Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz


Ulug‘bek madrasasi (G‘ijduvon)



Download 4,73 Mb.
bet9/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Ulug‘bek madrasasi (G‘ijduvon)
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida joylashgan Ulug‘bek madrasasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan bunyod etilgan

U Amir Temurning kenja o‘g‘li Shohruxning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, 1394-yil 22-martda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilgan. U 1409-yil otasi Shohruxning yordamida Movarounnahr taxtini egallaydi va u yerda 40 yil, 1449-yilgacha hukmronlik qilgan. U buyuk olim bo‘lib, astronomiyaga oid “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarini, tarixga oid “To‘rt ulus tarixi” asari va musiqaga oid 5 ta risola yozgan.

Madrasa qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggiga to‘g‘ri keladi. U XV asrning birinchi yarmida, ya’ni 1414-1433-yillarda qurib bitkazilgan.

Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bu obida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bunyod etilgan.

Madrasa qurilishida xom va pishgang‘isht, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasidan va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan.

Madrasa bir qavatli, murabba tarhli (33x30m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtoqi chuqur ravoqli. O‘rtada miyonsaroy, 2 yonida masjid va darsxona (8x4,6m), burchaklarida guldasta joylashgan.Miyonsaroy to‘ridagi eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13 m)ning 2 yonida 5 ta hujra bo‘lib, uning 4 tasi murabba tarhli, tomi qubbali. Bizgacha Ulug‘bek madrasasining boshtarzi (XV asr), unga tutashgan ayvon va minora saqlangan. 1933-yilda V.Shishkin, V.Nil’sen va I.Notkinlar arxeologik tadqiqotlar asosida madrasaning o‘lchamlarini aniqlagan. Bosh tarzida Ulug‘bek nomi va qurilgan sanasi yozilgan. Madrasaning g‘arbida shayx Abduxoliq G‘ijduvoniy qabri joylashgan. G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Bosh tarzi Peshtog‘i yoniga ustunli, tekis tomli ayvon (bostirma) qurilib, ichi koshin bilan bezatilgan, peshtoq yonlaridagi hujralarga bosh tarzidan kiriladigan eshik, tobadonlarga ganchkori panjaralar o‘rnatilgan.

Madrasa qo‘shminorali, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gumbazli, arkli, “Chor” uslubida qurilgan. Uning o‘ziga xos tomonlaridan biriesa, Ulug‘bek tomonidan Samarqand va Buxoroda qurilgan madrasalarning eng kichik va soddarog‘i. Bundan tashqari, madrasa bu davrda qurilgan boshqa me’moriy obidalardan o‘zining me’moriy yechimi bilan ajralib turgan.

Madrasa o‘z davrida tolibi ilmlarga ma’rifat tarqatadigan ilm maskani vazifasini bajargan bo‘lsa, darveshlar va musofirlar uchun boshpana ham bo‘lgan.

Mustaqillik yillarida Abduxoliq G‘ijduvoniyning 890 yilligi (1993) munosabati bilan Ulug‘bek madrasasi ta’mirlangan. Serhasham naqshinkori bezaklari tiklangan. G‘ijduvoniy daxmasi ustiga 2003-yili tomi ustunli yog‘och o‘ymakori gumbaz bilan yopilgan ayvon qurildi. Daxma bezaklari qaytadan tiklandi. Madrasa oldi, daxma va yangi qurilgan masjid joylashgan hudud zamonaviy talablarga mos qilib obodonlashtirildi.

Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, madrasa YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish