BOG'LIQ YO'L-TRANSPORT HODISALARINI KAMAYTIRISH REDUCTION OF PEDESTRIAN
TRAFFIC ACCIDENTS BY REDUCING THE SPEED OF VEHICLES
Annotatsiya.
Ushbu maqolada avtomobillarning harakat tezligini pasaytirish orqali
piyodalar bilan bog'liq yo'l-
transport hodisalarini kamaytirish haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
avtomobil, harakat, xavfsizlik, piyoda, tezlik,
yo‘l
˗
transport hodisasi.
Annotation.
This article discusses how to reduce pedestrian-related traffic accidents
by reducing the speed of cars.
Keywords:
car, traffic, safety, pedestrian, speed, traffic accident.
Ommaviy axborot vositalarida deyarli har kuni O‘zbekistonning turli hududlarida sodir
bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari haqidagi xabarlar quloqqa chalinadi, achinarlisi, ularning
aksariyati o‘lim bilan yakun topmoqda.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, respublika hududida yiliga o‘rtacha 9
˗
10 ming
yo‘l
˗
transport hodisalari sodir bo‘ladi, ulardan ikki mingdan ortig‘ida insonlar halok bo‘lmoqda.
2018 yilning o‘zida O‘zbekistonda 2 262 nafar kishi YTH qurboni bo‘ldi. Halok bo‘lganlar soni
2017 yilga nisbatan 8,5 foizga kamaygan bo‘lsada (2 473 kishi), bu ko‘rsatkich hamon yuqori -
bir kunda 6 kishi [1].
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, respublikada yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash,
avtotransport boshqarish va avtomobil harakati yo‘llarida piyodalar madaniyatini oshirish
sohasi ham takomillashtirilyapti. 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yo‘l harakati
xavfsizligini ta'minlash Konsepsiyasi qabul qilindi. U normativ
˗
huquqiy bazani
takomillashtirish, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishni maqsad
qilgan [2].
Shunday bo‘lsada, O‘zbekiston shaharlari va aholi yashash punktlarida avtotransport
harakat tezligini 70dan 60 km/s ga pasaytirish to‘g‘risidagi taklif tasdiqlanmadi. Bu taklif
jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan hujjat loyihasida bildirilgan edi.
Xorij tajribasidan shuni aytish mumkinki, dunyoda ruxsat etilgan eng yuqori harakat
tezligi 70 km/s.ni tashkil etgan mamlakatlar ko‘p emas. MDHning qator davlatlari, Armaniston,
Gruziya, Ozarboyjonda aholi yashash punktlarida ruxsat etilgan eng yuqori harakat tezligi 60
km/s hisoblanadi. Ukrainada 2019 yil 1 yanvaridan yo‘llarda o‘lim holatlari sonini kamaytirish
choralaridan biri sifatida maksimal harakat tezligi 60dan 50 km/s.ga kamaytirildi. Yevropaning
29ta mamlakatida harakatlanish tezligi 50 km/s, London shahrida 48 km/s.ni tashkil etadi.
Tadqiqotlarga qaraganda, tezlikni oshirish avariya ehtimoli va uning og‘ir oqibatlari
bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, harakat tezligining bir foizga oshishi yo‘l harakati
ishtirokchilari o‘limi bilan tugaydigan YTH ehtimolini 4 foizga, jiddiy avariya ehtimolini 3 foizga
orttiradi. Mashina urib ketishi natijasida piyodalarning halok bo‘lishi ehtimoli ham keskin
Do'stlaringiz bilan baham: |