Akbarova nodiraning logopediya fanidan tayyorlagan qayta topshirish uchun tayorlagan ishi


Reabilitatsiya ta’lim tamoyillari



Download 156 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2022
Hajmi156 Kb.
#427415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AFAZIYANI BARTARAF ETISHDA REABILITATSION TA’LIMNING TAMOYIL VA METODLARI

Reabilitatsiya ta’lim tamoyillari.Reabilitatsion ta’limning nazariy asoslarini ishlab chiqish uning aniq ilmiy tamoyillarini shakllantirish imkonini berdi. Tiklovchi tamoyillari haqidagi masala nihoyatda muhimdir. To‘g‘ri ishlab chiqilgan tamoyillar-samarali reabilitatsiya garovidir. Tamoyillarni shartli ravishda psixofiziologik, psixologik va psixologo-pedagogik kabilarga ajratish mumkin.
A). Psixofiziologik tamoyillar.
1. Deffektni tasniflash tamoyili reabilitatsion ta’limni amalga oshirishga kirishishdan avval batafsil neyropsixologik analiz o‘tkazishni taqozo etadi.
2. Ikkinchi muhim tamoyil-saqlanib qolgan (zararlanmagan) analizator sistemalarni reabilitatsion ta’lim sifatida qo‘llash tamoyili.
3. Uchinchi tamoyil-yangi funksional tizimlarni yaratish tamoyili.
4. To‘rtinchi tamoyil-reabilitatsion ta’limda psixik funksiyalarning, shu jumladan, nutqning turli tashkiliy darajalirga tayanish tamoyili.
5. Beshinchi tamoyil-reabilitatsion ta’limda insonning butun psixik sohasiga, shuningdek saqlanib qolgan psixik jarayonlarga tayanish tamoyili.
6. Nazorat tamoyili P.K. Anoxin, N.A.Bernshteyn va A.R.Luriya tomonidan izohlanib bo‘lib, u doimiy qator aloqaning bo‘lishini bildiradi.
B). Psixologik tamoyillar:
1. Kasal shaxsning hisobga olish tamoyili, reabilitatsion ta’limda kasal insonning individualligini inobatga olish zarurligini anglatadi.
2. Kasalda saqlanib qolgan faoliyat shakllariga tayanish tamoyili, reabilitatsion ta’limda buzilgan nutqiy faoliyatni tiklash uchun saqlanib qolgan boshqa faollar shakllarini ishga solishni anglatadi.
3. Kasalning faoliyatiga tayanish tamoyili, reabilitatsion ta’limida kasal inson faoliyatining har xil turlaridan kompleks foydalanishni anglatadi.
4. Kasal faoliyatini tashkil etish tamoyili reabilitatsion ta’limida kasalning o‘z faoliyatini tashkil etish va boshqarishni anglatadi.
5. Dasturlashtirilgan ta’lim tamoyili reabilitatsion ta’limda ketma-ket bajariladigan va buzilgan psixik funksiyani tiklash imkonini beradigan operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi dasturning ishlab chiqilishining zarurligini anglatadi.
6. Deffektga tizimli ravishda ta’sir ko‘rsatish tamoyili buzilgan nutqqa boshqa psixik funksiyalarga tayanib turib ta’sir ko‘rsatishni anglatadi.
7. Insonning ijtimoiy tabiatini hisobga olish tamoyili psixik funksiyalarning shakllanishida ijtimoiy omillar muhim o‘rin tutishi hisobga olib, kasalga ta’sir ko‘rsatishda ijtimoiy muhit ta’sirining barcha imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish zarurligini anglatadi.
V). Psixologo-pedagogik tamoyillar.
1. Oddiydan murakkabga borish tamoyili, kasal bilan ishlashda qo‘llanadigan didaktik material murakkablik darajasiga e’tibor berish zarurligini anglatadi.
2. Material hajmi va xilma-xilligining darajasi tamoyili, kasal bilan ishlashda kichik hajmdagi va xilma-xil bo‘lgan materialdan foydalanishni anglatadi.
3. Verbal materialning murakkabligi tamoyili, kasal bilan ishlashda qo‘llanuvchi materialning fonetik murakkabligi, butun matnlarning, ulardagi so‘zlar, jumlalarning uzunligini, umuman kasal uchun ob’ektiv va sub’ektiv leksikani hisobga olishni anglatadi.
4. Materialning emotsional tomoni tamoyili, qo‘llanayotgan verbal va noverbal materialning kasallarga ijobiy emotsional ta’sir ko‘rsatishini, ularda ijobiy emotsiyalarni uyg‘otishini va stimullashtirilishini asabiy holatdan chiqarishini ta’minlaydigan bo‘lishini taqozo etadi.
Yuqorida tilga olingan reabilitatsion ta’lim tamoyillari uning ilmiy asosi bo‘lib, amaliyotda qo‘llanuvchi afaziyani tuzatish metodlariga bir qator talablarni qo‘yadi. Bu talablar quyidagilardan iborat.
Birinchi talab: afaziya tufayli buzilgan nutqni tiklashga qaratilgan ta’lim metodlarining nutqni buzilish mexanizmiga adekvat bo‘lishi.
Ikkinchi talab: metodlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki deffektga aylanma tarzda ta’sir ko‘rsatishi.
Uchinchi talab: metodlarning tizimliligi, ya’ni metodlarning bir-biridan izolyatsiyalangan emas balki sistemali bo‘lishi. Metodlar tizimi deffektga xususiy metodlar kabi bir tomonlama ta’sir etish va deffektni qisman tuzatish maqsadini emas, balki deffektga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatish orqali funksiyani bir butun faoliyat sifatida tiklash maksadini ko‘zlaydi.
Reabilitatsion ishning muvaffaqiyatli kechishi uchun,. shuningdek, ayrim tashkiliy masalalarni, mashg‘ulotlarga qo‘yiladigan talabalarni inobatga olish zarur. Bular quyidagilardan iborat.
1. Vaqtni (mashg‘ulot davomiyligini) hisobga olish. Mashg‘ulot davomiyligi holati va kasallikning kechishiga, shuningdek, kasal shaxsining xususiyatlariga bog‘liq. Kasallikning dastlabki bosqichida mashg‘ulot vaqti 15-20 minutdan oshmaydi. Kasallik barqaror kechganda mashg‘ulotni bir soatgacha davom ettirish mumkin.
2. Kasalning ish qobiliyati va toliquvchanligini hisobga olish. Mashg‘ulot davomida 1-2 ta 3-5 minutlik pauzalar bo‘lishi kerak. Bunda-faoldan olish (musiqa jo‘rligida qo‘llarni xarakatlantirish qo‘shiq aytish va h.k.) yoki passiv dam olish (musiqa eshitish)ni amalga oshirish mumkin.
3. Kasalning kayfiyatini hisobga olish. Mashg‘ulotlar rejasini operativ o‘zgartira olishni taqozo etadi.
4. Mashg‘ulotning tashkiliy shaklni hisobga olish. Mashg‘ulotlar har xil shakllarda, kasal faoliyatning har xil turlarini o‘z ichiga olgan holda o‘tkazilishi lozim.
5. Mashg‘ulotlar o‘tkazishda qulayliklarni hisobga olish. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishda jim-jitlikni ta’minlash, kasal diqqatini chalg‘ituvchi narsalarga yo‘l qo‘ymaslik, xonaning qulay bo‘lishi hisobga olinishi kerak.

Download 156 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish