Auditor (Auditor) - audit uchun yakuniy mas’uliyatga ega bo’lgan shaxs. Ushbu atama, shuningdek, auditorlik firmasi uchun ham qo’llaniladi. (Soddalashtirilish maqsadida Auditning xalqaro standartlarida “auditor” atamasi auditorlik xizmatlari bilan bir qatorda, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan kasbga doir xizmatlarni yoritishda ham qo’llaniladi. Ushbu ta’rif kasbga doir xizmatlarni bajaruvchi shaxs albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas).
Asosiy auditor (Principial auditor) - sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan moliyaviy hisobot bo’yicha boshqa auditor tomonidan audit o’tkazilgan holatlarda sub’ektning ushbu moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik hisoboti tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan auditor.
Do'stlaringiz bilan baham: |