Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

 
Ahamoniylar davlati 
Ahamoniylar davlati mil.avv 558-330-yillar (Mil.avv VI asrdan mil.avv IV 
asrgacha) oralig‘ida mavjud bo‘lgan. Ahamoniylar davlatining chegaralari g‘arbda 
Bolqon yarim oroligacha, janubiy-g‘arbda Misrning Markaziy hududlarigacha, 
janubda Fors ko‘rfazigacha, sharqda Hind daryosi bo‘ylarigacha, shimolda Qora 
dengiz bo‘yi, Markaziy Kavkaz, Orol dengizi va hozirgi Janubiy Qozog‘iston 
yerlarigacha borgan edi. Bu davlatga Erondan tashqari, Kichik Osiyo, Yaqin 
Sharq, Misr, O‘rta Osiyo hududlari kirgan (Doro I davridagi chegarasi). 
Ahamoniylar davlatining asoschisi Kir II hisoblanadi. Mamlakatning 
poytaxti hozirgi Eronning janubida, Sherozdan 50 km uzoqlikda joylashgan 
Persopol shahri edi. Persopol (qadimgi eroncha Parsa) ahamoniylar davri 
madaniyati va san’atining eng ajoyib yodgorligidir. U eramizdan avvalgi, taxminan 
520-yildan boshlab to 450-yilgacha, jami 70 yil davomida qurilgan. 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Fors davlatining asoschisi Kir II boshqa qo‘shni qabilalarni ham birlashtirib, 
Midiya zulmiga qarshi chiqadi va mil.avv 559-yilda Midiya davlatini bosib olib 
birinchi imperiyaga asos soladi. Mazkur davlatdagi sulola ahamon oilasi urug‘idan 
bo‘lib, davlat ahamoniylar sulolasi tomonidan boshqarilgan. 
Ahamoniylar davlatida 13 ta shoh hukmronlik qilgan. Bular: Kir II (558-
530), Kambiz (530-522), Doro I (522-486), Kserks (486-465), Artakserks (465-
424), Kserks II (424), Sekudian (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-
358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330)lardir. 
Manbalarda ahamoniy shohlarning faqatgina eng buyuklarining shaxsiy 
fazilatlari haqida qayd etilgan. Kir II diplomat, mohir davlat arbobi bo‘lishi bilan 
birga, unda makkorlik, ayyorlik (qo‘shni davlatlarga nisbatan shafqatsiz choralar 
ko‘rgani bunga misol) uning fazilatlaridan edi. Uning avlodlaridan biri Doro I ham 
mohir diplomat, buyuk davlat arbobi va bobosi kabi ayyor shohlardan bo‘lgan. 
Doro I vorisi Kserks esa harbiy san’at ustasi bo‘lganligi bilan ahamoniy 
shohlaridan ajralib turadi. 
Mamlakatning ijtimoiy ahvoli haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mil.avv VI asr 
oxiridan bu davlatda yashagan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy o‘zgarishlar sodir 
bo‘ldi. Urug‘ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangi paydo bo‘lgan urug‘ 
aslzodalari serunum yerlarni egallab oladilar, qo‘l mehnati hamda erkin jamoa 
a’zolari zulm qilinish yo‘li bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatda tabaqalanish 
kuchaydi. Bu sulola vakillari qo‘shni qabilalarni o‘ziga qaram qilib, aholisini qul 
qilib sotishni avj oldiradi. Quldorlikning asosiy manbai urush bo‘lib qoladi.
Mamlakatni Doro I 20 ta satrapliklarga bo‘lgan bo‘lib, imperiyada har xil xalqlar 
istiqomat qilgan. Bular orasida kaspiylar, forslar, baqtiriyaliklar, so‘g‘diylar va 
boshqa xalqlar yashab kelganlar. Har bir xalqning o‘ziga xos tomoni, o‘ziga xos 
yashash tarzi va urf-odati bo‘lgan.
Mamlakatning iqtisodiy hayotida shu narsa ko‘zga tashlanadiki, o‘sha 20 ta 
satrapliklarning har qaysi talant o‘lchov birligida davlatga soliq to‘lagan. Doro I 
davrida soliq miqdori odatda, kumush talantda belgilangan. Bir talant 34 
g
oltinga 
teng edi. Satrapliklardan soliq olishning yagona tizimi ishlab chiqildi. O‘rta Osiyo 
3 ta satraplikka bo‘lingan. Baqtriya va Marg‘iyona 12-satraplikni tashkil etib, shoh 
xazinasiga 360 talant miqdorida soliq to‘lagan. Parfiya, Xorazm, Sug‘d va Areya 
birgalikda 16-satraplikni tashkil etgan va shoh xazinasiga 300 talant miqdorida 
soliq to‘lagan. Saklar va kaspiylar esa 15-satraplikni tashkil etib, shoh xazinasiga 
250 talant miqdorida soliq to‘lagan. Bundan tashqari, soliq hunarmandlar 
hunarmandchilik buyumlari bilan, chorvadorlar chorva mahsulotlari bilan
dehqonlar hosilni natural tarzda to‘langani manbalarda qayd etilgan.
Imperiyaning davlat dini zardushtiylik bo‘lgan. Markaziy va sharqiy qismida 
zardushtiylik, g‘arbiy qismida esa yunon xudolariga sig‘inishgan, sharqida 
hinduilik va buddaviylik dini ham mavjud bo‘lgan. 
Mamlakat cheklanmagan monarxiya shaklida bo‘lib, shoh cheklanmagan 
huquqlarga ega bo‘lgan. Mamlakatni “shahanshoh” unvoniga ega bo‘lgan shohlar 
boshqargan. Mamlakat satrapliklarga, ya’ni viloyatlarga bo‘lingan. Satraplik 
tepasida hokim – satrap turgan. U cheklanmagan hokimlikka ega bo‘lib, uning 
qo‘lida harbiy va fuqarolik hokimiyati jamlangan. Satrap o‘z viloyati doirasida 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish