Biz harqanday g’oyani, loyihani amalga oshirishdan oldin bu loyiha bizga nima uchun kerak, jamiyatga nima foyda keltiradi va bizga qanday foyda keltiradi degan savolni o’z oldimizga qo’yishimiz va bu savolni javobini topishimiz lozim. Men o’ylaymanki jamiyatga foyda keltirmaydiga biznes uzoqqa bormaydi.
Loyihamning asosiy negizi shundaki bizning yurtimiz xozirgi kunda jadal bozor iqtisodiyotiga o’tib bormoqda, kichik va o’rta biznes, hususuy tadbirkorlikga katta etibor berilgan, shuni inobatga olib sohada faoliyat yuritayotkan tadbirkorlik subektlarining aksar qismi kridit mablag’lari, buxgalterya, huquq, reklama, biznes konstalting, sug’urta kabi ko’plab xizmatlarga muxtoj. Men o’zim tadbirkorlik bilan shug’ullanganim va ko’plab tadbirkorlarni kuzatkanimda ushbu muamolarga yagona yechim topish haqida o’ylay boshladim.
Dema bizga yagona “milliy biznes platforma”si (keyingi o’rinlarda MBP) kerak, deylik bir tadbirkor kridit olish uchun MBP o’z biznes rejasini joylashtiradi va ayni vaqtda biz bilan shartnomada bolgan tijorat banklarining barchasida korinadi, ular loyihani ko’rib chiqishadi va o’z shartlari asosida kriditlarni taklif qilishadi, mijoz mavjut variantlardan eng maqulini tanlaydi va shartnoma imzolaydi. Bu xolatda mijozga nima naf? Mijoz bankga xujat topshirganda uzundan uzun navbat va juda ko’p vaqt yoqotishi, bank rad javobini berganda boshqa bankga murojat qilishdagi ovoragarchiliklardan halos bo’ladi. Eng muhumi mijoz yani tadbirkor banklarning takliflarini solishtrishi va o’zi uchun eng maqulini tanlashi mumkun. Bu holatda bank qanday foyda ko’radi? Banklar MBP bilan qilgan shartnomasiga muvofiq foydadan yillikn ulush oladi.
Tadbirkor avvalo ish boshlashidan oldin sohadagi vaziyatni o’rganishi va malakaliy mutahasisdan yordam olishi kerak. Bunda MBP ning biznes konstalting bo’limiga murojat qilishi kerakli maslahatlarni olishi, lozim bo’lganda biznes trening va o’quv kurslarda bilim olishi taminlanadi.
Tadbirkorlik bilan shug’ullanib yurgan paytlarim buxgalterya hiobotlarini topshirishda ko’plab muammolarga duch kelardim, buhgalter ishga olish esa moliyaviy jihatdan qiyinchilik tug’dirardi, MBP da esa tadbirkor qulay narxlarda va eng assiysi faqatgina bajarilgan ish uchun buxgalrga haq to’laydi.
Tadbirkorlik subektlari faoliyati davomida turliy ko’ngilsiz holatlardan himoyalanmagan va ko’rilgan zararlarni qoplashda sug’urta hizmatlariga ehtiyoj sezadi. Sug’urta bozorida faoliyat yurtayotgan tashkilotlarning soni yurtimizda yetarlicha va albatda ular taklif qiladigan sug’urta shartlari ham turlicha, MBP orqli tadbirkor o’zi uchun qulay sug’urta turini tanlashi mumkun. Sug’urta bislan shug’ullanuvchi tashkilotlar esa mijozlarga ega boladi.
Reklamasiz tadbirkorlikni tasavur qilishning iloji yo’q, bu xizmatni konservativ usulardan qochib maksimal darajada foyda beruvchi zamonaviy usularidan keng foydalanishni taklif qila olamiz.
Tadbirkor faoliyati davrida ko’plab huquqiy muamolarga duch kelishi bu tabiy hol, muamolarni bartaraf etishda tadbirkorlarga mutaxasislar hizmatini taklif qilamiz.
Bazi insonlar tadbirkorlik qilishni hohlashadi va bunga yetarlicha mablag’I ham mavjud bo’ladi lekin ularda g’oya mavjud emas, biz shunday insonlar va o’zlarining zamonaviy start up loyihalarini taklif qiluvchi yolarni manfatli shartlar asosida kelushvga erishishlarida yordam ko’rsatamiz.
Loyihamning asosiy maqsadi va g’oyalari shundan iborat. Hozirda yurtimizda raqamli iqtisodiyotga o’tishga, raqamli tehnalogiyalarni tadbiq qilishga, sohalarni inavatsion g’oyalar bilan boyitishga keng yo’l ochilmoqda. Bu ishlarga davlatimizning, raxbarlarimizning etiborlarini yilning nimidan ham anglashimiz mumkun “ilm-marifat va raqamli iqtisodiyot”
Endi loyixani tadbi qilishdagi asosiy qisimga o’tsak. Loyihaning mijozlar qamrovi bu borada aniq malumotni olish bir muncha qiyinchilik tug’diradi lekin quyidagi jadvalda minimal darajada aniqlik kiritishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |