Yuqoridagi fikirlarga tayangan xolda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi.
Loyihani amalga oshirish bosqichlaridan biri bo’lgan “ haqiqiy taxlil qilish” raqamli infratuzulma xolatini aniqlash lozim . Bu bosqich umuman loyihani amalga oshirishning eng muhim boshlanish nuqtasidir.
O’qituvchilarni texnologik jarayonlarga tez o’tkazish. Raqamli ta’lim jarayoni infratuzulmasini takomillаshtirish texnologiyasi bo’lgan, suniy intelekt sifatida ishlaydigan “Raqamli o’qituvchi” g’oyasi mavjud. Agarda professor о’qituvchilarni zamonaviy muassasalarga moslashishi tabiiy va tez bo’lsa ” raqamli о’qituvchilarga” ehtiyoj sezilmasligi mumkin. Faqat raqamli texnоlogiyalarga ustunlik bergan holda yangi о’qitish usullarini о'zlashtirish, kengaytirish bu jarayonga о’qituvchi rahbarlik qilgan holda mukammal qaror qabul qila olishi lozim. Bu jarayon о’qituvchini rahbarga aylantirаdi
Barcha zamonaviy texnologiyalar uchun, ayniqsa, raqamli boshqaruv tizimi nuqtayi nazaridan omma uchun “ijtimoiy stress test” zarur . Rahbar- tobe kishilarning texnika munosabatlarini oqilona tashkil etish jarayoniga to`g`ri, unumli, qulay shart sharoitlar yaratadi.
Xulosa
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog`labda, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olib o`rganish zarur. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti hamda kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog`liq bo`lib, boshqarish maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon yaratuvchi faoliyat turidan tashkil topgan.
Boshqaruvning psixalogik tizimimi “ inson- texnika ” munosabatining qamrab olinganligi sababli texnikani inson imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda munosabatda bo`lish yoki muassasa uchun yaratilgan zamonaviy asboblar, qurol aslahalar, kompyuter, displey, monitor, robot kabilarni ishlash maromiga moslashish masalalariga taalluqli axborotlar, xossalar, tizimlar, tuzulmalar, qurilmalar to`g`risidagi bilimlar bo`yicha qatiy talablar turkumini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi 2019-yil uchun Oliy Majlisga murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha “ Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko`zda tutadigan “ Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasi ” ni ishlab chiqishni va shu asosida “ Raqamli O`zbekiston-2030 ” dasturini hayotga tadbiq etish hamda bu borada axborot xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish aytib o`tildi. 66 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23 maydagi «2001-2005- yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet» ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta`minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida» gi 230-sonli 3, 2002-yil 30-maydagi « Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida» gi Prezident Farmoni, mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6 iyundagi « 2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi » to`g`risidagi qarori e`lon qilindi.
Oliy talim muassasalarini raqamli muhitga moslashtirish uchun har bir oliy ta’lim muassasasi, jami 195 ta zamonaviy serverlar, 9100 ta kompyuter qurilmalari hamda markazlashgan ma’lumotlar markazi (Data-sentr) bilan jihozlandi. 9 ta oliy ta’lim muassasalarida videostudiyalar hamda 12 ta “Smart class” xonalari tashkil etildi. 21 tа oliy ta’lim muassasalarida «E-MINBAR» qurilmalari o’rnatildi.67Oliy ta’lim tizimini raqamlashtirishda bugungi kunda ioshlab chiqilgan axborot tizimlari masofaviy o’qitish, onlayn kurslar, HEMIS dasturi, turli xil o’qitishning axborotlashgan modullarini keltirish mumkin. Oliy ta’lim tizimida interaktiv davlat xizmatlari joriy etigan bo’lib, infratuzulmani shakillantirish va takomillashtirish strukturalari yaratilgan. Ishlab chiqilgan va joriy etilgan axborot tizimlari soni, 2016-yil 4, 2017-yil 7, 2018-yil 9, 2019-yil 14, 2020-yil 29 ta keltirilgan , oliy ta'lim muassasalarida ta’lim jarayonini boshqarishda axborot texnologiyalarini joriy etilishi, 2019-yil 20%, 2020-yil 46 %, 2021-yil 62 %, 2022-yil 100 % qamrovni tashlik etadi.
Qo’qon Davlat pedagogika instituti boshqaruv tizimida Rektor, 4 nafar prorektor, fakultet dekanlari , kafedra mudirlari va professor- o’qituvchilardan tashkil topgan jamoa muassasasada faoliyat yuritadilar. Hozirgi kunda universitetlarda raqamli trasformatsiya jarayoni kechayotgan payitda QDPI bu o’zgarishlarga qanchalik tayyor ekanligini o’rgandik.Tahlil natijalariga ko’ra QDPI boshqaruv tizimi va ta’lim jarayonida 01.02.2022 holatiga ko’ra mavjud raqamli texnologiyalar quydagilarni tashkil etadi.
WI-FI 52 dona
Printr 216 dona
Proyektor 157 dona
Planshet 77 dona
Televizor 55 dona
Monoblok 671 dona
Sensorli Panel 37 dona
Kamera 5 dona
Kompyuter 288 dona
Minbar 4 dona
Doska 387 dona
Yuqoridagi raqamlar turli masofalarda joylashgan fakultet va kafedralari mavjud bo’lgan QDPI tasarrufidagi binolarda joylashgan muassasani masofadan turib boshqarish uchun yetarli emas. QDPI joylashuv xaritasiga qaraydigan bo’lsak boshqaruv markazi atrofida ya’ni rektorat binosi yaqinida to’rtta bino mavjud bo’lib, boshqa binolar markaz bilan bog’lanish uchun vaqt, harajat talab qiladigan masofada joylashgan. Bu binolarni nazorati, manitoringini amalga oshirish ham oson emas. Ular uchun alohida yotoqxona, alohida professor o’qituvchilar tarkibi, alohida kutubxona va qo’shimcha boshqaruv ma’muriyati xodimlari kerak bo’aldi. Albatta bu yangi ish o’rinlari bilan bir qarorda qo’shimcha harajatlarni ham talab etadi. Masalani oddiy yechimi bu muassasani raqamli boshqaruv holatiga o’tkazishdir. Chunki o’z o’zini boshqarishga o’tayotgan muassasalarga ekstensiv rivojlanishdan ko’ra ko’proq intensive rivojlanish foydalidir.
EDUCAUSE oliy ta’lim texnologiyalari assotsiatsiyasi bo’lib, oliy ta’limni rivojlantirishga intilayotgan IT yetakchilari va mutaxassislarining eng yirik hamjamiyatidir. Texnologiya, IT roli va mas'uliyati va oliy ta'lim dinamik ravishda o'zgarib bormoqda 1998-yilda tashkil etilgan EDUCAUSE ushbu o’zgarishlarni oldindan bilish va moslashish uchun axborot texnologiyalarini boshqaradigan va ishlatadiganlarni qo’llab quvvatlaydi, oliy ta’limning har bir darajasida AT bo’yicha strategik qarorlar qabul qilishni ilgari suradi. EDUCAUSE global notijorat tashkilot bo’lib, uning a’zolari AQSH va xalqaro oliy ta’lim muassasalari, korporatsiyalar, notijorat tashkilotlari va K–12 institutlarini o’z ichiga oladi. Transformatsiya dunyo bo'ylab joylashgan a'zo tashkilotlarda 99 000 dan ortiq shaxslardan iborat jamoa bilan EDUCAUSE nuqtai nazar, fikr va vakillikdagi xilma-xillikni rag'batlantiradi .68
Raqamli regulyatorlar asosida har qanday turdagi boshqarish tizimlari, jumladan, ketma-ketlikdagi tizimlar, o'zaro bog'liqliklarga ega bo'lgan ko'p o'lchovli tizimlar, to'g'ridan-to'g'ri bog'langan tizimlarni ko’rishimiz mumkin. Kuchli boshqaruv kompyuterlari va zarur matematik dasturiy ta'minotni yaratilishi natijasida obyektlarni boshqarish uchun ulardan foydalanish sezilarli darajada kengaydi. Bugungi kunda raqamli kompyuterlar avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ajralmas qismi bo'lib, keng ko'lamdagi vazifalarni hal qilishga imkon beradi. Shuning uchun obyektlarni raqamli nazorat qilish uchun quyi darajalarda dasturlashtirilgan algoritmlar shaklida va yuqori darajalarda muammoga yo'naltirilgan hisoblash usullarini amalga oshirish uchun dastur shaklida ishlatilishi mumkin bo'lgan ko'plab yangi usullar ishlab chiqilishi mumkin.69
Pokistonning Peshovar viloyatidagi Fan va axborot texnologiyalar Universitetida o’tkazilgan tadqiqotning maqsadi Oliy ta'lim institutlarini (OTM) avtomatlashtirishni tushunish va avtomatlashtirilgan jarayonni rivojlanayotgan mamlakatlar nuqtai nazaridan baholash edi. Tahlil birligi sifatida (CUSIT) yagona amaliy tadqiqoti tanlandi. Ushbu tadqiqotda aralash metodologiyadan foydalanilgan. Aniqlanishicha, CUSIT zamonaviy avtomatlashtirilgan infratuzilmaga, boshqaruv axborot tizimiga (MIS) va o‘quv boshqaruv tizimigа (LMS) egа bo‘lib, professor-o‘qituvchilar, xodimlаr va ma’muriyat faoliyatini osonlashtiradi.
Raqamli universitet inson kаpitalini boshqarishga asoslangan va ish sifatini osonlashtiradigan va yaxshilaydigan rаqamli hizmatlarni yaratish va bu jarayonda eng katta vazifani bajaradigan lekin boshqаruv ma’muriyatiga kirmaydigan boshqaruvchilar ya’ni о’qituvchilarga yetakchilik afzalliklarini berishdan iborаtdir.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, jahon oliy ta'lim sanoatidagi raqamli transformatsiya barqaror ta'limni boshqarish strategiyasining kelajakdagi yo'l xaritasini belgilaydi. Ushbu tadqiqot hujjati raqamli transformatsiyadan universitetlar uchun raqobatdosh ustunliklarni yaratish uchun qanday foydalanish mumkinligini targ'ib qiluvchi sifatli modelni ishlab chiqishga qaratilgan. Raqobat ustunligini yaratish strategiyani shakllantirishda nisbiy, rivojlanayotgan va muhim tushunchadir. So'nggi tadqiqotchilar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ta'lim so'nggi o'n yillikda hayratlanarli darajada o'sganligini aniqladilar. Endilikda, taʼlimda raqamli texnologiyalardan faol foydalanish boshlanganiga bir yil oʻtib, ularni joriy etishning faol bosqichi yakunlanganini aytish mumkin. Jamiyat tomonidan yangi voqelikni anglash va qabul qilish jarayoni mavjud. Talabalar va o'qituvchilar allaqachon ta'lim raqamli platformalaridan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Amalga oshirish natijasi (ijobiy yoki salbiy) hali baholanmagan. Bu faqat bir necha yillardan so'ng, hozirgi talabalar o’qishni yakunlab ishga joylashganlarida ma’lum bo’ladi.
Ushbu hisobotga ko'ra, raqamli texnologiyalar hamma joyda uchraydigan hodisaga aylanib bormoqda va tarmoq hamda hamkorlikning yangi shakllari uchun ulkan imkoniyatlarni taqdim etadi. Ular o'rganish va o'qitishni, olimlar va talabalarning kundalik hayotini o'zgartirmoqda. Axborotning ana shunday keng tarqalganligi va uni tarqatish tezligidan kelib chiqib, mavzuada muhokama qilingan qonunchilik, intellektual mulk, axborotning dolzarbligi, sifati va boshqa bir qator jiddiy muammolar yuzaga keladi. Bu muammolarning barchasi yaqin kelajakda hal qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |