Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga


Nodir Devonbegi madrasasi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

 
Nodir Devonbegi madrasasi 
Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli 
sharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi 
madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri 
Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn 
Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘i 
boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr 
boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan. 
Madrasa 
1622-1623-yillar 
oralig‘ida 
bunyod etilgan. Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. 
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida 
gapiradigan bo‘lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi 
Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga 
zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib 
tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga 
o‘tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga 
bo‘ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi 
isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga 
qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
o‘tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor 
keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl 
qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, 
Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib 
tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq 
zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton 
o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. 
Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat 
hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad 
(1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. 
Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida 
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi. 
Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan 
g‘ishtlar, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, 
ganch va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan. 
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofida 4 
tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori uslubida 
bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‘rnatilgan. Hovliga 
pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. 
Peshtog‘i o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar 
orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan 
tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa 
peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‘shasi burmasimon. 
Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida 
zeb berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‘zaro 
uyg‘unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi.
Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analariga tayangan, naqshinkor
“Chor” uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‘z davrida ilm-ma’rifat o‘chog‘i 
bo‘lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan. 
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, 
inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga 
keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‘q. Madrasa 
fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan 
e’tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me’moriy obidalardan ajralib 
turgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta 
ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan 
hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa’y-harakatlari 
bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‘tishimiz lozim. 
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi 
barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. 
YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 
Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me’moriy 
inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir. 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish