Akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti elektron tijorat yo’nalish



Download 153,78 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2022
Hajmi153,78 Kb.
#647656
1   2   3
Bog'liq
Boshqaruv tamoyili 1

ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi. Boshqaruvning psixologik usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.Jamiyatning ma’naviy qadriyatlari ko`p qirrali ekanligidan, alohida shaxslarning didi, dunyoqarashi, axloqiy xulqi va madaniyati ham turlicha bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda, boshqaruvning ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy usullari ham turlichadir. Mehnat jamoalari va guruhlar darajasida boshqaruv usullarini tanlashda jamoani bir butun ijtimoiy tizim sifatida qarab, unga xos bo`lgan jamoaviy axloq etikasi va xatti-harakatlarga, jamoada tashkil topgan psixologik muhitga e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga jamoaning alohida individual shaxslardan tashkil topgani e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
Bozordagi bir xil tipdagi mahsulot va xizmatlar o’rtasida har doim raqobat bo’ladi. Biri sifatli qimmatroq sotsa, yana biri sal arzonroq ammo shu bilan birga sifatsizroq. Bozorga kirmoqchi bo’lgan tadbirkor, ya’ni mahsulot ishlab chiqarib sotmoqchi bo’lgan tadbirkor avvalo kimga, nega kabi savollarga javob izlaydi. Undan so’ng esa o’sha bozordagi raqobatchilarini o’rganadi, qay tartibda ishlab chiqarmoqda, qanchadan chiqarmoqda bozorga hammasini o’rganib chiqadi. Bu bosqichda ular boshqaruvning prognazlash funksiyasidan foydalanishadi. Agar ular vaziyatni to’g’ri baholab, to’g’ri prognozlay olsa bozorga kirishibir muncha onsonroq bo’ladi.

Bozorga kirdi, mahsulotlari yaxshi sotilmoqda, endi boshqaruvchi samaradorlikni oshirish ustida ishlashi kerak boladi. U samaradorlikni oshirish uchun potensial mijozlari o’rtsida turli o’yin yoki kvest kabilarni o’tkassa bo’ladi. Bunda boshqaruvchi asosan eksperiment funksiyasidan foydalanadi, ya’ni oldin mahsuloti ustida bitta loyiha qilib ko’radi, keyin yana boshqacharoq loyiha ya’ni mijozlarni yanayam ko’paytirish maqsadida. Tog’ri qaysidar holatda boshqaruv yo’qotishlarga duch kelishi mumkin, lekin taklif bor joyda talab bo’ladi.


Biz qanday mahsulot taklif qilsak, qay usulda taklif qilsak potensial mijozlar ham shunga qarab ortadi va kamayadi. Shuning uchun biz iloji boricha taklif va talab o’rtasida muvozanat ushlay olishimiz kerak. Bu muvozanat bozor muvozanati deb ataladi.


Bozor muvozanati – iqtisodiy subyektlarni qoniqtiradigan va unga xech qanday o‘zgartirish kiritishni talab etmaydigan bozor xolati.


Talab yoki taklifning narxga ta’sir ko‘rsatmaydigan omilari ta’siri natijasida muvozanatning birlamchi parametrlari o‘zgarishi va yangi darajaga chiqishi mumkin. Erkin sharoitida bozor mexanizmi muvo­zanat shakllangunga qadar narxlar o‘zgarishini ta’minlab turadi. Mu­vo­zanat nuqtasida tovarning defisiti ham ortiqchasi ham, narxlar tomonidan bosim ham bo‘lmaydi. Real bozor sharoitida talab va taklif doimiy ravishda bir-birini taqozo qilib kelmaydi, biroq muvozanatni ta’minlash tendensiyasi mavjud.




Bozor muvozanati barqaror deb tan olinadi, agarda bozor o‘zining ichki omillari evaziga oldingi holatiga qayta oish qobiliyatiga ega bo‘lsa. Bu holatda bozorning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi ishga tushadi. Agar bozor barqaror bo‘lsa, davlat uning faoliyatiga aralashmaydi, agar u izdan chiqsa, davlatning aralashuvi shart va zarur bo‘lib qoladi.


Bozorni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bu yerda asosiy omil vaqt omili qisoblanadi. Vaqt omiliga bo‘yicha muvozanatning turli modellari kelib chiqadi. Masalan, statistik va dinamik modellar.
Talab va taklif omillarini kompleks tadqiq qilish aniq bir tovar yokii xizmatlar bozorining sifatli tahlilini va bozor kon’yunkturasini qisqa va uzoq muddatli kelajakda bashoratlash imkonini beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ixtiyoriy biron faoliyat yuritganda, boshqaruvning ahamiyati juda katta. Ayniqsa bozorda, yana raqobatbardosh bozorda! Boshqaruchi imkoniyat va resurslaridan to’g’ri foydalana olsagina ana o’sha raqobatda turib bera oladi, ya’ni faoliyatni to’g’ri boshqarsa, jarayonni to’g’ri boshqarsa, o’sha boshqaruvning eksperimental, prognozlash kabi funksiyalaridan to’g’ri va samarali foydalana olsa, raqobatchilarini yutib chiqa oladi va mijozlarni o’ziga qarata oladi. Bu esa juda muhim omil!

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati





    1. Fayllar.org

    2. Arxiv.uz

    3. Boshqaruv hisobi B. A. Xasanov, A. A. Xashimov

Download 153,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish