.http://www.teatr.ru 15.http://www.uzbekteatr.skm.uz 16.http://stanislavsky.by.ru 17.http://www.aktor.ru 18.http://www.meyerhold.ru 19.http://www.mxat.ru

    Mavzu: Harakat sahna san’ati asosi sifatida


    Reja:



      1. Ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan insonning xolatlari

      2. Organik xatti - harakat

      3. Xatti-harakatlar mantiqi

      4. Maqsadga qaratilgan va ma’noli harakatlar

    Talabani sahnaga chiqarib o‘tkazib qo‘yamiz, u hech narsa qilmaydi, faqat o‘tiradi. Ammo, talaba darrov zaldagi tomoshabinga (maqsadsiz)


    «o‘ynay» boshlaydi. Shu bois saxnada nimaiki sodir bo‘lmasin, hammasi biror maqsadli bo‘lishi kerak. Demak, talaba saxnada tomoshabinga o‘zini ko‘rsatish uchun emas, biror bir maqsad bilan o‘tirish kerak. Misol tariqasida o‘qituvchi zarur mashqni o‘zi ko‘rsatib berishi mumkin. Masalan, u sahnaga chiqib o‘tirib, leksiya daftarini o‘qishi talabalarga nima xaqda ma’ruza qilishni o‘ylashi va o‘rganishi.
    Organik xatti - xarakatni o‘zlashtirish uchun mashqlar: 1 - pog‘ona: Talaba, kursdoshlari va o‘qituvchi oldida oddiy, xayotiy xarakatlarni bajarishi kerak. Masalan: nimanidir yaxshilab ko‘rishi, tamosha qilishi, yaxshilab eshitishi, qidirishi, o‘qib berishi, yodlashi mumkin. Buning uchun turgan joyini o‘zgartirish, bir nimani olish, o‘ziga-o‘zi savol berish ham mumkin. Bunday mashqlar talabani tamoshabindan chalg‘itish va ko‘pchilik oldida tanho bo‘la olishga o‘rgatish uchun qilinadi. Buni teatr tilida tamoshabin olididagi tanxolsh deyiladi.

    1. -pog‘ona: O‘qituvchi bergan xatti - xarakat mazmuniga talaba shart - sharoit topishi xatti-harakat qilishi (Sahnaviy improvizatsiya, ya’ni badiyxa qilishi) talab etiladi. Bunda «Bugun, shu yerda, hozir» deb ishlashi lozim.

    2. pog‘ona: Qaytarish. O‘qituvchi bergan (mashq) vazifani talaba qaytarishi kerak. Qaytariq qilmasdan, har gal yangi jilo, yangi mazmun bilan takror qilish kerak. Faqat etyud-mashqning birlamchiligi xamda improvizatsiya xususiyati yo‘qolmasligi lozim. aks holda, talaba tamonidan xatti - xarakatning haqiqiy jarayoni emas, (Masalan, biror predmetni bekitib qo‘yib, talabaga qidirish vazifasi berilganda) balki, eslab qolingan mezanssena qaytariladi. Bu esa, jarayonning faqat tashqi tomonidan xalos. Buning sababi birinchidan- berilgan vazifani hayotiy talab va maqsad bilan (sahnaviy vazifani o‘zi sezmagan, mohiyatini anglamagan holda) bajariladi. Ikkinchi qaytarishda buyumni qayerda yotganini talaba biladi,bunda xayotiy talab yo‘q va talaba vazifaning mohiyatiga tushunmasdan, tashqi ko‘rsatish bilan bajaradi. Bunday bo‘lmasligi uchun birinchi qidirganda jarayon qanday elementlardan tashkil topganligini (orentirovka, qabul qilish, baxolash , diqqat, mantiq izchillik va x.k.) eslab qolmoq va o‘ziniki qilib olmog‘i darkor.

