57-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining majburiyatlari Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi:
Oldingi tahrirga qarang. qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda investorlarning yoki qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar o‘tkazishi va qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi;
davlat boshqaruvi organlaridan hamda qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilaridan investorlarning va qimmatli qog‘ozlar egalarining huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi, bundan axborotning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
(57-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning 50-moddasi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritishi;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1911, 25.02.2009-y.) IV bobi (“Reyestrni shakllantirish tartibi”). Oldingi tahrirga qarang. o‘z vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning yozma so‘rovlariga qonunchilikka muvofiq asoslantirilgan javob berishi;
(57-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” (yangi tahriri)gi Qonuni. qimmatli qog‘ozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida jamoatchilikni xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
(57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)