10-modda. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im Oldingi tahrirga qarang. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning dastlabki chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yig‘im to‘laydi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son) Oldingi tahrirga qarang. Ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi huzuridagi Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yig‘im to‘laydi.
(10-moddaning ikkinchi qismi 2021-yil 14-yanvardagi O‘RQ-666-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son) LexUZ sharhi Qarang: “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari”ning (ro‘yxat raqami 2000, 30.08.2009-y.) XII bobi (“Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini va (yoki) ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishiga doir o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im”). Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im quyidagi hollarda undirilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang. aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan emissiya risolasi asosida chiqarilgan taqdirda;
(10-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son) infratuzilma obligatsiyalari va opsion chiqarilgan taqdirda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
1-казус
Фуқаро Каримов 10 йилдан буён тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланади. Фуқаро Каримов томонидан ташкил этилган “Нур” масъулияти чекланган жамият ишлаб чиқариш соҳасида фаолият юритади. Фуқаро Каримовга бир таниши бизнесини кенгайтириш ва машаққатли бизнесдан енгил пул топиш мумкин бўлган тадбиркорлик фаолиятига ўтишни маслаҳат беради. Маслаҳатга кўра, фуқаро Каримов оммавий қарз олиш учун облигациялар чиқариши ва масъулияти чекланган жамиятни акциядорлик жамиятига айлантириш лозим бўлади. Дастлаб, фуқаро Каримов яқин танишларидан қийматини кўпайтириб қайтариб бериш шарти билан 100 миллион сўм миқдорида қарз жалб этади ва ушбу вазифа муваққиятли бажарилади. Натижада, ҳар хил инсонлар ўз маблағларини кўпайтириш мақсадида фуқаро Каримовга олиб келиб бера бошлайдилар. Фуқаро Каримовнинг ходимларни мазкур пулларни қабул қилиб, маблағ эгаларига қимматли қоғоз сифатида ҳужжатли облигация ва акциялар берган. Ушбу облигация ва акцияларнинг ҳисоби фуқаро Каримов ходимлари томонидан юритиб борилган ҳамда ўз вақтида фоизлар ва дивидентлар тўлаб берилган. Давлат солиқ хизмати ходимлар ушбу ҳолатдан хабар топиб, фуқаро Каримовга молиявий пирамида ташкил этиш айбини қўядилар. Фуқаро Каримов ушбу айбловни рад этиб, фаолият “Қимматли қоғозлар бозори тўғрисида”ги қонунга мувофиқ юритилаётганлигини билдиради.
Саволлар:
Қимматли қоғозлар моҳияти ва турлари тўғрисида маълумот беринг.
Облигация ва акциянинг фарқли жиҳатларини тушунтириб беринг.
Ушбу ҳолатда фуқаро Каримов тўғри йўл тутган деб ҳисоблайсизми?
Агар аксинча бўлса, фуқаро Каримовга қандай маслаҳатлар берасиз.
Фуқаро Каримовга тегишли “Нур” акцядорлик жамиятини эмитент деб ҳисоблаш мумкинми?
Қимматли қоғозларни чиқариш ва давлат рўйхатидан ўтказиш тартибини тушунтиринг.