SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV Bu yerda:
EBIT – foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda;
I – qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari);
T – foyda soligʻi stavkasi;
DA – amortizatsiya;
DIV – mulkdorlarga dividend toʻlovlari.
Yuqoridagi formuladan koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida amalga oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi.
Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi. Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari.Korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz mablagʻlarini shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq. MChJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim. MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav kapitaliga oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak. Agarda MChJ faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart.2 Naqd pul yoki naqd pulda ma’lum bir bahosiga ega boʻlgan boshqa mol-mulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qoʻshiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgandan soʻng ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- jamiyatning mol-mulki hisobiga;
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan holda korxona ixtiyorida qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak. Agar MChJ ta’sis hujjatlarida ustav kapitalida boshqa shaxslarning ishtiroki taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa shaxslarni jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizalari asosida jamiyatning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin. Bu borada ham qaror qabul qilishda hissani qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi. Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasida ifodalanadi. Muomalaga chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, imtiyozli aksiyalarni ham joylashtirish imkoniyatiga ham egalar. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 400 ming AQSh dollariga teng summadan kamni tashkil etmasligi kerak. Jamiyatning ustav kapitalini jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.Shu oʻrinda boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali boʻyicha ham minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq.
Aksiyaning nominal qiymati – aksiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan qiymati.
Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi
lozim. Aksiyalar egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib,ular turiga ko‘ra oddiy va imtiyozli bo‘lishi mumkin.
Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik
yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyani
egasi – aksiyador deb yuritiladi.
Aksiyador– aksiyaning egasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi bo‘lib, ular egasiga dividendlar olish, buni
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish
huquqini beradi. Aksiya egalariga dividendlarni, shuningdek, jamiyat tugatilganda
aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir.
Imtiyozli aksiyalar o‘z egalariga jamiyat foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan
qat’i nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
oddiy aksiya
– dividendni qo‘yilgan mablag‘ga mutanosib ravishda taqsimlash imkonini beruvchi aksiya.
– aksiyadorlik jamiyati dividendi va mol-mulkini taqsimlashda oddiy
aksiya egasiga nisbatan ustunlik beruvchi aksiya.
Katta hajmdagi mablag‘ni osonlik bilan jamlay olishi. Chunki buning uchunyetarli miqdordagi aksiyani chiqarish kifoya Aksiyadorlar sonining ko‘pligi
jamiyat faoliyatini mulkdorlar tomonidan boshqarilishni qiyinlashtirishi.
Shunga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv kengashi tashkil etiladi va direktor tayinlanadi
Aksiyadorlik jamiyati joriy faoliyatini boshqarish shartnoma asosida boshqatijorat tashkiloti – ishonilgan boshqaruvchiga topshirilishi mumkin bo‘lgan biznesning yagona shakli ekanligi, Asosiy faoliyat yoki boshqaruvga oid biron-bir qarorni qabul qilish uchun uning aksiyadorlar yig‘ilishida muhokama qilinishimazkur jarayonning cho‘zilishiga olib keladi
Aksiyadorning boshqaruvda ishtirok etish imkoniyati u ega bo‘lgan aksiyalar turiga bog‘liqligi, Oddiy aksiyalar ovozga ega hisoblanadi va o‘z egasiga
dividendlar olish, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi
Imtiyozli aksiyalar esa o‘z egalariga, birinchi navbatda, dividendlarni olishgahamda AJ tugatiladigan taqdirda aksiyaga tikkan mablag‘larini olishda ustunlik beradi
Imtiyozli aksiyalar jamiyat daromadi boryo‘qligidan qat’i nazar, ma’lum bir
ma’lum bir dividendlar olish huquqini ham taqdim etadi
Aksiyadorlarga e’lon qilingan dividendlar qonun hujjatlariga muvofiq buni
soliqqa tortiladi. Aksiyalarni sotishda jismoniy yoki yuridik shaxs uchun
solinadigan daromad solig‘i to‘lanadi. Daromad solig‘i aksiyani xarid qilish vasotish orasidagi farqdan hisoblab chiqiladi. Aksiyador, shuningdek, jamiyatdanuning aksiyalarini xarid qilishni so‘rash bilan biznesni tark etishi mumkin.
Bu kabi masalalar esa, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish vakolati berilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.Qo‘shimcha aksiyalar e’lon qilingan jamiyat ustavida belgilangan aksiyalarning soni doirasidagina jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.Jamiyatning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o‘zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.Jamiyatning ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish to‘g‘risidagi qarorda joylashtiriladigan qo‘shimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan bo‘lishi kerak.Jamiyatning ustav kapitalini aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat jamiyatning o‘z kapitali hisobidan amalga oshiriladi. Ustav kapitalini qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan oshirish esa jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning o‘z kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Ustav kapitalini aksiyadorlik jamiyatining o‘z kapitali hisobidan qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirishda bu aksiyalar barcha aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli bo‘lsa, ayni o‘sha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ustav kapitalining oshirilishi natijasida ko‘paytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan bo‘lsa, jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.Aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.Aksiyalarini joylashtirish chog‘ida ularga haq to‘lash pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek, pulda ifodalanadigan bahoga ega bo‘lgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) orqali amalga oshiriladi. Jamiyatni ta’sis etish chog‘ida uning aksiyalariga haq to‘lash tartibi jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasida yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash esa, ularni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilab qo‘yiladiJamiyatning qo‘shimcha aksiyalariga ushbu aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddati ichida haq to‘lanishi lozim.Jamiyat ustavida aksiyalar haqini to‘lash majburiyatini bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) undirish nazarda tutilishi mumkin.Jamiyatni ta’sis etishda aksiyalarga to‘lanadigan haq sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalanadigan bahosi muassislar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq chiqariladi.Agar jamiyatning puldan o‘zga vositalar bilan haqi to‘lanayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida kiritilayotgan mol-mulkning pulda ifodalangan bahosi baholovchi tashkilot tomonidan chiqarilishi zarur.Aksiyadorlik jamiyatlari ustavida nazarda tutilgan, ammo uning ustav kapitalining o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga yetguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Zaxira fondi boshqa mablag‘lar mavjud bo‘lmagan holatda aksiyadorlik jamiyati zararlari o‘rnini qoplash, korporativ obligatsiyalarni muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo‘ljallanadi.
Investitsiyaga talabdan kelib chiqqan holda 3aksiyadorlik jamiyatlari ochiq yoki yopiq tartibda qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirishni amalga oshirishlari mumkin. Quyida 2015-2021 yillar davomida faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni va aksiyalar emissiyasi hajmi keltirilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, imtiyozli aksiyalarni ham joylashtirish imkoniyatiga ham egalar. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak.