Sahna shovqin vositalari
|
-
|
kulislar ortidan teatrda uzoq zamonlardan beri qo‘llanilib
kelinayotgan buyumlar yordamida hosil qilinadigan ovoz va ovoz vositalari (hozirda, ko‘p hollarda musiqa yozuvlaridan foydalaniladi).
|
Sahna shtanketi
|
-
|
sahna kiyimi, dekoratsiyalar va chiroqlar o‘rnatiladigan, sahna
maydoni bo‘ylab cho‘zilgan, kolosniklarga perpendikulyar o‘rnatilgan temir yoki taxtadan yasalgan ko‘tarib-tushiriladigan moslama.
|
Simvol
|
-
|
(ramz) biror g’oya, tushuncha va his-tuyg’ularning shartli
belgilar, ishora, yordamida ifodalanishi (kabutar – tinchlik belgisi).
|
Sofit
|
-
|
sahnani old tomonidan va yuqoridan yoritishga xizmat qiluvchi
bir necha yoritqichlardan tuzilgan osma moslama.
|
Spektakl
|
-
|
teatrning ijodiy jamoasi tomonidan sahnaga qo‘yilgan teatr
tomoshasi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |