Rejalashtirish (Planning) - auditning kutilayotgan tavsifi, muddati va hajmiga mufassal yondoshish va umumiy strategiyani ishlab chiqish.
Segment bo’yicha ma’lumot (Segment information) - moliyaviy hisobotda sub’ektning farqlanadigan tarkibiy qismi yoki tarmoq va jug’rofiy jabhalariga taalluqli ma’lumot.
Sifat nazorati (Quality controls) -auditorlik firmasi tomonidan amalga oshirilgan barcha auditorlik tekshiruvlar 220-sonli “Auditorlik ishi sifatini nazorat qilish” Auditning xalqaro standartlarida qayd etilgan Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga solishning umumiy tamoyillariga muvofiq amalga oshirilganligiga oqilona ishonch hosil qilish uchun auditorlik firmasi tomonidan qabul qilingan siyosat va muolajalar.