Qimmatli qogozlar – hujjatlar bo’lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz majburiyatlarini tasdiqlaydi, dividentlar yoki foizlar ko’rinishida daromad to’lashni hamda, ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. QQlarga aksiya, obligatsiya, g’azna majburiyatlari, deposit sertifikatlari, qq ning xosilalari va veksellar kiradi.
Aksiya - o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz; turlari: oddiy, imtiyozli, oltin aksiyalar (AJ to’g’. qonun)
Obligatsiya - emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi; turlari: birja ob-yasi, davlat ob-yasi, infratuzilma, korporativ ob-siyalar, xalqaro ob-siya.
Farqlari: aksiya – faqat AJ tomonidan chiqariladi, egasi dividend oladi, jamiyatni boshqaruvida ishtirok etish va tugatilganda ulushini olish huquqi bor.
Obligatsiya – emitenti davlat, AJ, MCHJ, QMJ, davlat ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi subyektlar; qarz majburiyatini yuzaga keltiradi, investor foiz olishi mumkin.
Kazusga ko’ra, fuqaro Karimov tashkil qilgan yuridik shaxs shakliga ko’ra MChJ bo’lib, Fk ning 62-moddasida ta’rif berilgan(…). “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi qonunga ko’ra, MChJ shaklidagi yuridik shaxs qimmatli qog’ozlardan obligatsiya chiqarish huquqiga ega hisoblanadi. Ya’ni, AJ sifatida qayta tashkil etilmasdan turib aksiya chiqarishi mumkin emas. Shu tariqa, fuqaro Karimov ham kazusga ko’ra, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida qarz jalb qila boshlagan ya’ni, u obligatsiya chiqarishini boshlagan. Yuqorida keltirilgan qonunning 3-moddasiga ko’ra, MCHJ korporativ obligatsiya chiqarish huquqiga ega va uning tartibi 6-moddada belgilangan. ya’ni: Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi o‘z kapitali miqdori doirasida. Agar korporativ obligatsiyalar summasi emitentning o‘z kapitali miqdoridan oshsa, emitent oshgan summa uchun ta’minot berishi shart;
so‘nggi bir yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan emitentlar tomonidan;
obligatsiyalar chiqarilishidan oldingi bir yil uchun moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi mavjud bo‘lganda;
investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Bundan tashqari, “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish QOIDALARI” V-bobi “obligatsiyalarni chiqarish” da belgilangan. fuqaro Karimov bu qoidalarga rioya etmagan, tegishli ravishda obligatsiyalarni chiqarib davlat ro’yxatidan o’rkazmagan holda qarz mablag’larini jalb qilgan.
Fuqaro Karimov, qonunga va yuqorida keltirilgan qoidalarga asosan ovligatsiya chiqarishi va davlat ro’yxatidan o’tkazib keyin shunga asosan investorlarni jalb qilishi kerak edi.
Fuqaro Karimovga tegishli MCHJ hali AJga aylatirilmaganlifi sababli aksiya chiqarishda emitent bo’la olmaydi aksincha yuqoridagi qoidalar bo’yicha korporativ obligatsiya chiqarish huquqiga ega.
Qimmatli qogozlarni chiqarish va davlat ro’yxatidan o’tkazish – “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish QOIDALARI”da belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |