Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida (yangi tahriri) 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha nizolashish



Download 280,98 Kb.
bet51/154
Sana18.04.2022
Hajmi280,98 Kb.
#561432
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
Bog'liq
qimmatli qog\'ozlar

89-modda. Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha nizolashish
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim bo‘yicha jamiyat aksiyadori mazkur bitimni ma’qullash haqida qabul qilingan qarordan norozi bo‘lgan yoxud aksiyador qaror qabul qilinishida ishtirok etmagan taqdirda nizolashishi mumkin.
Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitim haqida direktor (boshqaruv raisi) tomonidan imzolangan tegishli axborotni:
affillangan shaxs bilan tuzilishi kutilayotgan bitim tarafi yozma bildirishining;
bitimni o‘rganish natijasi bayonnomasining;
bitimni ma’qullash to‘g‘risida qabul qilingan qarorning;
tegishli shartnomaning, agar u tuzilgan bo‘lsa, ko‘chirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma shaklda taqdim etishi shart.
Jamiyat aksiyadorning talabiga ko‘ra aksiyadorga affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimga taalluqli bo‘lgan boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, aksiyador o‘sha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yoxud aksiyador nomidan da’vogar bo‘lib chiqishga haqli bo‘lgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatning besh foizdan kam bo‘lmagan ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lsa, o‘sha bitimni tuzishga doir talablar buzilishining mavjud belgilarini o‘rganish uchun mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli. Sud tomonidan bitim tuzishga doir talablar buzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, jamiyat sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran bir oy muddatda aksiyadorning auditorlik tashkilotini jalb etishga doir xarajatlarining o‘rnini mazkur xizmatlarning bozor qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplashi shart.
(89-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi O‘RQ-760-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.03.2022-y., 03/22/760/0249-son)
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi hollarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
ushbu Qonunda bitim tuzish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilmaganda;
bitimni jamiyat uchun zararli deb topishga doir asoslar mavjud bo‘lganda;
bitimni tuzishda manfaatlar qarama-qarshiligi mavjud bo‘lganda;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lganda.
Affillangan shaxs bilan tuzilgan bitim quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas:
affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorning ovoz berishi aksiyadorlarning ushbu bitimni ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilingan umumiy yig‘ilishida uning ishtirok etishidan yoki ishtirok etmasligidan qat’i nazar, ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsatmasa;
mazkur bitimning tuzilishi jamiyatga yoki da’vo bilan sudga murojaat qilgan aksiyadorga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganligi yoki zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi isbotlanmagan bo‘lsa;
mazkur bitim bo‘yicha zararlar bitim taraflarining harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning (fors-major holatlarning) natijasi bo‘lganligi isbotlangan bo‘lsa;
mazkur bitimning ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda keyinchalik ma’qullanganligi dalillari ishni sudda ko‘rib chiqish paytida taqdim etilgan bo‘lsa.

Download 280,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish