80
Duradgorlik buyumlarining sirtini pardozlash va
detallarni konstruksiyalash. Buyumlar yuzasiga
qoplamalar yopishtirish
G‘o‘la yog‘ochdan yupqa qatlam shaklida shilib olingan
yupqa list materiallar
shpon deb ataladi. Ularning qalin-
ligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘ladi.
Shponlarni ustma-ust,
tolalarini o‘zaro perpendikular holda yopishtirishdan hosil
bo‘lgan qatlam
faner deyiladi. Tayyorlash usuliga ko‘ra shi-
lingan, randalangan, yo‘nilgan va yelimlangan fanerlar
bo‘ladi.
Randalangan faner eman, chinor, yong‘oq, zarang,
shumtol, qarag‘ay g‘o‘lalaridan tayyorlanadi. Bunday fanerlar
xunuk teks turali yumshoq yog‘ochlardan yoki qayindan yasal-
gan va DSP, ya’ni yog‘och qipiqlardan presslab tayyorlangan
buyumlar yuzasini qoplash uchun (pardoz sifatida) ishlatiladi.
Ularning qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 va bo‘yi 1000 mm
bo‘ladi. Umuman faner listlarning o‘lchamlari turiga, ishla-
nish usuliga
va sortiga qarab har xil, masalan, eni 1525 mm,
bo‘yi 1830 va qalinligi 12 mm gacha bo‘ladi.
Yelimlangan faner bir-biriga yelimlab yopishtirilgan 3 tadan
15 tagacha toq sonli shponlardan iborat bo‘lib, oqsilli ye-
lim bilan yopishtiriladi. Fanerlarning o‘zi esa buyumga BF
markali, albumin, kazeinli yelimlar bilan yopishtiriladi.
Fanerlar markalariga ko‘ra FK va FBA fanerlarga bo‘linadi.
Faner ikki tomoni bir xil mustahkam material bo‘lib, taxta-
larga
qaraganda kamroq tob tashlaydi, yelimlab yopishtiril-
ganda yoki shpilkalar bilan tortib mahkamlanganda tob tash-
langan joylari to‘g‘rilanadi. U ortiqcha yorilmaydi, mavjud
yoriqlari orqa tomoniga o‘tmaydi.
Faner qa
yishqoqligi uchun
oson egiladi va tashishga ham qulay. Ana shu jihatlari bilan
u yog‘och taxtalardan afzaldir.
Pardozlash ishning so‘nggi jarayoni bo‘lib, unda alohida
detallar yoki umuman buyumning sirti chiroyli qilinadi, nam-
81
likka
chidamliligi oshiriladi, hasharotlardan saqlash uchun
unga tegishli as
boblar yordamida ishlov beriladi.
Yog‘och nam havo ta’sirida tez ishdan chiqadi. Shuningdek,
unga chang, shamol va hasharotlar ham yomon ta’sir
ko‘rsatadi. Namiqqan yog‘och quriganidan so‘ng qiyshayadi,
yoriladi, uning yoriqlariga chang to‘planadi. Natijada, buyum
ifloslanadi va tez buziladi. Bo‘yalgan va loklangan buyum-
larning ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, ularni toza saqlash oson-
lashadi. Bunday buyumlar noqulay
sharoitda ham kamroq
zarar lanadi.
Pardozlashning sirtlarni jilvirlab ishlov berish, sirtlarni
guldor qi
lish, kuydirish, ranglar surtish, loklash va bo‘yash
kabi turlari bor.
Sirtlarni pardozlashdan oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri
chiziqli
ligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir
qirralarni
hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan
ishlov berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: