Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Qaysi holatlarda mustaqillik tamoyili buziladi?



Download 2,94 Mb.
bet71/195
Sana31.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#232493
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
халкаро аудит дарслик26 август111-1

8. Qaysi holatlarda mustaqillik tamoyili buziladi?

А. Mijoz tashkilot direktori do’sti bo’lsa

B. Mijoz tashkilotda o’g’li ishlayotgan bo’lsa

С. Mijoz tashkilotda qo’shnisi ish lavozimida ishlayotgan bo’lsa

D. Mijoz tashkilot uyiga yaqin hududda bo’lsa
Tayanch tushunchalar

Auditning axloq kodeksi, kasbiy etika kontseptsiyasi, ob’ektivlik, mustaqillik, professional kompetentlik, maxfiylik, soliq munosabatlari, nashr qilinadigan axborot va reklama, xalqaro faoliyat.



IX BOB. AUDITNING UMUMIY STANDARTLARI

9.1. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi

Moliyaviy hisobot auditining maqsadi bo’lib auditorga moliyaviy hisobot barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi haqida o’z fikrini bildirish uchun imkoniyat yaratishdir. Auditorlik xulosasini tayyorlashda qo’yidagi iboralardan foydalaniladi: “To’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “Barcha ahamiyatli jabhalar bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan”. Bu ikkala atama bir-biriga to’g’ri keladi. Auditorlik xulosa moliyaviy hisobotga nisbatan ishonchni oshirganligi bilan bir qatorda, foydalanuvchi ushbu xulosani sub’ekt kelajakda barqaror faoliyat ko’rsatish uchun ishonch, hamda sub’ekt rahbariyati tomonidan mukammal va samarali ish yuritish kafolati deb hisoblay olmaydi. Auditor Buxgalterlarni xalqaro federatsiyasi tomonidan chop etilgan “Axloq Kodeksi”ga rioya qilishi lozim. O’z kasbiy majburiyatlarini bajarishda auditor quyidagi axloqiy tamoyillarga rioya qilishi kerak:



Auditor auditni XASga muvofiq o’tkazishi lozim. Ular tushuntirish va boshqa materiallar shaklida taqdim etilgan tegishli qo’llanma va asosiy tamoyillar hamda kerakli muolajalardan iborat.

Auditor, moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada buzib ko’rsatilishiga olib keladigan vaziyatlar mavjud bo’lishi mumkinligini tan olib, auditni ma’lum darajada rejalashtirishi va bajarishi lozim. Masalan, odatda auditor sub’ekt rahbariyatining taqdimotlarini isbotlash uchun dalillar topishni nazarda tutadi va ushbu taqdimotlar so’zsiz to’g’ri deb hisoblamaydi.

“Auditning ko’lami” atamasi muayyan vaziyatlarda audit maqsadiga erishish uchun kerakli bo’lgan auditorlik muolajalarga taalluqli. Auditni XAS talablariga muvofiq amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan auditorlik muolajalar auditor tomonidan XAS talablari, tegishli kasbiy idoralar, amaldagi qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va, kerak bo’lsa, audit bo’yicha kelishuv shartlari va hisobotni taqdim etish talablarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.

XASga muvofiq audit umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy hisobot ahamiyatli yanglishlarga ega emas ekanligi to’g’risida kerakli ishonchlilikni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Kerakli ishonchlilik - bu auditor umumiy holda ko’rilayotgan moliyaviy hisobot ahamiyatli chetga chiqishlarga ega emas degan xulosaga kelishi uchun unga kerakli auditorlik dalillarini to’plash bilan bog’liq kontseptsiya. Oqilona ishonchlilik kontseptsiyasi audit o’tkazish jarayoniga umumiy holda aloqadordir. Biroq, auditor tomonidan ahamiyatli yanglishlarni aniqlash imkoniyatiga ta’sir etuvchi auditga xos cheklovlar mavjud. Bunday cheklovlar quyidagi omillardan kelib chiqadi:


  1. testlardan foydalanish;

  1. buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning har bir tizimga xos bo’lgan cheklovlar (masalan, til biriktirish imkoniyati);

  1. aksariyat auditorlik dalillar o’zining mohiyatiga ko’ra yakuniy emas, balki isbotlovchi bo’lishi.

Bundan tashqari, auditor tomonidan fikr shakllantirish uchun bajariladigan ish kasbiy fikr yuritishni, xususan quyidagilar bo’yicha fikr yuritishni takozo etadi:

(a) auditorlik dalillarni to’plash, masalan auditorlik muolajalar tavsifi, muddati va hajmini belgilashda;

(b) to’plangan auditorlik dalillar asosida qilingan xulosalar, masalan moliyaviy hisobotni tayyorlashda sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan baholarni oqilonaligini aniqlash.

Bundan tashqari, moliyaviy hisobotning alohida ta’kidlari bo’yicha xulosa chiqarish imkonini beruvchi mavjud dalillar ishonarliligiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan cheklovlar mavjudligi (masalan, o’zaro bog’liq tomonlar orasidagi operatsiyalarga nisbatan.). Bunday holatlarda ayrim auditning xalqaro standartlari alohida tasdiqlashlarning tavsifiga binoan quyidagilar mavjud bo’lmaganda etarli darajada tegishli auditorlik dalillar ta’minlash uchun aniq muolajalarni belgilaydi;

(a) odatda nazarda tutiladigan tavakkalchilik darajasidan yuqoriroq ahamiyatli yanglishlar tavakkalchiligini oshiruvchi g’ayri odatiy vaziyatlar; yoki

(b) ahamiyatli yanglishish vujudga kelayotganligigi to’g’risida har qanday belgi.



Auditor moliyaviy hisobot bo’yicha fikr shakllantirish va bildirish uchun mas’ul bo’lganligiga qaramasdan, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bo’yicha mas’uliyat sub’ekt rahbariyati zimmasida qoladi. Moliyaviy hisobot bo’yicha audit taqdim etiladigan moliyaviy hisobot yuzasidan sub’ekt rahbariyatini mas’uliyatdan ozod etmaydi.

Auditorlik tekshiruvini o’tkazish shakllari uslubiy xarakterga ega bo’lganligi tufayli ko’pincha uni auditni o’tkazish texnikasi ham deb atashadi. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish muddati, tekshiruvda foydalaniladigan manbalarning hajmi va turi, uni amalga oshi-rishning usullariga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvini o’tkazishning turli xil shakllari farqlanadi.

Audit o’tkazishning muddatiga bog’liq ravishda auditorlik tekshiruvi quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Dastlabki auditorlik tekshiruvi;

  2. Joriy auditorlik tekshiruvi;

  3. Yakuniy auditorlik tekshiruvi.

Dastlabki auditorlik tekshiruvi hali boshlanmagan ishlarni nazorat qilishni ko’zda tutadi. Bunday auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan maqsad keyinchalik har xil xatoliklar va qonunbuzarlik holatlarini oldini olishdan iborat. Korxona va tashkilotlarda dastlabki auditorlik tekshiruvi asosan mehnat munosabatlari, moddiy va moliyaviy resurslar bo’yicha o’tkaziladi. Dastlabki auditorlik tekshiruvi xodimlarning malaka darajasini oshirish, qonunchilikka rioya qilish, xo’jalik resurslarining maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlaydi.

Dastlabki auditorlik tekshiruvi odatda ichki auditorlar hamda korxona mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi. Keyingi vaqtlarda auditorlik tekshiruvining ushbu shakli tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkazilmoqda.

Dastlabki auditorlik tekshiruvi eng ko’p qo’llaniladigan ob’ekt bu investitsiya loyihalari samaradorligini baholashdir. Aynan investitsiya loyihalarining samaradorligi baholanganda ichki auditorlar hali loyiha amalga oshirilmasdan oldin unga yo’naltiriladigan xarajatlarning maqsadli ekanligini hamda ularning oqlanuvchanlik darajasini aniqlaydilar.

Joriy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalasi sodir bo’layotgan vaziyatda o’tkaziladi. Auditorlik tekshiruvining bu shakli xatolar va kamchilik yuz bergan vaqtda ularni tezkor ravishda to’g’rilash hamda bu vaziyatda ilg’or tajribalarni qo’llashni tatbiq etishni ta’minlaydi.

Bu shaklning afzalligi shundaki, xatolar yuz bergan vaqtda ularni o’z vaqtida to’g’rilash imkoniyatini beradi. Shuningdek, joriy auditorlik tekshiruvi korxonada «doimiy» xatolarni aniqlash imkoniyatini ham beradi.

Joriy auditorlik tekshiruvi ichki auditorlar tomonidan ham, tashqi auditorlar tomonidan ham o’tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tashabbuskorlik hamda majburiy tarzda o’tkaziladi. Majburiy auditda joriy auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchli ekanligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi.

Yakuniy auditorlik tekshiruvi xo’jalik muomalalari sodir bo’lganidan, ish bajarib, tugallanganidan keyin o’tkaziladi. Bu shakldagi auditorlik tekshiruvi ancha kech, ya’ni muomalalar sodir bo’lgandan keyin o’tkazilsada, uning o’rni muhimdir. Yakuniy auditorlik tekshiruvining muhim vazifalaridan biri – bu korxonada yo’l qo’-yilgan kamchilik va xatolar xususidagi ma’lumotlarni rahbariyatga berishdir. Bu ma’lumotlar asosida korxona keraklicha xulosalar chiqarishi hamda keyingi rejalarda, loyihalarda audit natijalaridan foydalanishi mumkin.

Majburiy audit, odatda, yakuniy auditorlik tekshiruvi shaklida bo’ladi. Chunki barcha xo’jalik muomalalari o’tgan hisobot davrida sodir bo’lgan hamda auditor xulosa yozayotganda bevosita o’tgan davr uchun yozadi. Yakuniy auditorlik tekshiruvining eng muhim ustunligi shundaki, u audit qilish jarayonida barcha ob’ektlarni qamrab oladi. Chunki auditorlik firmasi yoki auditor xulosa yozishda korxonaning butun faoliyatini o’rganib chiqishi lozim bo’ladi.

Auditorlik tekshiruvlari manbalari nuqtai nazaridan ikkiga bo’linadi:

  1. Hujjatli tekshirish;

  2. Haqiqiy tekshirish.

Hujjatli tekshirish xo’jalik muomalalarining to’g’ri bajarilganligini aniqlash maqsadida hujjatlar bo’yicha tekshirishning amalga oshirilishini anglatadi. Hujjatli tekshirishning manbalari bo’lib birlamchi va yig’ma hujjatlar, hisob registrlari, tashkilotning biznes-reja hamda hisobotlari va boshqalar hisoblanadi.

Haqiqiy nazorat tekshiriladigan ob’ektning real, amaldagi holatini aniqlash maqsadida inventarizatsiya, laboratoriya analizi va boshqa usullar yordamida o’tkaziladi. Bunday nazorat turi auditorlik amaliyotida korxonadagi mavjud mulkning naqdligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Bundan tashqari hujjatli tekshiruv pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy holati, asosiy vositalardan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

Tekshiruvni amalga oshirish usuli nuqtai nazaridan auditorlik tekshiruvlari quyidlagi turlarga bo’linadi:

– kamomad va xatolarning aybdorlarini qidirish;

– xo’jalik tortishuvi;

– iqtisodiy tahlil.



Kamomad va xatoliklarning aybdorlarini qidirish korxonaga moddiy zarar etkazgan shaxslarni va ularning etkazgan zarar summalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshiruv usulining muhim xususiyati shundaki, u nafaqat moddiy zarar summasini qoplashdan iborat bo’lib qolmasdan, balki zarar summalari bo’yicha aybdorlar jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.

Xo’jalik tortishuvi – bu korxonaning boshqa korxona va tashkilotlar bilan bo’layotgan o’zaro hisob-kitoblarining qonuniyligini aniqlash usulidir. Xo’jalik tortishuvi korxonalar bilan mahsulot etkazib berish munosabatlarida ham, soliq organlari bilan munosabatlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

Ko’pincha xo’jalik tortishuvlari «tinchlik yo’li» bilan hal etiladi, agarda u kengroq ko’lamda bo’lsa, sud organlari orqali hal etiladi.

Agar ikki tomon o’rtasida o’zaro bahsli vaziyat vujudga kelsa, bir tomonning tashabbusi bilan auditor xo’jalik tortishuvi usulini qo’llaydi. Bunday tekshiruv natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.

Iqtisodiy tahlil korxona moliya-xo’jalik faoliyatining samara-dorligiga baho berishda keng qo’llaniladi. Iqtisodiy tahlil natijasida ishlab chiqarishning samaradorligi, mulkning likvidligi va boshqa moliyaviy koeffitsientlar aniqlanadi. Iqtisodiy tahlil natijalari jadvallar, grafiklar, formulalar, matnli yozuvlar ko’rinishida rasmiylashtiriladi.

Auditorlik tekshiruvidan oldin audit guruhi boshlig’i tomonidan dastur ishlab chiqiladi va unda quyidagilar ko’rsatiladi:

– auditning maqsadi;

– tekshirishga qo’yilgan korxonaning asosiy uchastkalari va hisob bo’limlari;

– guruh a’zolari o’rtasida vazifalarning biriktirilishi;

– tekshirish boshlanishi va tugatilishining muddati va davom etish muddati.

Auditning maqsadi auditor korxonaga nima maqsadda kelganligi va tekshirish korxona uchun qanday ahamiyatga ega bo’lishi bilan belgilanadi. Auditor korxona hisob ishlarida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun keladi.

Audit davomida ish olib boriladigan uchastkalar dasturda ko’rsatiladi. Eng avvalo, korxona moliya-xo’jalik faoliyatida va uning moliyaviy natijalarining shakllanishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan uchastkalar tanlab olinadi.

Agar tekshiriladigan uchastkalar noto’g’ri tanlansa, bunga auditor javobgar hisoblanadi. Har bir tekshiriladigan uchastkada tekshirish turi – to’liq yoki tanlov yo’li bilan belgilanadi.

To’liq tanlash kassa muomalalarida, bank hujjatlari, bo’nak hujjatlari, ta’sischilar bilan hisoblashish haqi, ishlab chiqarish zahiralari, hisoblashishlar bo’yicha olib boriladi. Agar u alohida olib borilsa, tanlab tekshirish bo’ladi. Materiallar hujjatlarning etishmasligi tufayli, odatda, to’liq tekshirish qiyinlashadi. Yangi auditorlarga kassa va bo’nak hujjatlarini, malakali audi-torlarga bosh daftar va hisobotni tekshirish yuklatiladi.

Auditorlik tekshiruvining davomiyligi har xil bo’ladi, 2 haftalik tekshirish aniqroq va to’liqroq ma’lumotni berishi mumkin. Har xil sabablar tufayli tekshirish cho’zilishi mumkin.

Tekshirish dasturini tuzish, mutaxassislarni guruhlarga bo’lish, auditorlik xulosasini yozish uchun mijoz korxona haqida ma’lumot bo’lishi kerak. Unda quyidagilar bayon etiladi:

– korxonaning tarmoq xususiyati;

– korxonaning tashkiliy tuzilishi;

– ishlab chiqarish aloqalari (mol etkazib beruvchilar, pudratchilar bilan);

– moliyaviy aloqalari;

– yuridik majburiyati (soliq organi, davlat maqsadli fondlari oldida majburiyat).

Korxona haqidagi ma’lumot bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:



  • hisob ishlariga aloqador bo’lmagan xodimlar, o’rta zveno ishchilari, oliy boshqaruv xodimlarining berilgan savollarga fikrlari;

  • asosiy ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar, omborlarni borib ko’rish va ko’zdan kechirish;

  • ichki va tashqi hisobotlar va nashrlar. Tashqi hisobotlarga – ish bilan bog’liq nashrlar, tarmoq bo’yicha analitik hisobotlar tahlili, asosiy raqobatchi va tarmoqdagi o’rtacha ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va hokazolar. Ichki hisobotlar – Ta’sischilar umumiy yig’ilishining bayonnomasi, loyiha-smeta hisobotlari, ichki auditor hisoboti va boshqalar.

Auditor mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni bilishi shart.

Har bir iqtisodiy sub’ektning individual xususiyatidan kelib chiqib, audit strategiyasi tanlab olinadi. Tekshirish strategiyasida quyidagilar belgilab olinadi:

– tekshirish dasturini tuzishda axborotlar yig’ish;

– yig’ilgan axborotlarni o’qish;

– auditorlik tavakkalchiligini qayta baholash;

– tekshirishning mohiyatini, davomiyligini, chegaralarini belgilash.



Tekshirish strategiyasi audit rejasi ko’rinishida rasmiylashtiriladi.

Audit qaerda o’tkazilishidan qat’i nazar - xususiy yoki davlat sektoridami - auditning asosiy tamoyillari o’zgarmasdan qolaveradi. Davlat setorining auditi maqsadi va ko’lami bo’yicha farqlanishi mumkin. Bu ko’p holatlarda auditorlik vakolatlardagi farqlar, huquqiy talablar yoki hisobotni taqdim etish shaklidagi farqlar bilan bog’liq (masalan, davlat sektori sub’ektidan qo’shimcha moliyaviy hisobotlar tayyorlashni talab qilinishi mumkin).

Davlat sektori sub’ektlarini audit qilishda auditor har qanday boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarning aniq talablarini, audit o’tkazishda vakolatga ta’sir etuvchi tegishli vazirliklarning qarorlari va tavsiyalari, shuningdek, auditga nisbatan qo’yiladigan har qanday maxsus talablar, shu jumladan milliy xavfsizlik masalalarini hisobga olish zaruriyatini nazarda tutishi lozim. Audit o’tkazishda vakolatlar, xususiy sektor auditidan farqli ravishda o’ziga xos tavsifga ega bo’lishi mumkin, ko’p holatlarda muammolarning kengroq doirasini qamraydi va keng ko’lamli tavsifga ega bo’ladi. Vakolatlar va talablar, shuningdek, auditorning erkin harakat qilish darajasiga, masalan ahamiyatlilikni aniqlashda tovlamachilik va xatolar holatlari haqida auditorlik hisobotini tayyorlashda, shuningdek auditorlik hisoboti shaklini tanlab olishda ta’sir etishi mumkin. Auditga yondoshish va uslubiyotda ham farqlanishlar bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan mazkur farqlanishlar auditning asosiy tamoyillari va kerakli muolajalariga taalluqli emas.


Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish