Muvofiqlik (Appropriateness) - auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi.
Mufassal tekshiruv (Walk-through test) - bir qator operatsiyalarni buxgalteriya hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat.
Muhimlilik (Materialiti) - ma’lumot inobatga olinmagan yoki noto’g’ri ko’rsatilgan taqdirda u foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, bunday ma’lumot muhimli hisoblanadi. Muhimlilik ma’lum sharoitlarda inobatga olmaslik yoki noto’g’ri ko’rsatish to’g’risida fikr qabul qilish paytida modda yoki xato miqdoriga bog’liq. Binobarin, muhimlilik ma’lum bir pog’ona yoki hisoblash nuqtasi va ma’lumot foydali bo’lishi uchun boshlang’ich sifat tavsifi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |