30
С. Mos kelmaslik yoki tavakkal auditi
D. Operatsion yoki tizimga solingan audit
7. Xalqaro auditda uning qanday shakllari mavjud?
А. Operatsion audit, mos keluvchanlik auditi, moliyaviy hisobot auditi
B. Xo’jalik sub’ektlarini ish yuritish shakllariga qarab bo’linishi
С. Nodavlat va davlat, aralash auditi
D. Nodavlat, xususiy, jamoa, aralash
8. Auditning dastlabki rivojlanish bosqichi?
А. Tasdiqlovchi audit
B. Tizimli audit
С. Tavakkalchilikka asoslangan audit
D. Aralash audit
9. Auditning so’nggi rivojlanish bosqichi?
А. Tavakkalchilikka asoslangan audit
B. Tasdiqlovchi audit
С. Tizimli audit
D. Aralash audit
10. Hisobotning unchalik ahamiyatga ega bo’lmagan moddalarini o’qish -?
А. Skanerlashdir
B. Dalillashdir
С. Ko’zdan kechirishdir
D. Testlashdir
Tayanch tushunchalar
Audit, xalqaro audit, ichki audit, tashqi audit, auditning rivojlanish
bosqichlari,
tasdiqlovchi audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, mos
keluvchanlik auditi, operatsion audit, moliyaviy hisobot auditi, maqsadli sistemali
audit.
31
II BOB. XALQARO AUDIT VA UNING MODELLARI
2.1. Xorijda auditorlik faoliyatining hozirgi holati
Bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan Evropa va Amerika mamlakatlarida
auditorlik faoliyati ko’p asrlik tajribaga ega. Audit rivojlangan huquqiy iqtisodiyot
va zamonaviy huquqiy jamiyat sifatida aynan Evropada shakllangan.
Auditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatli kurash sharoitida yuzaga
kelgan. Xalqaro amaliyotda bularning barchasi tegishli tadqiqotlar va keng
ommaviy muhokamalar bilan birga olib borilgan. Natijada,
hozirgi davrga kelib
auditning mustahkam xalqaro huquqiy asosi yaratildi, uni tashkil etishning batafsil
shakllari ishlab chiqildi, auditorlar uchun keng ko’lamdagi uslubiy materiallar
nashr qilinmoqda va doimiy ravishda to’ldirib borilmoqda. Ularda
auditorlik
faoliyatining asosiy tushunchalari, terminlari va kategoriyalari ta’riflangan va
turkumlangan.
Respublikamizdagi auditorlik tashkilotlarining to’plangan
tajribalarini
o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, u yaqqol ifodalangan milliy xususiyatlarga ega.
Shu bilan birga, xorijiy manbalardagi qoidalar O’zbekistonda auditorlik
faoliyatining barpo bo’lishi va rivojlantirilishi uchun foydali hamda qiziqarli
ekanligini ta’kidlash joizdir. Chunonchi, bizning
respublikamizda ham xalqaro
tajribani hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
tomonidan 1999-2013 yillarda 21 ta auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS)
ishlab chiqildi va Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, auditorlik amaliyotida
qo’llanilmoqda hamda ularni ishlab chiqish davom etmoqda.
Xorijiy olimlar auditning dastavval G’arbda ham faqat buxgalteriya hujjatlari
va
hisobotlarini
tekshirish
va
tasdiqlashdan
iborat
faoliyat
sifatida
shakllanganligini tan oladilar. Auditorlar asosan dastlabki hujjatlarni, buxgalteriya
hisobi registrlarini hamda ular asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni tekshirgan
va tasdiqlagan (yoki tasdiqlamagan). Masalan, Roy Dodj fikricha, auditorlik
faoliyati so’nggi 25 yilda uch evolyutsion bosqichni bosib o’tgan: birinchi -
tasdiqlovchi audit; ikkinchi - sistemali yo’naltirilgan audit; va nihoyat so’nggisi,
uchinchisi - riskka asoslangan audit.
32
Demak, keyinchalik auditorlik faoliyati ma’lum bir tizimga solingan (aniq
maqsadga yo’naltirilgan). Bunda amaliyotdagi professional auditorlar buxgalteriya
hujjatlari va yozuvlarini tuzuvchi hamda qo’llovchi kishilar orasidagi (o’z
mijozlari biznesining tashkilotchilari va ijrochilari o’rtasidagi) munosabatlarni
o’rgana boshlaganlar. Ular xatolarning oldini olish maqsadida har bir mijoz-
korxona boshqaruv tizimining va birinchi navbatda ichki nazorat tizimi, xususan,
ichki auditning samaradorligini oshirishga asosiy e’tiborni qarata boshladilar.
Agar mijoz korxonadagi ichki nazorat ma’lum darajada bo’sh bo’lsa,
butun
tekshiriladigan davr uchun hisobotdagi ko’plab xatolar va noaniqliklarni bartaraf
etishga yordam bermasa, u holda amaliyotchi auditorlar tizimli yo’naltirilgan audit
tamoyillariga rioya qilgan holda ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha
mijozga keng ko’lamdagi tavsiyalar berib, unga konstruktiv yordam ko’rsatadi. Bu
esa hisobning aniqligi va hisobot ma’lumotlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Shunday qilib, auditorlik faoliyatiga tizimli yondashuv audit sifatining
kafolatiga aylangan.
Va nihoyat, xalqaro amaliyotda – risk (tavakkalchilik)ka asoslangan audit
vujudga kelgan. Bu nafaqat tasdiqlovchi audit, balki maqsadli-tizimli audit ham,
ammo ko’proq statistik yoki nostatistik tanlab tekshirishga asoslangan jarayondir.
Bizning respublikamizda auditorlik faoliyatiga statistik
usullarni tadbiq qilish,
aniqrog’i, auditorlik statistikasini fan tarmog’i sifatida shakllantirishga ilmiy negiz
mavjud va uni rivojlantirish istiqbolga ega.
G’arb mamlakatlarida, masalan, AQShda, buxgalteriya hisobining umumqabul
qilingan tamoyillari – BXUP – (GAAP – Generally Accepted Accounting
Principles) tizimiga rioya qilish barcha buxgalterlar va auditorlar uchun majburiy
hisoblanadi. AQShning o’zida buxgalteriya hisobi standartlari uzoq vaqt ommaviy
muhokama qilinganidan so’ng, mustaqil kengash – Financial Accounting
Standards Board (FASB) tomonidan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobi standartlari bilan birga audit standartlari ham qo’llaniladi.
AQShda ular auditning umumqabul qilingan standartlari – AUS (GAAS –
Generally Accepted Auditing Standards) deb ataladi. Ular auditorlik tekshiruvlarini
33
tashkil etish va o’tkazishda hamda uchraydigan muammolarni hal etishda
qo’llaniladi. Standartlar Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti – AQBI
(AICPA – American Institute of certified Public Accountantsning maxsus bo’limi
tomonidan ishlab chiqilgan. Ular mamlakatdagi
barcha buxgalterlar uchun
majburiy hisoblanadi. Standartlarga rioya qilinmagan hollarda sudlar va auditorlar
ustidan nazorat qiluvchi boshqa organlar ular faoliyatini to’xtatishga haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: