Balandroq ko‘rinishga harakat qiling.
Oliver yozadi, “biz ongsiz ravishda yuqori yetakchilarga intilamiz, chunki bo‘yni hokimiyat bilan bog‘laymiz”. Biroq tabiat sizni bunday imkoniyatdan bebahra qoldirgan bo‘lsa, baland bo‘y illyuziyasini yarating. Ayollar baletka va krossovkalar emas, poshnali tufli kiyishi mumkin, erkaklar esa bir xil rangdagi kiyimni tanlashlari lozim. Bo‘yi baland bo‘lmagan kishilarga bitta rangdagi qomatni ajratib ko‘rsatuvchi kiyimlar yarashadi.
Yaxshi uyqu sog‘lom ko‘rinishga yordam beradi.
Va nihoyat, uyquning aniq jadvaliga ega bo‘lishingiz lozim - aynan shu tufayli teringiz sog‘lom va nur sochuvchi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Oliver bir necha kun mobaynida necha soat uxlaganingiz ishlash qobiliyatingizga qanday ta’sir qilishini o‘rganishingizni maslahat beradi: “Uyquning ideal miqdorini aniqlab olgach, unga dam olish kunlari ham amal qilishga odatlaning. O‘zingizni bitta vaqtda yotib, bitta vaqtda turishga o‘rgating”.
Маnbа: Xabardor.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |