Sahna yorug’lik
ta’sir vositalari
|
-
|
sahnada yorug’likning o‘zgarishi orqali va yorug’lik orqali
amalga oshiriladigan (yomg’ir, qor, tuman) ta’sir vositalari.
|
Sahna kolosnigi
|
-
|
shiftga yaqin joyga o‘rnatilgan, shtanketlarni ushlab turuvchi
temir o‘qlar.
|
Sahna kulisi
|
-
|
sahna yon tomoni va cho‘ntaklarini berkitib turuvchi, o‘ng va
chap tomondan osilgan katta-katta to‘g’ri to‘rtburchak shaklidagi dekoratsiya matolari.
|
Sahnalashti-rish
|
-
|
spektakl, tsirk, estrada tomoshalari va film yaratishdagi ijodiy
jarayon.
|
Sahna maydoni
|
-
|
spektakldagi voqealar kechadigan, xatti-harakat qilinadigan joy
bo‘lib sahnaning 2-qavatidir.
|
Sahnaning
1-qavati
|
-
|
planshet ostidagi kenglik, unga planshetdagi lyuklar orqali
tushiladi. Unda spektakllar o‘tishi uchun yordam beruvchi moslama va qurilmalar joylashgan.
|
|