Bog'liq Akbarova Feruza tayyor doc 97 2003 plagiat to\'g\'rilangan
Chiqishlar va natijalar 2.3.6 -rasm. 2013 yil bo’yicha jamiyat taraqqiyotining bosqichi32 “ Raqamli akademiya: raqamli texnologiyalar oliy ta'limga qanday ta'sir qiladi” nomli Anton Eriksmo va Yoxan Sundberg maqolasida Shvetsiyadagi qishloq xo'jaligi universiteti hayvonlarga yordam beruvchi hamshiralik yo’nalishida dars mashg’ulotlari davomida raqamli texnalogiyalardan foydalanib virtual ko’rinishda hayvonlarni o’rganish bo’yicha o'tkazilgan tadqiqot interfaol o’quv jarayonlariga raqamli texnalogiyalarni jalb qililib boshqarish namunasi bo’la oladi.
Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar doimo rivojlanib bormoqda. Raqamli texnalogiyalarni ta’sirini tushunish oliy ta’lim muassasalari uchun raqamli texnologiyalarga yaxshi sarmoya kiritish uchun muhimdir.33 Dunyo hamjamiyati raqamli munosabatlarga allaqachon o’tib bo’lgan. Ta'limda mohiyatan yangi paradigmaning paydo bo'lishi global miqyosda ham tasdiqlanadi. Shunday qilib, 2016 –yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ma'ruzachilar ta'lim olish huquqi bo'yicha ma'ruza qildilar, bu kabi mavzularga to'xtaldi34.
- ta'limda raqamli inqilob;
- raqamli bo'linish;
- internet va raqamli texnologiyalardan foydalanishning tengsizligi;
- raqamli texnologiyalar va ta'lim olish huquqi normalari va tamoyillari;
- sifat muammolari, ilmiy darajalar va diplomlarni tan olish masalalari;
- yuzma-yuz o‘qitishning ahamiyati va o‘qituvchilarning roli;
- raqamli texnologiyalardan foydalanishda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash;
- ta'limning insonparvarlik missiyasini kuchaytirish;
- raqamli ta'limning havflari;
- raqamli texnologiyalar va mualliflik huquqi;
- mualliflik huquqi bilan bog'liq muammolar;
- ochiq litsenziyalash tizimi;
- ochiq ta'lim resurslari;
- raqamli inqilob va huquqiy va siyosiy javoblar.
Bugungi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’limning rivojlanishini “media” (ya’ni, televideniye, radio, kinematografiya, ommaviy nashrlar hamda kompyuter axborot tizimlari ) siz tasavvur qilish qiyin. Jahon ta’limi amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o ‘tgan asrning 70-yillaridayoq boshlanib, pedagogikada o`ziga xos yo`nalish - mediata’limning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Dunyoning yetakchi davlatlarida (Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Fransiya) mediata’limga e’tibor yuqoriligi bilan ajralib turadi. Maqsad o’quvchilarda mustaqil, ijodiy faoliyatga kirishish uchun zamin yaratadi va ularda qatiy harakat dasturlarini ishlab chiqishga asos bo`ldi.
Dunyoda davlat va munitsipal boshqaruv tizimini rivojlantirishning yetakchi tendentsiyalaridan biri bu “menejerlar” va “boshqaruvchi”larga qarshi turmaydigan, balki ular o‘rtasidagi chegarani xiralashtiradigan, ularni bir butunlikda birlashtiruvchi tizimni yaratish tendentsiyasidir. Umumiy maqsad - qarorlar samaradorligini oshirish. Ushbu tendentsiya Rossiyada ham amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, mazkur yo‘nalish doirasida “Ochiq hukumat” loyihasi yaratilib, unda qator ustuvor yo‘nalishlar belgilandi: axborot ochiqligining o‘sishi, hokimiyat organlari harakatlarining ravshanligi; davlat xarajatlari va xaridlarining shaffofligini ta’minlash; jamoatchilik nazorati tizimini joriy etish va boshqalar. Ta’lim siyosati va federal universitetlarning boshqaruv jarayonining ochiq raqamlashayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Ta’lim tizimini boshqarishdagi innovatsiya bu zamonaviy va samarali natija bergan, rivojlangan davlatlar boshqaruvida qo`llanilgan raqamli texnologiyalardan foydalanishdir. Amerika Qo`shma Shtatlarining Massachusets shtatida Oliy Ta’lim Departamenti aynan davlat ta’lim muassasalarini boshqarish, ta’lim tizimi uchun strategik rejalar tuzishda yordam beradi. Shtat AQSh ning ta’lim poytaxti hisoblanadi.“Massachusets ta’lim tizimi markazlashmagan. Nyu-York, Viskonsin shtatlarida bir necha ta’lim muassasalari faoliyati bitta kengash tamonidan muvofiqlashtiriladi. Bizning shtatda esa kompus ( ta’lim muassasasi ) bo’lsa yigirma beshta kengash faoliyat yuritadi. Deyarli barcha o’z boshqaruv kengashiga ega. Har birining o’z strategik maqsadlari mavjud” deydi AQSH ning Massachusets shtati oily ta’lim komissari Karlos Santiyago.35.
So'nggi tadqiqotchilar, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda oliy ta'lim so'nggi o'n yillikda hayratlanarli darajada o'sganligini aniqladilar. BAA o'zini Yaqin Sharqda "ta'lim markazi" sifatida targ'ib qilishga harakat qilmoqda. CAA - bu BAA universitetlari va ta'lim muassasalarini sifat, yetkazib berish va boshqaruv nuqtai nazaridan tartibga soluvchi akkreditatsiya dasturi (Remache, 2019). BAA universitetlarida ААCSB va QAA dan foydalangan holda аgressiv sifat stаndartlashtirishga qaramay, ta'lim standarti Yaqin Sharqdagi oliy ta'limga (HE) qanday ta'sir qilishi haqida juda kam narsa ma'lum (Verger va boshq., 2016). (AACSB, QAA, CAA) kabi global akkreditаtsiya organlari akademik direktorlar, dastur menejerlari, fakultetlar va sifatni ta'minlash bo'yicha mutaxаssislardan jamoaviy ishtirokni , hamkorlikdagi harakatlarni talab qiladi, lekin ular alohida javobgarlikka ega. Ikkala standart ham universitet xodimlаriga qaror qabul qilishda rollarni egallаshga, yetakchilik ko'nikmalarini meros qilib olishlariga va katta o'sishga erishish uchun o'zlarining ish qatlamlarida yuqori darajadagi majburiyatlarni namoyish etishga imkon beradi. Xususan, BААda CAA stendlari tez o’zgaruvchan ta’lim muhitida universitetlar o’zlarini mustaqil subyektlar sifatida o’zgartirishlari uchun standart platforma (asbob) taqdim etadi. Oxir oqibat, standartlar professionаl boshqaruvning yo'l xaritasini ishlab chiqadi va ko'p darajalarda qaror qabul qilish qobiliyаtiga oqilona ta'sir qiladi. 36 An’anaviy usulda ta’lim berishni maqul ko`radigan Yaponiya 2000- yillardan keyin ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishga e’tiborini qaratgan. Qolaversa ta’lim berish borasida dunyoda yetakchi deb topilgan Finlandiya ta’limini tadqiq qilganlar. Finlarda esa bolalarni juda kichikligidan raqamli savodxonlikka o`rgatiladi.
“Ta’limdagi texnologiyalar: Finlandiyadan nimani o`rganishimiz mumkin?” nomli Bryus Lаnderning aftorefaratida ham Yaponiya va Finlandiya elektron ta’lim loyihasini o`tkazish davomida ta’limga АKT va mobil qurilmalarni qo`shish orqali pedagogikani boyitish yo`llari taklif qilinadi. Unda keltirilishicha Yаponiya texnologiyalar bilan o`qitishni targ`ib qilish va osonlashtirish bo`yicha ta’lim siyosatini hamda ta’limni raqamlashtirishni rivojlantirish rejasini elon qiladi.Chunki Yaponiya nisbatan zamonaviy texnologiyalarga ega bo`lgan davlat bo`lishiga qaramasdan, o`tkazilgan ko`plab tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatganki, ularning talabalari hatto universitet darajasida ham Xаlqaro raqamli savodxonlik darajasidan ancha past ekanligi bildirilgan. (Bu tadqiqotlar 2011-2017-yilgacha o’tkazilgan.) Bunga аsosiy sabab talabalarning aksariyatida shaxsiy kompyuterning yo`qligi va maktablarda zamonaviy AKT dan darslarda foydalanilmayotganligi misol qilib keltirilgan.
Yaponiya va Finlandiya yoshlari o`rtasida tadqiqot o`tkazish jarayonida IPadlardan ( IPad- bu internet planshet) foydalanilgan . Bunda o`zaro til o`rganish ham qamrab olindi. Finlandiya raqamli texnologiyalarni ta’limda qo`llash bo`yicha ham ancha ilgari. Ularda ta’limda IPadlardan nafaqaqt o`qituvchi balki o`quvchilar ham bemalol foydalana oladilar. Tadqiqot davomida Yaponiya talabalari IPadlardan foydalanishga qiziqish bildirishgan va tadqiqot yakunida ularda ko`plab IPadlar va ulardan foydalanish ko`nikmasi bor edi37.
Bugungacha Yaponiya barcha jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilib kelmoqda. Qolaversa Boshqaruvda o`z an'ana va qadriyatlaridan chekinmagan holda, AQSh, Yevropa va Yapon usullarini birlashtirib o`ziga hos menejmentni yaratgan.
O’zbekiston ta’lim sohasida bozor isloxatlarini amalga oshirib, xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi bilan integratsiya jarayonlarini aniq maqsadlarga muofiq ravishda olib bormoqda. Zamonaviy ta’lim, boshqa ko’plab faoliyat yo’nalishlari singari menejment bilan bog’liq; sifat menejmenti , o’qituvchilar jamoasini boshqarish , axborot va tahliliy boshqarish .
Yevropaning aksariyat mamlakatlarida zamonaviy ijtimoiy madaniy vaziyatda ta’lim menejmentining roli sezilarli darajada oshib bormoqda bu esa ushbu sohada mutaxasislarni tayyorlashning maqbul tizimini izlashni amalga oshiradi, bu ko’p darajali fanlararo hususiyatga ega, muammolarga javob beradi. Vaqt va yagona yevropa ta’lim makonini shakllantirishga hissa qo’shadi.
Yevropadagi rivojlangan davlatlardan biri bo’lgan Germaniya iqtisodiyotida ishsizlik darajasi so’ngi 10 yillikda pastlagan sanoqli davlatlardan biri ekanligini va bunga ta’lim tizimidagi o’ziga hos yondashuv sababligini etirof etish lozim. Germaniyadagi oliy ta’lim tizimi boshqa mamalakatlar ta’lim tizimidan sezilarli darajada farq qiladi. Germaniya oliy ta’limini tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri bu akademik bo’lib, u turli xil ko’rinishlarga ega . Universitetlarning o’zi mustaqil tashkilot bo’lishi bilan birgalikda universitet hamjamiyatining har bir azosi ham erkinlik va mustaqillikka ega. Ayni kunlarda Janubiy Koreya ta’lim sohasida “raqamlashtirish” bilan bog`liq jiddiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Dunyoda korparativ boshqaruv umumiy tamoyillari asosida har bir OTM o’zining hususiyatidan kelib chiqqan holda maxsus modelini yaratish ishlari dolzarblik vazifalardan biriga aylanmoqda. Ushbu islohotlarning tarkibiy qismi sifatida kadrlar tayyorlashdagi asosiy bo’g’in sanalgan oliy ta’lim tizimini ham takomillashtirish, modernizatsiyalashtirish va rivojlangan davlatalrning tajribasidan unimli foydalangan holda sifatli tizimni yaratish hisoblanadi. Oliy ta’limda ham yangilanishlar va tuzulmaviy o’zgarishlar qilish orqali salohiyatli va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash tizilmasini tashkil etish ham ijtimoiy zaruratga aylandi buning uchun esa “ oliy o’quv yurtlariga bosqichma- bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi”. Shuningdek oliy ta’lim tizimida boshqaruv islohotlarini ham o’tkazish , boshqaruvda byurokratik va markazlashganlik tamoyillaridan vos kechish, ochiq, shaffof va hisobdor boshqaruv prinsiplarini joriy qilish ham muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda .
Dunyoda Oliy ta’lim tizimi asosan hususiylashgan, ya’ni o’zini o’zi bosharishga o’tgan bo’lib bu raqobatni kuchayishiga olib kelgan. Davlat ta’lim muasasalari ham ulardan qolishmaydi chunki ta’labalarni aksaryati davlat ta’lim muassasalarida o’qishni hohlashadi.
Elektron (rаqamli) ta’lim (“E-leаrning”) аxborot va elektron texnologiyalar asosida o`qitish tizimi hisoblanadi. Ta’limning ushbu turiga quyidagilar kiradi:
- axborot-kommunikаtsiya texnologiyаlaridan foydalangan holda elektron o`quv materiallarini shaxsan o`zlashtirish;
- masofаdan turib o`qituvchi, mutaxassis tomonidan maslahat olish, o`z bilimining baholanishi;
- xohlagan paytda va joyda jahondagi ta’lim muassasalaridan zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyаti va hokazo. 38