5. «G‘ariblik bir darddir, odam o‘ldirmas, O‘ldirmas ha-
yotda, lekin kuldirmas» misralarining ma’nosi va ifoda
yo‘sinini izohlang.
6. She’rning so‘nggi bandida shoirning faxriyasi aks etgan
o‘rinlarni sharhlang.
7. «Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi» misrasini sharh-
lang. Bu satrning sarlavhaga chiqarilgani sababini izoh-
lashga urining.
SHOIR BO‘LSANG, XABAR BER
(Turdi shoir bilan aytishuv)
Maxtumquli: U nimadir, qizil va ko‘k o‘sadi?
U nimadir, oyog‘i yo‘q bosadi?
U nimadir, yetti daryo kezadi?
Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!
Turdi shoir: U ekindir – qizil va ko‘k o‘sadi,
U ilondir – oyog‘i yo‘q bosadi,
U baliqdir – yetti daryo kezadi,
Bizdan salom bo‘lsin, javobimiz shu!
Maxtumquli: U nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?
U nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?
Do'stlaringiz bilan baham: |