Aksiologiya qadriyatlar falsafasi haqida


Falsafa dunyoqarash shakli



Download 105,64 Kb.
bet15/19
Sana24.06.2022
Hajmi105,64 Kb.
#698837
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
aksiologiya qadriyatlar falsafasi haqida

18.Falsafa dunyoqarash shakli. Falsafaning predmeti va uning o’zgaruvchan Dunyoqarashning mohiyati. Insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi shakllangan, to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z yuritish mumkin. Keng ma’noda, dunyoqarash - insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘zo‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir. SHu tariqa ta’riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va qoidalarni ta’riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi. Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzot va jamiyat evolyusiyasini jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi hamda pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy belgi sifatida amal qiladi. Dunyoqarashda ijtimoiy muhitning roli. Aql paydo bo‘lishi bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va o‘zgalar 75 haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. SHu tariqa u o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni farqlaydi, ilgari o‘ziga ma’lum bo‘lmagan dunyoning yangi jihatlarini idrok etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi. Bunda inson o‘ziga ma’qul va noma’qul narsalarni farqlaydi, baholar beradi, ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda ish ko‘radi. Nemis ekzistensialist-faylasufi M.Xaydegger (1889-1976) fikriga ko‘ra, «dunyoqarash» so‘zining o‘zi insonning dunyoga tamoyillar munosabati sifatida XVIII asr oxiridagina tilga kirib kelgan va unda o‘rnashib qolganl . «Dunyoqarash» so‘zini dunyoni kuzatish, unga nazar tashlash sifatida talqin qilish oson bo‘lgani uchun ham XIX asrdayoq dunyoqarashga oid yondoshuv eng avvalo hayot pozitsiyasini anglatishini ta’kidlay boshlaganlar. «Dunyoqarash» so‘zi inson borliq o‘rtasida mezonni biluvchi va me’yorni belgilovchi sub’ekt sifatida paydo bo‘lishini nazarda tutadi. Ayni paytda inson hayot jarayonida qatnashadi, o‘zini u bilan ayniylashtiradi va uni idrok etadi. SHu tufayli ham dunyoqarashni inson hayot faoliyatining tarixiy vaqt o‘qidagi in’ikosi sifatida ta’riflash o‘rinli bo‘ladi.
Dunyoqarashning quyidagi tarkibiy elementlarini ajratish mumkin. Birinchidan, bu dunyo haqidagi konkret-tarixiy tasavvurlarni o‘z ichiga oluvchi dunyoning barqaror manzarasi, ikkinchidan, ideallar tizimiga tayanuvchi hayotga munosabat, uchinchidan, qadriyatlar tizimiga qarab mo‘ljal oluvchi asosiy g‘oya. Ayni shu tarzda tushunilgan, uch «saltanat» - voqelik, qadriyat va mazmundan iborat bo‘lgan dunyo falsafiy dunyoqarashning mohiyatini tashkil qiladi. Dunyoqarashda intellektual va emotsional elementlarini farqlash mumkin. Dunyoqarashning intellektual elementi «dunyoni tushunish» tushunchasi bilan qamrab olinadi. Dunyo tushunish asosida shakllangan dunyo haqidagi tasavvur ancha barqarordir, chunki u dunyo haqidagi aniq bilimlar tizimi: qonunlar, nazariyalar, tamoyillar va me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Dunyoqarashning emotsional elementi «dunyoni his qilish» va «dunyoni idrok etish» tushunchalari bilan ifodalanadi. Dunyoni his qilish, sezish sub’ekt (inson) va ob’ekt (dunyo)ni birlashtiruvchi eng birinchi omil hisoblanadi. U inson va dunyoning bevosita hissiy aloqasidan darak beradi. Dunyoni idrok etish voqealar va vaziyatlarni aniq obrazlar va tasavvurlar tarzida
yaxlit aks ettirishni nazarda tutadi. Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar - odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Dunyoqarashga sub’ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe’l-atvori xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarni ajratish ham o‘rinli bo‘ladi. 1 ^apaHr: Xaugerrep M. BpeMH u 6wTue. - M., 1993. - 51-6. 76 Dunyoqarashning shakllanishi natijasi o‘laroq sub’ektning e’tiqodlari, qilmishlari va harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o‘z o‘zligini namoyon etadi. Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va qilmishlari uchun fon sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning mental mezoni sifatida ongning mujassamlashuvini aks ettiruvchi ishonch va e’tiqod maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy va shaxsiy ahamiyatga molik mo‘ljal tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Dunyoqarash serqirra hodisa hisoblanadi. Ko‘p qavatli uyda bo‘lganidek, uning turli qavatlaridan o‘z ratsional-irratsional elementlariga ega bo‘lgan hayotga oid, mifologik, diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar o‘rin oladi. Dunyoqarashning amaliy darajasi stixiyali tarzda shakllanadigan dunyoqarashdir (unga misol tariqasida oddiy, kundalik dunyoqarashni keltiradilar). Unda dunyoning manzarasi rolini hayot haqidagi tipik tasavvurlar to‘plami o‘ynaydi. Bu to‘plam ko‘pincha kundalik hayotda ayniqsa ko‘p uchraydigan vaziyatlardan, mazkur muhitga xos bo‘lgan ko‘nikmalar, munosabatlar va odatlardan tarkib topadi. Bunday dunyoqarashga uning egasiga xos bo‘lgan kasbiy mo‘ljallar ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvor reaksiyalari tipining shakllanishida sub’ektning kasbkori (amaldor, savdo xodimi, ofitser, uy bekasi, shifokor va h.k.) hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Oddiy dunyoqarash egasi dunyoga munosabatning o‘z muhitiga ayniqsa xos bo‘lgan andozalarini umumlashtirib, ularni harakatlar va qarashlarning o‘zgartirish oson bo‘lmagan muayyan mezoniga aylantiradi. «Oddiy dunyoqarash» kategoriyasining sinonimlari sifatida «kundalik dunyoqarash», «amaliy dunyoqarash», «noilmiy dunyoqarash» tushunchalari amal qiladi. Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Falsafa borliq va inson tafakkurining asosiy tamoyillarini ifodalash orqali dunyoni anglab etish barcha shakllarining ma’naviy asosi sifatida maydonga chiqadi. Hozirgi zamon fundamental falsafasi dunyoqarashning eng oliy, nazariy darajasidir, desak, aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Nazariy dunyoqarash asrlar osha davom etgan individning ijtimoiylashuvi jarayoni mahsuli hisoblanadi. Bunda individ o‘zining voqelikka bo‘lgan munosabatida jamiyatdan olinadigan ne’matlarni bevosita o‘zlashtirishdan tarixiy bunyodkorlik va insoniy qadriyatlar mazmunini tushunishga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Dunyoqarashning nazariy darajasini voqelikning bevosita in’ikosi sifatida tasavvur qilish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Uning tarkibiga ideallar va konseptual modellar kiradi. Aynan ideallarning mavjudligi dunyoqarashni oddiy in’ikos sifatida emas, balki ildam in’ikos sifatida, hali mavjud bo‘lmagan hodisa - kelajakni shakllantiruvchi va belgilovchi ideal kuch sifatida tavsiflaydi. Dunyoqarashni shakllantirish muammosining mohiyati shu bilan belgilanadiki, nazariy darajaning izchil rivojlanishi serqirra mavjudot sanalgan insonda amalda mavjud bo‘lgan dunyoqarashning boshqa qatlamlarini, xususan
mifologik dunyoqarash qoldiqlari yoki kundalik dunyoqarash unsurlarini bekor qilmaydi. SHunday qilib, dunyoqarashning har bir darajasi inson hayot faoliyatida o‘z vazifalarini hal qiladi. Ularning ahamiyati va o‘ziga xosligi ham shundadir. Tanqid faqat u yoki bu (diniy, oddiy, pragmatik yoki ssientistik) dunyoqarash universallikni asossiz ravishda da’vo qilgan holda o‘rinli bo‘ladi. Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi. Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish
odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi. Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi - insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi - insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi.. Ammo dunyo juda rang-barang bo‘lib, muttasil o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo‘lmagan savollar esa, uzil-kesil javob berish mumkin bo‘lgan savollarga qaraganda, ko‘proqdir. SHu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi. Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u insonni dogmatizm, ya’ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo‘lib, bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim elementlardan iborat. Dunyoni sezish - bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini sub’ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi. Dunyoni idrok etish - bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi. Dunyoni tushunish - insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini kengaytirdi. SHunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi. Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‘nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‘planishiga qarab, nafaqat ularni avloddan avlodga o‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to‘plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» etilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo‘lganidek, dunyoqarashda ham o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlari amal qila boshlagan. Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig‘ilishi bilan bog‘liq misolga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‘lsa, ularni tizimga solish talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o‘zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi o‘nlab kitoblar bilan o‘lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ular bilan ishlash shuncha oson va qulay bo‘lishi uchun ularn

Download 105,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish