ARENDA - ijara (q).
ARALASH KORXONALAR - turli mulk shakllariga taalluqli firmalar bo'lib, odatda davlat, jamoa va xususiy mulkning aralash mablag'lari asosida tashkil etiladi.
ARALASH MULK - bu turli shakldagi mulklarning o'zaro qo'shilib, hamkorlikda o'zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko'rinishi aksionerlik jamiyatlardir.
AUDIT - 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A.). 2) aksionerlik jamiyatining taftish hay'ati (ichki A.)
AUDITOR- revizor-taftish o'tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiruvchi, taftish o'tkazuvchi shaxs.
AUKSION - (lat.auction)- «kim oshdi» savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo'yicha ko'targan xaridor sotib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |