Ishchi hujjatlar (Working papers) - auditorning ishlarni bajarish, rejalashtirish, tavsifi, muddati, hajmi, auditorlik muolajalarini amalga oshirish va olingan auditorlik dalillari asosidagi xulosalarga oid hujjatlari. Ular qog’ozlarda, fotoplenkalarda, disketalarda, elektron shakllarda yoki boshqacha yuritish va saqlash shakllarida saqlanishi mumkin.
Yillik hisobot (Annual report) - odatda sub’ekt har yili auditorlik tekshiruvidan o’tkazilgan moliyaviy hisobot va ushbu hisobot yuzasidan auditorlik hisobotidan iborat hujjatni chop etadi. Ushbu hujjat odatda “yillik hisobot” deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |