2.Teskari kuchlanish – bu diodga manfiy yarim davrda qo‘yilgan kuchlanish. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich uchun:
Uтес.т =3,14*U0
Bunda: Utes.m - teskari kuchlanishning maksimal qiymati.
Demak, diodlarni tanlashda ularning teskari kuchlanish 3,14*Uo dan katta bo‘lishi shart (Utes.m >3,14*Uo ). Agar kerakli diod topilmasa bir necha diodlarni ketma-ket ulash mumkin.
3.To‘g‘irlangan tok qiymati. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagich uchun:
Io =0,318*I2m
Bunda: I2m – tokning maksimal qiymati;
Io –to‘g‘rilangan tokning qiymati.
To‘g‘rilagichlarni hisoblaganda quyidagi shart bajarilishi kerak:
I0 д I diod uchun ruxsat etilgan tok.
Agar tanlangan diod uchun bu shart bajarilmasa bir nechta diodlarni parallel ulashga to‘g‘ri keladi.
4. Pulslanish koeffitsiуenti (to‘g‘rilagichning eng muhim pulslanishi)
Кн =U1m /U0
Bunda: U1m - –to‘g‘rilangan kuchlanishning birinchi garmonikasi maksimal qiymati. Bitta yarim davrli to‘g‘rilagichning pulslanish koeffitsiуenti juda katta.
Kp - –,57. Bu to‘g‘rilagichning eng katta kamchiligi hisoblanadi.
Lekin bunday kuchlanish bilan chug’lanma lampasini ta’minlash mumkin, bu unga foyda keltiradi, chunki uni hayotiy faoliyatini oshiradi. Lampaning tolasi inertsionligi sababli, milt milt o’chishi sezilmaydi, u hatto sovushga ham ulgurmaydi.
Agarda bunday kuchlanishga qabul qilgichni yoki quvvat oshiruvchi moslamani ulasak, kolonkalarda 50 Гц chastotali, o’zgaruvchi tokning foni deb aytiladigan, shovqin eshitamiz. Nagruzkadan o’tganda pulsatsiya beruvchi tok, fon manbai bo’lgan, pulsatsiya beruvchi kuchlanish yaratadi.
Bu kamchilikdan, nagruzkaga parallel holda katta nominalning filtrlovchi sig’imini Сфulab, oson xalos bo’lsak bo’ladi.
3.4 – rasm. Nagruzkaga parallel ulangan kondensator sxemasi
Sig’im, musbat yarmdavrlar vaqtida zaryadlanib, manfiy yarmdavrlar vaqtida nagruzkaga elektrsizlanadi.
Kondensator bo’lmaganda R nagruzkada pulsatsiya beruvchi kuchlanish kuzatiladi. Umumiy simga nisbatan U2 musbat bo’lgan vaqtda, diod to’g’ri yo’nalishda siljiydi va musbat yarimto’lqinni nagruzkaga yuboradi.
U2 manfiy bo’lgan vaqtda, diod teskari yo’nalishda siljiydi, u orqali tok o’tmaydi va nagruzkada nolga teng kuchlanish shakllanadi.
Keyingi musbat yarimto’lqin nagruzkaga boradi. Pulsatsiya beradigan kuchlanishni deyarli doimiy kuchlanishga o’zgartirish uchun tekislovchi filtrlardan foydalaniladi.
Oddiy filtr – kata sig’imli elektrolitik kondensantor. Bunda pulsatsiya amplitudasi iste’mol qilinuvchi tokga va sig’imi C*ΔU=I н *T , bunda T – ikkita musbat yarimto’lqinlarning orasidagi vaqt, bo’lgan kondensatorga bog’liq. Chastotasi 50 Гц ga teng bo’lgan setda, bitta yarimdavrli to’g’rilagich uchun oraliq 20мсga teng.
To’g’rilagichning faoliyati unchalik unumli emas, chunki u faqatgina o’zgaruvchi tok to’lqinining yarim quvvatidan foydalanadi, shuning uchun unga FIKning yarimi behuda ketadi. Bunday to’g’rilagichlar bitta yarimdavrli deb nomlanadi.Ularning kamchiliklari, ikkala yarimdavr davomida tok o’tkazish imkonini beradigan, ikkita yarimdavrli to’g’irlagich sxemalari yordamida yoqotilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |