Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (Prospective financial information) - kelajakda sodir etilishi mumkin bo’lgan xodisalar va sub’ekt harakatlari taxmini asosida tayyorlangan moliyaviy ma’lumot. Istiqbolliy moliyaviy ma’lumot istiqbolni belgilash, baholash yoki ular birligida tayyorlanishi mumkin (“Istiqbolni belgilash” va “Istiqbolni baholash”ga qarang).
Istiqbolni belgilash (Forecast) - sub’ekt rahbariyati tomonidan kutilayotgan sodir etilishi mumkin bo’lgan kelgusi xodisalar, shuningdek sub’ekt rahbariyati ma’lumot tayyorlash sanasiga amalga oshirishni ko’zda tutgan harakatlarini nazarda tutgan holda tayyorlangan istiqbolliy moliyaviy ma’lumot (eng aniq ma’lumot).
Do'stlaringiz bilan baham: |