Aksiz markalarini joriy etish sabablari va ularni qo’llash tartibi



Download 17,55 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi17,55 Kb.
#197053
Bog'liq
shixi 15 s


Reja:

1 Aksiz markalari

2 Aksiz markalari va ularni qo’llashning maqsad va vazifalari

Aksiz markalarini joriy etish sabablari va ularni qo’llash tartibi

Aksiz markalari va ularni qo’llashning maqsad va vazifalari.



O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish, saqlash, tashish va sotish ustidan davlat nazoratini o’rnatish, shuningdek, mazkur tovarlarni yashirin tarzda ishlab chiqarilishi yoxud pinhona olib kelinishining oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga Aksiz markalarini joriy etish tartibi to’g’risida” 1996 yil 14 avgustdagi 285-sonli qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasida 1996 yil 1 oktyabridan boshlab ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, belgilangan namunadagi Aksiz markalari bilan majburiy markalash joriy etildi va ularni O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Aksiz markalarini yopishtirmagan holda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish taqiqlab kuyildi. Aksiz markalarini qo’llashning tartibiga doir 1996 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 275-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga nisbatan Aksiz markalarini qo’llanish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma ishlab chiqildi va bu yo’riqnoma 1999 yilgacha amal qilib keldi. 1999 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999 yil 7 yanvarda 589-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga Aksiz markalarini qo’llash tartibi to’g’risida”gi yangi yo’riqnoma amalga kiritildi. Mamlakatimizda Aksiz tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqarish, import qilish, saqlash, tashish va sotish ustidan davlat nazoratini o’rnatish, shuningdek, Aksiz solig’ini to’liq yig’ib olish, mazkur tovarlarning yashirin tarzda ishlab chiqarilishining yoxud O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishining oldini olish maqsadida Aksiz markalari joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi hududida eksport uchun ishlab chiqarilgan yoki xalqaro tranzit maqsadida olib kelingan, Aksiz markalari bilan markalanmagan Aksiz tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududida sotish taqiqlanadi hamda Aksiz markalarini qalbakilashtirganlik uchun, shuningdek, qalbaki Aksiz markalarini sotganlik uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonuniga muvofiq jinoiy javobgarlik choralari qo’llaniladi. Aksiz tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar Aksiz markalarining zarur miqdorini ularning turlari bo’yicha sotib olish uchun buyurtirilayotgan miqdordagi Aksiz markalarining butun summasini nominal qiymati bo’yicha respublika budjetiga to’laganlaridan keyin ro’yxatga olingan joydagi davlat soliq inspektsiyalariga buyurtma beradilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat soliq boshqarmalari hududlar bo’yicha tushgan arizalarni umumlashtirib, ularni har chorakda rahbariyatning imzosi bilan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga belgilangan muddatda, ishlab chiqaruvchi

korxonalar o’zlari buyurtirgan miqdordagi Aksiz markalarining nominal qiymatini to’laganliklarini tasdiqlovchi hujjat bilan yozma shaklda taqdim etadilar. Kelgusi yil uchun ariza bir yilga choraklar bo’yicha taqsimlangan holda beriladi. Importchilar uchun, shu jumladan, Aksiz tovarlarni O’zbekiston Respublikasiga olib kelayotgan jismoniy shaxslar o’zlarining arizalarini Davlat bojxona qo’mitasining Korakalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy organlariga topshiradilar. Bunday organlar taqdim etilgan arizalar asosida yuqorida tilga olingan tartibga o’xshash tarzda Aksiz tovarlar uchun Aksiz markalariga yig’ma arizani tuzadilar va yozma ravishda rahbariyatning imzosi bilan Davlat bojxona qo’mitasiga taqdim etadilar. Kelgusi yil uchun ariza umuman bir yilga choraklar bo’yicha (yoxud importchilarning tegishli kontraktlari bo’yicha) taqsimlangan holda beriladi. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida Aksiz markalarini bosib chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish Davlat soliq qo’mitasi hamda Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Aksiz markalarini sotish davlat soliq inspektsiyalari va Davlat bojxona qo’mitasining Qoraqolpog’iston Respublikasi, viloyatlar va toshkent shahar hududiy organlari tomonidan Agrobankning mintaqaviy bo’linmalari orqali ana shu markalarni sotib olish uchun hisob-kitob arizaga ko’ra amalga oshiriladi. Aksiz markalari Agrobankning hududiy bo’linmalari tomonidan quyidagilarga beriladi:  tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni mahalliy ishlab chiqaruvchilarga - Aksiz markalarining nominal qiymatini to’lagandan sung;  tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni import qiluvchilarga – Aksiz markalarining nominal qiymatini va to’liq miqdorda Aksiz solig’ini to’lagandan sung. Ishlab chiqaruvchilar va importchilar Aksiz markalarini nominal qiymati bo’yicha sotib olayotganligidan tushadigan pul mablag’lari respublika budjetiga kiritiladi va Aksiz solig’ini to’lashda Aksiz markalarining qiymati hisob-kitobga kiritilmaydi Aksiz markalarining nominal qiymati “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining hisob-kitoblari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Aksiz markalarining ishlab chiqarishga doir harajatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ularning nominal qiymati doirasida respublika budjeti mablag’lari hisobidan koplanadi. Aksiz markalarini olish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalar va Aksiz tovarlarni import qiluvchilar Davlat soliq inspektsiyasiga yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organlariga 3 nusxada ariza-hisob-kitobni taqdim etadilar. Ariza-hisob-kitobnining birinchi va ikkinchi nusxalari Davlat soliq inspektsiyasi yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organining “Aksiz markalari uchun haq to’langan” degan shtampi bosilgan va Davlat soliq inspektsiyasi yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organi mas’ul shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan holda xaridorga qaytariladi. Uchinchi nusxasi qayd etish va nazorat qilish uchun Davlat soliq inspektsiyasida yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organida qoladi. Davlat soliq inspektsiyasining yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organining xodimi Aksiz markalarini sotib olish uchun ariza hisob-kitobni qabul qilish paytida xaridorni maxsus jurnalda ro’yxatga oladi. Ariza-hisob-kitobdan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar va importchilar mablag’lar respublika budjetiga o’tkazilganligini tasdiqlovchi to’lov hujjatini Davlat soliq inspektsiyasiga yoki Davlat bojxona qo’mitasining hududiy organiga taqdim etadilar. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’lgan va lekin bankda hisobvarag’i bo’lmagan jismoniy shaxslar (importchilar) Aksiz markalari uchun respublika budjetiga o’tkazish maqsadida Agrobankning tegishli hududiy bo’linmalariga naqd pul mablag’larini to’laydilar. Import bo’yicha keltirilayotgan Aksiz tovarlarni Aksiz markalari bilan markalash importchilar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining Aksiz markalari bilan markalanmagan Aksiz tovarlarni O’zbekiston Respublikasi hududida sotib olish va sotish man etiladi.
Download 17,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish