KIRISH
Bugun zamon tez sur‟atlar bilan o‟zgarib borayotgan bir sharoitda, har bir
sohada olib borilayotgan ishlar ham, ularning ko‟lami ham o‟smoqda. Ayniqsa
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1191-1196
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1192 www.ares.uz
hozirgi asrimiz axborot – kommunikatsiya, zamonaviy texnika va texnalogiyalar
asridir. Biz bilamizki, har qanday rivojlanish asosida aniq hisob-kitoblar yotadi.Bu
esa o‟z navbatida matematika fani va uni o‟rganishga, rivojlantirishga, uning
yutuqlaridan samarali foydalanishga bo‟lgan talabni kuchaytiradi. Ushbu talablardan
kelib chiqqan holda butun dunyoda, jumladan,yurtimizda ham bu sohaga bo‟lgan
e‟tibor kundan kunga kuchaymoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev ta‟kidlaganlaridek: ,,Matematika hamma aniq fanlarga
asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‟lib o‟sadi, istalgan sohada
muvaffaqiyatli ishlab ketadi‟‟. Haqiqatdan ham ushbu jumlalar zamirida keng
ma‟no-mazmun yotibdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Matematika fanining “fanlar ichra shoh”, “aniq fanlarning asosi” deb
ta‟riflanishlari ham bejiz emas, albatta. Bu fan insonni har tomonlama yuksaltiradi.
Shuning uchun ham shaxs rivojlanish jarayonida matematik tafakkur va
tushunchalarni shakllantirish maktabgacha va boshlang‟ich ta‟lim tizimidanoq
boshlanib,asosiy poydevor yaratiladi. Matematikani o‟qitish davomida biz kabi
pedagoglar uning har bir tarkibiy qismi(elementlari)ni yoshlarimizga to‟g‟ri va
chuqur singdirishimiz lozim. Shu o‟rinda Prezidentimizning quyidagi fikrlari yodga
tushadi: “Bugungi kunda O‟zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini
yaratyapmiz.Bunda bizning eng yaqin ko‟makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy
va ijodkor ziyolilardir”. Ushbu fikrlar kishi yelkasiga katta bir mas‟uliyat hamda
o‟ziga xos bir ishonch hissini ham yuklaydi, albatta.
Xususan, boshlang‟ich sinf matematika kursi haqida gapirilganda
o‟quvchilarda bir qator matematik tushuncha va terminlar orqali ularning fan
yuzasidan egallashi lozim bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalarning egallanilishi
ko‟zda tutiladi. Masalan, to‟plam, son, raqam,geometrik shakllar, fazoviy shakllar,
ulush, kasr, arifmetik amallar(qo‟shish, ayirish, ko‟paytirish, bo‟lish), tenglama,
tengsizlik, sonli ifoda, harfli ifoda,masala (sodda, murakkab, matematik, mantiqiy,
kombinatorik)lar kabi bir qator tushunchalarni aytishimiz mumkin. Shu o‟rinda biz
ushbu maqolamizda matematik masalalar tushunchasiga alohida e‟tibor qaratishni
lozim deb topdik. Xo‟sh, dastlab matematik masala tusunchasiga ta‟rif beradigan
bo‟lsak, “Matematik masala – javobi arifmetik amallarbu matematik hisob-kitoblarni
oddiy raqamlar ko‟rinishida emas balki so‟zlar, sxemalar, suratlar, jadvallar, turli
chizmalar yordamida ifodalash orqali uning mazmuni bilan yetkazib berishdir. Biz bu
Do'stlaringiz bilan baham: |