Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga tayyorlanamiz


Muhammad Amin Inoq madrasasi



Download 4,73 Mb.
bet40/108
Sana31.12.2021
Hajmi4,73 Mb.
#212056
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
1-to'plam

Muhammad Amin Inoq madrasasi
X iva shahrida, Ichan qal’a markazida joylashgan Muhammad Amin Inoq madrasasiqo‘ng‘irotlar sulolasidan bo‘lgan Xiva xoni Muhammad Amin inoq tomonidan bunyod etilgan.

Mardasa qurilishiga homiylik qilgan Muhammad Amin inoq (taxminan 1730-1790-yillar) – Xiva xonligini idora qilgan va inoqlardan bo‘lgan qo‘ng‘irot sulolasi asoschisi. Muhammad Amin inoq 1761-yilda inoqlik lavozimiga ko‘tarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga G‘oyibxonning o‘g‘li Jahongirxonni ko‘targanlar. Uning davrida (1769-1770) besh qal’a (Hazorasp, Xonqa, Urganch, Kat va Shohobod)da ocharchilik va vabo tarqalib o‘zbeklar Orol va Buxoroga ketganlar. 1770-yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib yovmutlarni Xorazmdan quvg‘in qilgan, taxtga Abulxayrxonning o‘g‘li Bo‘lakayxonni o‘tqazgan. Muhammad Amin inoq xon avlodidan bo‘lmagani uchun taxtga qo‘g‘irchoq xonlarni o‘tqazib, hokimiyatni ular nomidan boshqara boshlagan. Muhammad Amin inoq 20 yil mobaynida 13 marta Xiva xonini almashtirgan. Xorazmlik tarixchilar (Munis, Ogahiy, Bayoniy va boshqalar) Muhammad Amin inoq hukmronligi davri xususida ancha iliq fikr bildirganlar. Uning davrida Xiva shahrida Muhammad Amin Inoq madrasasi qurildi (1765), shaharning Nodirshoh bosqinida vayron bo‘lgan devori va darvozalari qayta tiklandi (1785), Xivaning Jome’ masjidi qayta qurilib, uning yonida chiroyli minora qad ko‘targan (1789).

Muhammar Amin Inoq madrasasi so‘nggi o‘rta asrlarda, 1765-yilda bunyod etilgan.

Madrasani bunyod etishda har xil o‘lchamdagi g‘isht va toshlardan, loy, yog‘och, tunuka, sement, marmar, har xil qimmatbaho toshlar va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan.

Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, madrasa bosh tarzi maydonga qaragan. Janubiy peshtoqdan 3 gumbazli miyonsaroy orqali to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli hovliga (25,4x24 m) kiriladi. Hovli atrofida bir qavatli hujralar va qarama-qarshi joylashgan 2 ayvon bor. Hovlining kesik burchaklaridan hujraga kirish uchun tor yo‘laklar ishlangan. Uning gumbazlari o‘zaro ravoqlar orqali bog‘langan. G‘arbdagisi kengroq hajmda bo‘lib, ayvon vazifasini o‘tagan. Unga masjidning gumbazli zali tutashgan. Peshtoqining 2 qanotida 1 qavatli, 2 qatorli hujralar va burchaklarida guldastalar, darsxona va masjid joylashgan. Inshoot so‘nggi o‘rta asrlarning ilm maskani sifatida faoliyat yuritibgina qolmay, hilxona vazifasini ham o‘tagan. Bu yerga Muhammad Amin inoq va uning o‘g‘lidafn qilingan deb taxmin qilinadi.

Me’moriy inshoot Sharq me’morchiligining yorqin na’munasi hisoblanadi. U “Chor”, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan.

Me’moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.

Xivashahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Muhammar Amin Inoq madrasasi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlastirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‘rinishini Ichanqal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichanqal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.



Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish