Akbar zamonov



Download 4,7 Mb.
bet41/95
Sana20.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#681687
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95
Bog'liq
juda kerakku bu

TOSHKENT ME’MORCHILIGI


Baroqxon madrasasi

B aroqxon madrasasi Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) tomonidan bunyod etilgan bo‘lib, uning tug‘ilgan yili ma’lum emas, 1556-yil Samarqandda vafot etgan. Baroqxon Shayboniylar sulolasidan bo‘lgan xon Abulxayrxonning nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxo‘jaxonning kichik o‘g‘li. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1525-1551), so‘ngra Movarounnahr (1551-1556) xoni bo‘lgan. Baroqxon yoshligida Vosifiydan she’riyat, musiqa, vazn va nazmdan ta’lim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Baroqxon o‘z saltanatini kengaytirish maqsadida ko‘pgina harbiy yurishlarni amalga oshirgan. U Abdulatifxon vafotidan keyin, 1551-yil Samarqand taxtiga o‘tirgan va Baroqxon nomi bilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi bilan tanga pullar zarb etilgan. Baroqxon ayniqsa, mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor bergan. Mamlakatda uning hukmronlik davrida bir qancha masjid va madrasalar, karvonsaroylar bunyod etilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida qayd etilishicha, Baroqxon 1556-yilda Zarafshon daryosidan boshlangan Darg‘om kanalining bosh inshooti – Ravotxo‘ja to‘g‘onini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda to‘satdan vafot etgan.


Inshoot so‘nggi o‘rta asrlar davri, XVI asrning 1-yarmiga taalluqli bo‘lib, 1531-1532-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
Baroqxon madrasasi Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda Toshkentning qadimiy manzillaridan biri bo‘lmish Zarqaynar ko‘chasida bunyod etilgan.
Uning bunyod etilishida xom va pishgang‘isht, loy, turli hajmdagi taxtalar, tosh, mis, sopol parchalari, tunuka, sement va boshqa ashyolardan keng foydalanilgan.
Madrasaning umumiy ko‘rinishi: madrasa devorlari toqlari va peshtoqlariga rang-barang koshinlar ishlangan, xonaqoh ichkarisi esa kundal uslubida bezatilgan va ustidan zarhal yuritilgan. Devorning to‘q yashil rangli olti yoqli sirtiga parchin terib ishlangan, izorasiga zarhal yugurtirilib nafis bezaklar berilgan; shoir Vosifiyning she’rlari serjilo, naqshinkor usulda devorlarda aks etgan. Hujra derazalariga turli girrix naqshlar o‘yilgan ganch panjaralar o‘rnatilgan.
Inshoot Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan gumbazsimon, “Chor” uslubda bunyod etilgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, me’moriy obida bunyod etilgan joyda ilgari Xristian ibodatxonasi bo‘lgan. Ko‘p yillar avval shu yerdan Iso Xristos haykalchasi bilan bolalar oltin beshigining topilishi buni isbotlaydi. Inshoot o‘z davrida qurilgan boshqa inshootlardan devorlarining qalinligi va nisbatan hashamatdan holiligi bilan ajralib turadi.
Inshoot o‘z davrida ta’lim muassasasi, Ikkinchi Jahon urushi yillarida ombor vazifasini bajargan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng uning vazifasi o‘zgardi, hozirda inshoot muqaddas qadamjolarimizdan biri bo‘lib kelmoqda.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida qarovsiz ahvolda qolgan madrasada bir necha bor ta’mirlash, tuzatish ishlari olib borilgan. 1904-1905-yillarda Toshkentlik usta Xoja Abdul Qosim tomonidan qilingan ta’mirdan so‘ng hozirgi qiyofasiga keltirilgan. Bundan tashqari, inshootda 1946, 1949, 1951, 1967-yillarda va,ayniqsa, 2007-yilda ta’mirlash ishlari olib borildi. Suyunchxo‘ja va egasi noma’lum bo‘lgan maqbaralar ustidagi gumbazlar qayta tiklandi. Olib borilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng, Baroqxon madrasasi avvalgi holatidan bezaklarining boyligi va me’moriy o‘lchamlarining uyg‘unligi bilan farq qiladigan bo‘ldi. Madrasa yonidagi kam ahamiyat kasb etgan inshootlar buzib tashlanib, madrasa oldida yirik maydon barpo etildi. Uning umumiy o‘lchami – 82x44 metr, hovlisi – 46x27 metrni tashkil etadi.
2009-yil Toshkent shahrining 2200 yilligi tantanalarining nishonlanishi munosabati bilan madrasada qisman ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, AYSESKO tashkiloti tomonidan Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb nom berilishida ham inshootning o‘rni alohida ahamiyatga egadir. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishida katta o‘rin tutgan, asrlar davomida saqlangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Marg‘ilon, G‘ijduvon, Vobkent, Termiz va boshqa tarixiy shaharlar, mavjud bo‘lgan me’moriy va tarixiy obidalar davlat muhofazasiga olingan.



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish