Audit (Audit) - moliyaviy hisobot auditining maqsadi auditorga moliyaviy hisobot barcha muhim jabhalari bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa (fikr bildirish) berish imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Auditorlik xulosasini tayyorlashda quyidagi ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan “to’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “barcha muhim jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan jumlalardan foydalaniladi. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad ko’zda tutiladi.