    Sahnada xatti harakatsiz bir daqiqa ham «yashab» bo‘lmaydi. Drama san’ati, aktyorlik san’ati xatti-harakatga, aktivlikka asoslangan. Drama so‘zi yunoncha bo‘lib, «sodir bo‘layotgan harakat» ma’nosini anglatadi. Lotin tilidagi «aktio», «drama» so‘zi mazmuniga monand. So‘zning o‘zagi esa «akt» u «aktivlik», «aktyor», «akt» shakli va mazmunida
    Yevropa xalqlari tiliga, shu jumlada rus tiliga, u orqali o‘zbek tiliga o‘tgan.
    Sahnada qimirlamay xatti-harakat qilish ham mumkin. Bu tashqi, jismoniy emas, ichki psixologik (ruhiy) xarakat bo‘ladi. Sahnada ham jismoniy, ham ruhiy xatti-harakat bo‘lishi lozim. Talaba uchun mashq - vazifa: («Shleyf»ini so‘zlab bo‘lib). Stol ustida turgan 400 ming so‘m edi. O‘rtog‘ingizni eshikkacha kuzatib uyga kirsangiz pul yo‘q! Qidiring! «Agarda men» - sax_naviy xatti-harakati mazmunli, asosli, mantiqli -- izchil va x_ayotiy bo‘lishi lozim. Bu uchun ushbu «Agarda» ni biz o‘z tasavvurimiz bilan boyitishimiz kerak.
    Hayotda - qanday yurishimizni, qanday o‘tirishimizni, gaplashish, qarashimizni, eshitishimizni xullas hayotda ichki va tashqi harakat qilishimizni unutamiz. Sahnada esa xuddi yosh boladay yurish, gapirish, ko‘rish, eshitishlarning barchasiga qayta o‘rganamiz.
    Xatti-harakat aktivlikka asoslangan. Bu aktivlik saxna xarakatida ko‘rinadi. Rolning joni ham, artistning kechinmasi ham, pesa ichki dunyosi ham aynan xatti-harakatda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz sahnada ko‘rsatayotgan odamlar haqida uning xatti-harakatlari, qilgan ishlari orqali hukm chiqaramiz va ularning kimligini bilib olamiz. Bularga aynan xatti- harakat orqali erishamiz.
    To‘qima sharoitda qanday xatti-harakat qshshshimiz mumkin? Sahlada har doim sehrli «agarda» ni ishlatib xatti-harakat qilish kerak. Masalan, haqiqiy dars ketayapti. Agarda shu dars x,ozir soat 13.00 da emas, kechasi 1.00 da bo‘layapti. Nima uchun? Kim qanday xatti-harakat qilayapti?
    Boshqa mashq. Talaba auditoriya bo‘ylab yursin! Masalan, olma terishi mumkin, olma terayotganda yomg‘ir yog‘ib ketdi. Oqlash kerak. Ustaxonada yurgani uchun xatti-harakat texnikasi o‘zlashtirilgan bois albatta unda savol tug‘iladi: Qachon, qayerda va nega? Unga javob berish kerak.
    Yana bir necha mashq. Masalan, eshikdan kirish, stuldan turish, o‘tirish, partnyor qo‘lini siqish. Hamma xatti-harakat «agarda» va yuqoridagi 3 ta savol bilan vazifalar aniqlanadi. Eshikdan sekin kiring.
    «Nima uchun savolini bering! Eshikdan tez kiring. «Nima uchun savolini bering! Paltoni tez yechib tashlang. Yana o‘sha savolni bering Paltoni nimaga yechayotganingizni ayting oqlang.
    Xatti-harakatlar mantiqi. Mashq boshida mantiq yo‘q. Talabaga vazifa beriladi. Xonaga kirish, oyna oldiga borish va stol tagiga kirib, so‘ng yugurib chiqib ketish. Mexanik tarzda bu mashqni bajargandan keyin, talaba uni badiiy to‘qima bilan «oqlab», mashqni qaytarish kerak. Masalan, «o‘qishdan uyga kelib, oynani ochgan edim, oynadan koptok uchib kirib, stol tagiga kirib ketdi. Men koptokni olib, ko‘chaga yugurib chiqib ketdim».
    Ruhiy va jismoniy tabiatni rivojlantirish uchun aktyor-talaba sahnaviy xatti - harakat elementlari ustida puxta ishlash kerak. YA’ni sezish, eslab qolish, obrazli ko‘rish, tasavvur qilish, shart - sharoitni his etish, mantiqiy - izchil xatti-harakat qila bilish, fikrlash, obe’kt jismoniy va nutqiy ta’sir qila olish, ovoz, nutq va plastik xarakterlik, ritmni his qilish, gruppirovka, mezanssena va boshqalar, shular jumlasidan.
    1 - kurs, 1 - yarim yillikda Gippiusning « Gimnastika chustv» -
    qo‘llanmasi asosidagi mashqlar ustida ishlanadi.

    Download 0,88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   240




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish