Akrobatika mashqlari



Download 0,52 Mb.
bet2/6
Sana12.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#659587
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Akrobatika mashqlari

G‘ujanak bo‘lish
Bajarish texnikasi. G‘ujanak bo‘lish - bu tizza yelkalarga
tortilib, tirsaklar tanaga siqilgan, qo‘l panjalari boldiming o‘rtasidan
ushlab (oyoq panjalari va tizzalar bir muncha ochiq) bukilgan
tananing holati. G‘ujanak bo‘lish - dumalashlar, o‘mbaloq oshishlar
va g‘ujanak bo‘lib saltolar bajarish uchun asosiy yordamchi mashq
hisoblanadi. G‘ujanak bo‘lish yarim o‘tirib (250-a rasm), o‘tirib
(250-ferasm), chalqancha yotib (250-d rasm) bajariladi.

O‘rgatish ketma-ketligi.
1. Asosiy turishdan qo‘llar yuqoriga, tez o‘tirish va o‘tirib
g‘ujanak holatini olishi, belni yarim doira shakliga keltira olishga
e’tibomi qaratish lozim.
2. Orqadan tayanib o‘tirish holatidan, tez oyoqlami bukib
g‘ujanak bo‘lish.
3. Chalqancha yotib qo‘llar yuqorida, tez oyoqlami bukib
g‘ujanak bo‘lish.
4. Chalqancha yotish holatidan tanani ko‘tirib, g‘ujanak bo‘lib
o‘tirish.
Xatolar
1. Boshning orqaga egilib ketishi.
2. Oyoqlar ochilmagan.
3. Oyoqlar juda keng ochilgan.
4. Boldirdan noto‘g‘ri ushlash (juda balanddan yoki pastdan
“zamok”).
5. To‘liq g‘ujanak bo‘lmaslik.
Bajarishga bo‘lgan talablar. Har bir mashqni bir necha bor
takrorlab harakatlami sekin-asta tezlashtirib bajarish va g‘ujanak
holatini ushlab turish kerak.
Dumalashlar
Bajarish texnikasi. Dumalashlar - bu gavdaning alohida
qismlari bilan polga (tayanchga) ketma-ket tegish harakati bo‘lib,
faqat boshdan aylanib o‘tilmaydi. Dumalashlar umbaloq oshishni
o‘rganish vaqtidagi amaliy mashqlar sifatida qo‘llaniladi. Dasturda,
oldinga va orqaga g‘ujanak bo‘lib (251-rasm) tizzalarda tayanib turib
tomonlarga, kerilib, qorinda yotib dumalashlar nazarda tutilgan.





O‘rgatish ketma-ketligi
1. O‘tirib g‘ujanak holatidan, belda oldinga-orqaga dumalash.
2. O‘tirib g‘ujanak holatidan orqaga dumalash va oldinga
dumalab D.h. qaytish.
3. Tayanib o‘tirishdan orqaga g‘ujanak bo‘lib dumalash va
oldinga dumalab g‘ujanak bo‘lib o‘tirish.
4. Tayanib o‘tirishdan g‘ujanak bo‘lib orqaga dumalash va
oldinga dumalab, D.h.
5. Qorinda yotgan holatda kerilib oldinga-orqaga dumalash.
Qorinda yotib, kerilib, boshni orqaga egish va songa tayanib yotish
holatini olish. Tez qo‘llami bukib, oldinga dumalashni bajarish va
qo‘llami to‘g‘rilab orqaga dumalash.
6. Tizzalarda tayanib turishdan, g‘ujanak holatida tomonlarga
dumalash. Yelka, yonbosh, bel, yonbosh, yelka polga ketma-ket
tegib g‘ujanak holatini olish va aks harakat bilan orqaga D.h. qaytish.
7. Tayanib o‘tirishdan yon tomonga dumalash va d.h. qaytish.
8. Qo‘llar turlicha holatda (yuqorida, bel orqasida, yelkada)
oldinga va orqaga dumalash.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish