Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko`p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo`llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi.Tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo`lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma’naviy va ma’muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo`ladi.
Iqtisodiy usullar qo`yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o`tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag`batlar va vositalar yig`indisidan tashkil topadi
Ularning mohiyati korxona faoliyatini iqtisodiy ta’sir vositalari (narx, kredit, rejalashtirish, xarajatlar va tannarx, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag`batlantirish va hokazo) orqali boshqarishdir. Iqtisodiy manfaatlar tizimi davlat va jamiyat manfaatlari, jamoa manfaatlari va shaxs manfaatlaridan tashkil topadi. Davlat va jamiyat manfaatlari bilan jamoa hamda shaxs manfaatlari orasida muayyan bog`liqlik mavjud.
Masalan, shaxs birinchi navbatda o`z mehnati natijalarini yuksaltirishdan manfaatdor. Shu bilan birga, u o`zi a’zo bo`lgan jamoaning mehnati natijalarini yuksaltirishdan ham manfaatdor. Chunki, korxona jamoasining yuqori mehnat natijalari xodimning ish haqi darajasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Ammo, jamiyat miqyosida moddiy farovonlikni ta’minlamasdan, uning barqarorligi va xavfsizligiga erishmasdan, alohida olingan bir shaxsning barkamol rivojlanishini tasavvur etib bo`lmaydi. Jamiyat, jamoa va shaxs manfaatlarini uyg`unlashtirish doimo murakkab iqtisodiy vazifa bo`lib kelgan. Buning uchun jamiyatda iste’mol va jamg`arish o`rtasidagi, ish haqi fondi bilan rag`batlantirish fondi o`rtasidagi, foydaning taqsimlanadigan qismi bilan turli zahira fondlariga jamg`ariladigan va taqsimlanmaydigan qismi o`rtasidagi nisbatlarini optimallashtirish talab etiladi. Aynan shu vazifalarni amalga oshirishda boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning
Do'stlaringiz bilan baham: |