Aksiyadorlik jamiyatlari tamonidan moliyaviy resrslarni mobilizatsiya qilish masalalari


AKSIADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA



Download 28,22 Kb.
bet4/4
Sana28.04.2022
Hajmi28,22 Kb.
#588867
1   2   3   4
Bog'liq
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TAMONIDAN MOLIYAVIY RESRSLARNI MOBILIZATSIYA QILISH MASALALARI

AKSIADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO'G'RISIDA
(Ơzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 61-modda; 1997 y., 2-son, 56-modda; 1998 y., 3-son, 38-modda; 9-son, 181-modda; 1999 y., 9-son, 229-modda; 2001 y., 1-2-son, 23-modda; 2003 y., 1-son, 8-modda; 9-10-son, 149-modda; Ơzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tơplami, 2006 y., 14-son, 110-modda; 2007 y., 29-30-son, 297-modda, 50-51-son, 506-modda, 514-modda, 52-son, 533-modda; 2008 y., 39-son, 392-modda)
I BƠLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish tơğrisidagi qonun hujjatlari
Aktsiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan boğliq munosabatlar ushbu Qonun hamda Ơzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Qishloq xơjaligi, bank, investitsiya va suğurta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish choğida aktsiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining ơziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qơshimcha maъlumot uchun qarang: Ơzbekiston Respublikasi Er kodeksi 49-moddasining uchinchi qismi, Ơzbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tơğrisida»gi, «Suğurta faoliyati tơğrisida»gi, «Banklar va bank faoliyati tơğrisida»gi, «Investitsiya faoliyati tơğrisida»gi, «Qishloq xơjaligi kooperativi (shirkat xơjaligi) tơğrisida»gi qonunlari. Shuningdek qarang: Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 4 martdagi PF-1939-sonli «Fond bozorini yanada rivojlantirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aktsiyadorlik jamiyatlarini qơllab-quvvatlash chora-tadbirlari tơğrisida»gi Farmoni, Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi 285-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat korxonalarini qayta ơzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalarini rơyxatdan ơtkazish va muomalaga chiqarish tartibi tơğrisida»gi nizom, Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 iyuldagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki bơlgan obъektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi tơğrisida nizom va Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 sentyabrdagi 410-sonli «Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tơğrisida» qarori.
2-modda. Aktsiyadorlik jamiyatining huquqiy holati
Ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan xơjalik yurituvchi subъekt aktsiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish choğida huquqlarga ega bơladi va majburiyatlarni ơz zimmasiga oladi.
Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va ơzining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bơladi, ơz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda daъvogar va javobgar bơlishi mumkin.
Jamiyat davlat rơyxatidan ơtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qơlga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bơlsa, cheklanmagan muddatga tuziladi.
Jamiyat belgilangan tartibda Ơzbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir.
Banklar tomonidan mijozlarga milliy va xorijiy valyutada bank hisobvaraqlarini ochish, ularni qayta rasmiylashtirish hamda yopish tartibi Ơzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlangan «Ơzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari tơğrisida»gi yơriqnomada belgilangan (rơyxat № 1080, 10.11.2001 y.).
Jamiyat ơzining firma nomi davlat tilida tơliq yozilgan hamda joylashgan manzili kơrsatilgan yumaloq muhriga ega bơlishi lozim. Muhrda ayni paytning ơzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham kơrsatilishi mumkin.
Jamiyat ơz nomi yozilgan shtampi va blankalariga, ơz timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda rơyxatdan ơtkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa ơz belgi-alomatlariga ega bơlishga haqlidir.
Qơshimcha maъlumot uchun qarang: Ơzbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat kơrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari tơğrisida»gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va taъsis hujjatlarida kơrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shuğullanishi mumkin. Jamiyat muassislari taъsis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab ơtishga haqlidir.
(2-modda Ơzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga muvofiq sakkizinchi qism bilan tơldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 23-modda)
3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili
Jamiyat ơz firma nomiga ega bơladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning ơzida jamiyat xohishiga kơra boshqa tillarda ơzining tơliq va qisqartma nomlariga ega bơlishga haqlidir.
Download 28,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish