Noaniqlik (Uncertainty) sub’ektning bevosita nazoratida bo’lmagan, lekin kelajakda moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan harakatlar va xodisalardan kelib chiqadigan vaziyat.
Nomuvofiqlik (Noncompliance) - amaldagi qonunlarga yoki me’yoriy hujjatlarga zid holda audit o’tkazilayotgan ob’ekt tomonidan bilib turib yoki bilmasdan yo’l qo’ygan xato va kamchiliklari.
Noto’g’ri ko’rsatish (Misstatement) -xato yoki tovlamachilik natijasida moliyaviy ma’lumotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ko’rsatishlar.
Oraliq moliyaviy ma’lumot yoki hisobot (Interim financial information or statements) - moliyaviy davrga nisbatan oraliqdagi sanalar (odatda yarim yil yoki chorak davri) bo’yicha tayyorlangan moliyaviy ma’lumot (yuqorida keltirilgan talqinga muvofiq to’liq moliyaviy ma’lumotdan kamroq hajmda bo’lishi mumkin).