Telegram kanal
:@tarixolimpiada
qurilgan. Hovlining uch quyosh tushar tomoni peshayvon bilan o‘ralgan. Oldingi
peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar bo‘lib, ularning qoshi pastdan yuqoriga
yo‘g‘onlashib boruvchi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan
taxt ana shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan.
Hovlining janub tomonida Mehmonxonai Rahimxoniy va qorixona qurilgan
(XVIII asr). Bu binolar tagida yerto‘lalar bo‘lib, ularda xazina saqlangan. Arkning
g‘arb tomonidagi hovlida mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar
qurilgan. Sal narida salomxona, undan Sharq tomonda mehmonxonalar,
mansabdorlarga qarashli boshqa binolar (miyon hovli) joylashgan. Janubroqda
hammom, uning Sharq tomonida kichkina masjid qurilgan, ular hozirgacha
saqlangan.
Arkning markazida o‘rda (amirning xotinlari turadigan uylar), shimolida
qushbegi xotinlari turadigan uylar joylashgan. Hammomning sharqida duxtarxona
– amir haramidagi qizlar uylari o‘rnashgan. Shimoli-sharqiy burchakda Chil
duxtaron masjidi va Battol g‘ozi mozori bo‘lgan. Arkning sharqiy devori bo‘ylab
g‘ulombachchalar (soqchilar) xonasi, janubi-sharqiy burchakda dorixona (o‘q-
dorilar xonalari) joylashgan. Hozirgi paytda bu binolarning taxminan 20%i
saqlangan. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari va ularning
burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Ark ansambli mustaqillik yillarida
so‘nggi bor restavratsiya qilingan.
Agar Buxoro shahrining me’moriy yodgorliklarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz,
ishni Ismoil Somoniy maqbarasi (IX-XII asrlar) bilan tanishishdan boshlagan
ma’qul. Ushbu maqbara Buxoro Arkining g‘arb tomonida, undan uzoq bo‘lmagan
yerda joylashgan.
1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya)
“Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi
O‘rta Osiyoda Somoniylar davri
me’morchiligining nodir namunalaridan biri
bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy
tomonidan bunyod etilgan.
Ismoil
Somoniy
shaxsi
haqida
gapiradigan bo‘lsak, u Buxoroda Somoniylar
davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob
hisoblanadi. Ismoil Somoniy 848-yil Buxoro
shahrida tug‘ilgan, 874-yilda somoniylarning
Buxorodagi noibi, 888-yildan esa butun
Movarounnahrga hokim bo‘lgan. Ismoil
Somoniy
markaziy
hokimiyatni
mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va
hunarmandlarni Buxoroga to‘plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Bag‘dod xalifalaridan ibrat olib, o‘ziga ulkan maqbara qurdirgan. 893-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |